Texnika xafsizligi
Sanitariya-Gigiyena Talablari
Download 183,98 Kb. Pdf ko'rish
|
Amaliy mashgulotlar materiallari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsiy kompyuterdan foydalanish qoidalari.
Sanitariya-Gigiyena Talablari
Kompyuterda ko'p ishlash, ya'ni uning oldida ko'p o'tirish insonning ko'zi, qon aylanish sistemasi, bosh miya faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin. Shunga ко'rа, kompyuterdan foydalanganda quyidagi talablarga rioya qilish zarurdir. O'quvchining ish joyiga tushayotgan yorug'lik tepadan va chapdan tushishi, displey ekrani va klavishlar ko'zni qamashtirmaydigan bo'lishi kerak. Xonadagi havo harorati o'rtacha 20-24 daraja oralig'i-da bo'lishi lozim. V-IX sinf o'quvchilarining shaxsiy kompyuter bilan ishlash vaqti 30 minutdan, bir kun davomida esa 180 minutdan oshmasligi kerak. O'quvchi kompyuterdan eng kamida 50-60 sm narida o'tirishi kerak. Kompyuter xonasida o'tkazilayotgan dars jarayonida o'quvchilarning tana mushaklarida va ko'zlarida zo'riqish hosil bo'lmasligi uchun 2-3 minutdan iborat dam berish lozim. Shu lahzalarda o'quvchilarga yengil kuy eshitish, kursida o'tirgan holda qo'l va bo'yin mushaklari toliqmasligi uchun yengil jismoniy mashqlar bajarish tavsiya etiladi. Shaxsiy kompyuterdan foydalanish qoidalari. Shaxsiy kompyuterni ishga tayyorlash va o'chirish tartiblari mavjud. Avvalam bor kompyuterning tarmoq kuchlanishiga mosligini tekshirish kerak. Shaxsiy kompyuterlar 220 yoki 110 kuchlanishli elektr tarmoqlarida ishlashi mumkin. Shaxsiy kompyuterlar uchun kuchlanishning o'zgarishi, ayniksa keskin o'zgarishlar xavfli bo'lishi mumkin. Shuning uchun maxsus stabilizatorlardan yoki elektr quvvati uzluksizligini ta'minlovchi - UPS qurilmasidan foydalanish tavsiya etiladi. Maxsus UPS qurilmasi elektr quvvatini o'zgarmas holda ushlab turadi hamda elektr manbai o'chirilgandan keyin muayyan vaqt davomida kompyuter ishlashini ta'minlab turadi. Bu vaqt kompyuterda bajarilayotgan ishlarni tugatish uchun etarlidir. Masalan kerakli ma'lumotlarni diskka yozib qo'yish yoki programmalar ishini tugatish uchun va xokazo. Download 183,98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling