Texnik vositalar va ulardan foydalanish metodikasi Reja


Download 1.27 Mb.
Sana15.11.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1773912
Bog'liq
TABIAT BILAN TANISHTIRISH


Texnik vositalar va ulardan foydalanish metodikasi
Reja:
  • Tabiat bilan tanishtirishda texnik vositalardan foydalanish.
  • Uzoq muddatda bo`lib o`tadigan mavsumiy o`zgarishlar bilan tanishtirish.

Chirchiq Davlat Pedagogik Universiteti
MAT Sirtqi 21-3 3-kurs
Qodirova Dilfuza Hakimovna
Maktabgacha ta’limda tabiat bilan tanishtirish fanidan Mustaqil ishi.
Maktabgacha ta’limda bolalarni tabiat bilan tanishtirishning nazariy asoslari va tabiat haqida tushuncha
Reja:
  • Maktabgacha bolalarni tabiat bilan tanishtirish
  • Tabiat bilan tanishtirishning mashg’ulotlarning turi
  • Mashg’ulot o’tkazish metodikasi

Tabiat bilan tanishtirish mashgulotlarida beriladigan bilimlar bolalarning imkoniyatlari hamda urab turgan tabiatning xususiyatlarini nazarda tutgan holda izchil rivojlantirish imkonini beradi. Mashg’ulotlarni ta`limiy ahamiyati bu bolalarga mashgulotlarda berilishi yoki aniqlanishi hamda umumlashtirilishi lozim bo’lgan bilim hajmi, bilish jarayonlarini rivojlantiruvchi, nutqini ustiruvchi, qiziqishlarini o’stiruvchi, qobiliyatlarini rivojlantiruvchi bo’lmogi lozim.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlari bilimlarni bolalarning imkoniyatlari hamda atrof muhit tabiatning xususiyatlarini nazarda tutgan holda amalga oshirish imkonini beradi. Tarbiyachi raxbarligida o’tadigan mashgulotlarda guruxlarning barcha bolalarida dastur talablariga muvofiq oddiy ilmiy blimlar shakllanadi, asosiy bilish jarayonlari va bolalarning qobiliyatlari ma`lum tizim hamda izchillikda o’stiriladi Kundalik hayotda kuzatish, o’yin mehnat vaqtida bolalarning shaxsiy bilimlari qo’yib boriladi.
Mashg’ulotdar ularni aniqlash, tizimga solish imkonini beradi. Bolalarni mashg’ulotlarda o’qitish turli metodlarda amalga oshiriladi. Ushbu mashg’ulotning turiga, uning maqsadiga ko’ra aniqlanadi. Ayrim mashgulotlarda boshlang’ich bilimlar shakllantiriladi. Shu maqsadda tarbiyachi kuzatish, rasmlarni ko’rsatish, badiiy asarlarni o’qish, kinofilmlarni ko’rsatishdan foydalanadi. Boshqa mashg’ulotlarda esa bilimlar aniqlanadi, kengaytiriladi, chuqurlashtiriladi Yuqorida keltirilgan usullardan tashqari mazkur mashg’ulotda bolalarning tabiatdagi mehnatidan ham foydalaniladi. Mashg’ulotning yana bir muhim vazifasi - bolalar bilimini umumlashtirish tizimga solish.
Mashg’ulotga tayyorlanish hamda-uni, o’tkazishda mashg’ulotning tuzilishi uslubini to’g’ri tanlash ta`limiyv vazifalar xarakteri, tabiiy ob`ektlarning xususiyatlari va bolalarning yoshiga bogliqdir. Masalan yovvoyi hayvon haqidagi bilimini shakllantirishni yaxshisi, kinofilm ko’rsatish hayvonlar, o’simliklar bilan tanishishni esa ularni bevosita kuzatish orqali amalga oshirgan ma`qul. Kichik yoshdagi bolalarning mashg’ulotlarida kuzatish o’yin uslubidan foydalanib amalga oshiriladi.
Bolalarda oddiy izlanuvchanlik qobiliyatini oshirish ularning tabiat bilan tanishtirishdagi mustaqilligini fikr doirasini oshirishda va o’ta faol bo’lishini ta`minlaydi. Bunday qobiliyat bolalarga tabiat hodisalarini tushunishga, uning sodir bo’lish sabablarini bilishga imkon beradi Bolalarda izlanuvchanlik qobiliyatini hosil qilish ma`lum tizim asosida amlga oshiriladi. U bolalarni tabiatda bo’ladigan voqea, hodisalarni ko’rish, taxlil qilish asosida turli faoliyatlardan boshlanadi.
Mashg’ulot turlari
Yangi bilim beruvchi
Bilimlarni aniqlovchi
Bilimlarni mustahkamlovchi
No’anaviy mashg’ulot
E’tibor uchun rahmat

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Sh.A.Sodiqova, M.A.Rasulxo‘jaeva “Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi” (O‘quv qo‘llanma) T 2013

2. Z.Y.Shanasirova “Тabiat bilan tanishtirish” o`quv qo`llanma 2022

3. Z.Y.Shanasirova “Тabiat bilan tanishtirish” nazariysi va metodikasi darslik T. Malik print. 2022 y.


Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling