Texnika universiteti olmaliq filiali


Izoxorik-izotermik potensial


Download 0.53 Mb.
bet3/6
Sana08.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#251568
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kimyoviy potensial

3.Izoxorik-izotermik potensial. Ba’zan kimyoviy jarayonlar hajm doimiyligi va harorat doimiyligida borib (v=const; T=const), ana shu holatdagi termodinamik funksiya izoxorik-izotermik potensial ( F) yoki Gelmgols energiyasi deyiladi. Bunday jarayonlarda Qv=U bo’lgani uchun F=U- TS ga teng bo’lib qoladi. Demak, F=U-TS izoxorik-izotermik potensial shu jarayonda bajarilgan ishni baholashga etarli bo’ladi.

Kimyoviy jarayonlar uchun Gibbs energiyasi ko’p qo’llaniladi, chunki odatdagi sharoitda reaksiyalar bosim doimiyligida ro’y beradi. G, F, H va S holat funksiyalari hisoblanib, ularning qiymati sistemaning bir holatdan ikkinchi holatga o’tishiga bog’liqdir. Lekin o’tish jarayoni qanday yo’l bilan amalga oshirilganiga bog’liq emas. Barcha ko’rsatilgan termodinamik funksiyalar reaksiyada ishtirok etuvchi moddalarning tabiatiga, massalariga va haroratga bo’gliq. Bundan tashqari G sistema bosimiga, F sistemaning hajmiga bog’liq.



Ba’zi reaksiyalarning izobar izotermik potensialining qiymatini haroratga bog’liqligi 2-rasmda keltirilgan. NO, va CO2 izobar izotermik potensiali qiymati haroratga deyarli bog’liq emas. HgO olinish reaksiyasi izotermik potensiali qiymati harorat ortishi bilan ortsa, CO hosil bo’lish reaksiyasining izotermik potensiali qiymati harorat ortishi bilan kamayadi.

2-rasm. Kimyoviy reaksiyalarning izobar izotermik potensiali qiymatining haroratga bog’liqligi:



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling