Tizzaning oldingi sohasi, regio genus anterior. Tizza oldingi sohasining terisi qalin. Teri osti qavatida
quyidagi sinovial xaltalar bor:
- bursa prepatellaris subcutanea,
- bursa infrapatellaris,
- bursa prepatellaris subfascialis,
- bursa prepatellaris subtendinea,
- bursa suprapatellaris.
Tizzaning xusysiy fassiyasi ostida tizza bo‘g‘imi arteriya to‘ri (rete articulare genus) bo‘lib, uni son
arteriyasining shoxi bo‘lgan tushuvchi tizza arteriyasi; taqim arteriyasining barcha shoxlari - aa.genus
superior, media, inferior laterales et mediales (52-rasm), oldingi katta boldir arteriyasidan - qaytuvchi
oldingi katta boldir arteriyasi (a.reccurens tibialis anterior) va orqa katta boldir arteriyasidan chiquvchi
kichik boldir suyagini o‘rovchi tarmoq (ramus circumflexus fibulae) hosil qiladi.
Tizza arteriya to‘rining tizza qopqog‘i ustidagi qismi rete patellaris deb ataladi. Oldinda, xususiy fassiya
ostida, son to‘rt boshli muskulining pastki qismi bo‘lib, uning payi tizza qopqog‘ining ustidan o‘tayotib,
unga birikadi va pastga tizza qopqog‘i boylami (lig.patellae) shaklida davom etib katta boldirning g‘adir-
budirligiga yopishadi. Tizza qopqog‘i va uning boylamining yon tomonlarida to‘rt boshli muskul payi
hisobiga hosil bo‘lgan tizza qopqog‘ining ushlab turuvchi boylamlari (retinaculum patellae) joylashgan
bo‘lib, ular 2 qavatdan iborat: yuza qavatni tizza qopqog‘ining yon tomonlarini katta boldir suyagiga
bog‘lovchi bo‘ylama lateral va medial boylamlar, chuqur qavatni - tizza qopqog‘ining yon chekkalarini
son suyagi do‘ngliklari bilan bog‘lovchi ko‘ndalang ushlab turuvchi boylamlar tashkil etadi. Tizzaning
xususiy fassiyasi bu boylamlarni qoplab, tashqi tomonda mashinachilar muskuli payi hisobiga
qalinlashadi. Bo‘g‘im xaltasini oldindan qoplovchi bu fassiya-pay qoplamlari tizza oldingi sohasining
fassiya-aponevroz apparati deb nomlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |