Texnika xavfsizligi boyicha me‘yoriy hujjatlar


Ishlab chiqarish jarayonlariga xavfsizlik talablari


Download 21.38 Kb.
bet3/4
Sana16.03.2023
Hajmi21.38 Kb.
#1273013
1   2   3   4
Bog'liq
sattarov ogabek mmx

Ishlab chiqarish jarayonlariga xavfsizlik talablari.
Texnologik jarayonlarni tashkil etishni va bajarishni loyihalashda davlat standarti quyidagilarni hisobga olishni talab etadi:
- xavfli va zararli ishlab chiqarish chiqindilari, materiallari bilan ishchilarni bevosita kontaktli aloqada bo’lishini oldini olish;
- xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari mavjud bo’lganda kompleks avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirishni joriy etish;
- ishchilar xavfsizligini ta‘minlovchi va avariya holatida ishlab chiqarish uskunalarini ochirish nazorati tizimini ornatish;
- xavfli va zararli ishlab chiqarish chiqindilarini ish joylaridan chiqarish va uni zararsizlantirish.
Texnologik jarayonlarga xavfsizlik talablari esa texnologik hujjatlarda bayon etilishi kerak. Ishlab chiqarish binosini tanlashda uni sanitar normalarga mosligini, yongin va portlash xavfi boyicha uning kategoriyalarini, hamda elektr tokidan jarohatlanish xavfi va boshqalarni aniqlash muhim hisoblanadi.
Ishlab chiqarish uskunalariga umumiy xavfsizlik talablari. Ishlab chiqarish uskunalariga, mashina va mexanizmlarga mehnat sharoiti va ularning elementlari, uskunalar konstruksiyalarini hisobga olgan holda, sodir bolishi mumkin bolgan xavfli va zararli omillar manbaini aniqlangandan song xavfsizlik talablari belgilanadi.
Mehnatni muhofaza qilish nuqtai nazaridan uskunalarga qoyilgan asosiy talablarga odamlar sogligi va hayoti uchun xavfsizlik hamda ularni ishlatishda ishonchlilik va qulayliklar kiradi.
Ishlab chiqarish uskunalarini ishlatishda mikroiqlimning ozgarishi, atmosfera holatlarining ta‘siri inson organizmiga xavf solmasligi, yongin va portlashdan xavfsiz bo’lishi, ular konstruksiyasida qo’llaniladigan materiallar zararli va xavfli bo’lmasligi, ularning harakatlanadigan qismlari xavfsiz qilib tosilgan bo’lishi kerak.
Uskunalarning avariya sodir bo’lganda o’chirishi lozim bo’lgan moslamalari, dastalari ko’rinadigan va qulay joyda joylashtirilishi hamda qizil rangga bo’yalishi talab etiladi.
Mashina va mexanizmlarning inson hayotiga va sog’lig’iga xavf tug’diradigan holatlarni vujudga keltiradigan joylari xavfli zona deb ataladi. Xavfli zonada asosan mashina va mexanizmlarning ochiq holda aylanadigan va harakatlanadigan qismlari mujassamlanadi. Shuningdek, xavfli zonalar qatoriga mashina va mexanizmlarda ishlaganda elektr tokidan zararlanish, issiqlik, elektromagnit, ionlashgan nurlar, shovqnin, titrash, ultratovush, zaharli gaz va bug’lar ta‘siriga tushib qolish ham kiradi.
Xavfli zonalar doimiy, harakatlanuvchan va vaqti-vaqti bilan paydo bo’ladigan turlarga bo’linadi. Doimiy xavfli zonaga qayishli, zanjirli va tishli uzatmalar, dastgohlarning qirqish zonalari va harakatlanuvchi valiklar, harakatlanuvchan xavfli zonaga potok liniyalari, konveerlar, qirqish joyi o’zgarib turadigan agregat dastgohlari va boshqalar, vaqti-vaqti bilan paydo bo’ladigan xavfli zonalarga yuk ko’tarish kranlari, kran balkalar va boshqalar kiradi. Oxirgi ko’rsatilgan qurilmalar sex bo’ylab ish joylarini doimiy o’zgartirib turadi va qaerda ish bajarayotgan bo’lsa, shu erda xavfli zona vujudga keladi.
Mehnat xavfsizligini taminlovchi texnik vositalar.
Ishlab chiqarishda xavfsizlikni taminlash asosan qo‘yidagi tadbirlar erdamida amalga oshiriladi:
a) texnikalarni xavfsizlik talablari asosida loyihalash va tayyorlash;
b) xavfdan himoyalanishning injener-texnik vositalaridan foydalanish;
v) xavfsiz texnologik jarayonlarni tadbik etish;
g) ishchilarni xavfsizlik texnikasi bo’yicha malakali o’qitish;
d) xavfsiz ish joyi va ish sharoitini tashkillashtirish.
Yuqorida takidlangan tadbirlar amalda komleks holda kullanilgandagina ijobiy natijalarga to’liqrok erishiladi. Vaxolanki, ushbu tadbirlarni ishlab chiqish, birinchi navbatda xavfning to’rini, uning kelib chiqish sabablarini o’rganishni talab etadi.
Xavfning turi va kelib chiqish sabablariga bog’liq holda xavfli omillardan himoyalanish usullari ikki xil - aktiv va passiv turlarga bo’linadi.

Download 21.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling