Texnika universiteti “Mashinasozlik” fakulteti


Download 0.9 Mb.
bet7/9
Sana28.09.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1689096
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Hisobot AGMK

Uchinchi gruppa qurlmalariga kombinatsiyalashtirilgan parmalash-frezalash-yо‘nib kengaytirish stanogi misol bо‘la oladi (rasm, g). Bu stanokda 30 ta asbobga mо‘ljallangan, aylanysh о‘qi vertikal bо‘lgan doiraviy buriluvchi magazin va burilish о‘qi qiya hamda ish shpindelining о‘qi gorizontal bо‘lgan ikki pozitsiyali revolver golovka о‘rnatilgan. Bu ikkala qurilma ham shpindellar babkasiga montaj qilingan.
Bir shpindel ishlab turgan vaqtda ikkinchi shpindeldagi asbob almashtiriladi. Magazinga о‘rnatilgan asboblarning о‘qlari shunday vaziyatda joylashganki, shpindelga о‘rnatilishi kerak bо‘lgan asbobning о‘qi shpindel о‘qiga parallel bо‘ladi,. Asboblar magazin uyalariga opravkalarda о‘rnatiladi. Har bir opravka ikki uchida bо‘rtigi bо‘lgan vtulkaga kiritiladi, Gidro silindrdan siljitiladigan mexanikaviy qо‘l asbobli vtulkani oladi va uni shpindelga yoki magazinga о‘tkazadi. Buriluvchi stolning о‘ng tomonida kо‘p shpindelli parmalash golovkalari yoki pretsizion yо‘nib kengaytirish babkasi о‘rnatiladi. Programma asosida boshqariladigan stanoklarda asbobni avtomatik almashtirish ish unumini oshirishga, brakni va kontrol operatsiyalar hajmini qisqartirishga imkon beradi.
Tokarlik stanokini tez yurarligi va quvvatini oshirish usullari
Amalda stanoklarning tez yurarligi va quvvatini oshirish stanoklarni takomillashtirishning eng kо‘p tarqalgan variantidir. Ilg‘or zavodlarning tajribasiga kо‘ra, stanoklarda kesish tezligi va quvvat uskunani u qadar kayta ishlamay turib 1,5 — 2 baravar oshirilishi mumkin. Stanokning tezyurarligi va quvvatini elektrik dvigatelni almashtirish, yuritma shkivi yoki tishli g‘ildirakning о‘lchamlarini о‘zgartirish, shuningdek, elektrik dvigatel bilan tezliklar qutisi orasiga maxsus reduktor о‘rnatish yо‘li bilan oshirish mumkin. Stanokning tez yurarligi va quvvati, kо‘pincha, burovchi momentlar о‘zgartirilmagan holda oshiriladi.
Agar takomillashtirilganda quvvat tezlikka qaraganda anchagina ortib ketsa, kinematikaviy zanjir detallarini takror hisoblab kо‘rish va, zarur bо‘lsa, ularni tegishli usullar bilan kuchaytirish kerak.
Stanok rangli metallarni va qotishmalarni ishlashga о‘tkazilishi va bunda nozik pardozlash ishlari bajarilishi kerak bо‘lgan hollardagina bu stanokning quvvati о‘zgartirilmay, tez yurarligi oshiriladi. Buning uchun stanokning qabul qiluvchi shkivining yoki elektrik dvigatel shkivining diametrini о‘zgartirish, stanok shpindelining tayanchlari va moylash sistemasi takomillashtirishda aylanish chastotasini oshirishga imkon berish bermasligini tekshirib kо‘rish kifoY.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling