sonning kvadrat muskullari,
tashqaridan dumbaning kichik muskuli,
pastdan tashqi yopqich muskuli
mustahkamlaydi.
Bo‘g‘imning boylamlari: bo‘g‘im bo‘shlig‘ining
ichida - son suyagi boshchasining boylami
(lig.
capitis
femoris) va uning
tashqarisida - yonbosh - son boylami - lig.
iliofemorale, qov- son boylami
-
lig.
pubofemorale va qo‘ymuch - son boylami
lig.
ischiofemorale-ning pastki qirg‘og‘i ostida joylashgan.
Son suyagi bo‘yinchasi singanligini yoki suyakning tos-son bo‘g‘imida chiqqanligini
aniqlash uchun
oldingi-ustki o‘tkir o‘siqni quymuch dumbog‘i bilan
tutashtiruvchi Rozer-Nelaton chizig‘i o‘tkaziladi. Son biroz bukilganda katta ko‘stning cho‘qqisi Rozer-
Nelaton chizig‘ida joylashadi. Katta ko‘stning bu chiziqqa nisbatan siljishi
son suyagi boshchasining
bo‘g‘imdan chiqqanligini yoki uning bo‘yinchasi singanligini bildiradi.
SON, FEMUR
Sonning shakli asosi yuqoriga qaragan kesik konus ko‘rinishiga ega.
Son sohasi tashqarida katta ko‘stni son suyagining lateral tepachasi
(epicondylus lateralis ossis femoris)
bilan tutashtiruvchi chiziq, ichkarida qov simfizidan medial tepachaga o‘tkazilgan chiziq orqali
oldingi va
orqa sohalarga bo‘linadi.
T a sh q i m o‘ l j a l l a r: oldinda - oldingi-ustki yonbosh o‘tkir o‘sig‘I
(spina iliaca anterior superior);
chov burmasi
(plica inguinalis); simfizdan 1,5-2sm
tashqarida, chov burmasi ustida qov do‘mbog‘i
(tuberculum pubicum); sonning
o‘rta sohasida - mashinachilar muskuli
(m.
sartorius)ning konturi; pastki sohasida
sonning ichki va tashqi keng muskullari
(mm.
vastus medialis et lateralis) hamda ular orasida son to‘rt
boshli muskuli
(m.
quadratus femoris)ning payidan iborat bo‘lgan do‘nglik;
sonning orqasida yarim-pay
va yarim parda muskullari,
mm.
semitendinosus et semimembranosus hamda sonning ikki boshli muskuli
(m.
biceps femoris)ning konturlari; yuqori-medial qismidagi son-oraliq burmasida
qov suyagining pastki shoxi
(ramus inferior ossis pubis) va quymich suyagining
dumbog‘i
(tuber ischia
dicum)ni aniqlash mumkin.
Ch e g a r a l a r i: yuqorida - chov burmasi, son-oraliq va dumbaning ko‘ndalang burmalari bo‘ylab son
suyagining katta ko‘stiga, undan yonbosh suyagining oldingi-ustki o‘tkir o‘sig‘iga o‘tkazilgan chiziq,
pastda - tizza qopqog‘I asosidan ikki barmoq eni yuqorida o‘tkazilgan aylana chiziq.
Do'stlaringiz bilan baham: