Texnikasi. Sondagi amputatsiyalar. Tizza bo’g’imi punksiyasi. O’quv operatsiya


SONNING ORQA SOHASI, regio femoris posterior


Download 473.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana16.03.2023
Hajmi473.37 Kb.
#1273145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-mavzu. Oyoqning klinik anatomiyasi va operativ xirurgiyasi. Dumba, son va tizza sohalari. Tos-son va tizza bo’g’imlari

SONNING ORQA SOHASI, regio femoris posterior. Son orqa sohasining teri osti qavatida sonning 
lateral teri nervining tarmoqlari, 
sonning orqa teri nervi, n.cutaneus femoris posterior, sonning katta va kichik teri osti venalari, 
vv.saphenae magna et parva orasidagi anastomoz joylashadi. Sonning orqa muskul-fassiya o‘rindig‘ida 
tashqi tomonda sonning ikki boshli muskuli (m.biceps femoris), ichki tomonida yarim parda muskuli 
(m.semimembranosus)va uning ustida yarim pay muskuli (m.semitendinosus) joylashgan. Orqa o‘rindiqda 
quymuch (o‘tirg‘ich) nervi (n.ischiadicus), uning arteriyasi - a.comitans nervi ischiadici hamda perforant 
arteriyalarni o‘zaro bog‘lovchi arteriya poyasi joylashadi. Quymuch nervi yuqorida bevosita son 
fassiyasining ostida, ikki boshli muskulning tashqi tomonida, sonning o‘rta qismida ikki boshli 
muskulning uzun boshchasi ostida, sonning pastki qismida ikki boshli muskul bilan yarim parda 
muskullari orasida yotadi. Taqim chuqurchasiga kirish joyida quymuch nervi o‘zining oxirgi shoxlari 
bo‘lgan katta boldir va umumiy kichik boldir nervlariga ajraladi. 
TIZZA, GENU 
T a sh q i m o‘ l j a l l a r: oldinda - tizza usti qopqog‘i (patella); uning pastida tizza qopqog‘ining 
xususiy boylami (lig.patellaris; epicondylus medialiset lateralis ossis tibiae), katta boldir suyagining 


g‘adir-budurligi (tuberositas tibiae),kichik boldir suyagining boshchasi (caput fibulae); medial tomonda 
(m.vastusmedialis) bilan (m.sartorius) hamda (m.gracilis) do‘ngliklari orasida (m.adductor magnus) ning 
payini paypaslab aniqlash mumkin, shu payning orqasida Jober chuqurchasi 
aniqlanadi; lateral tomonda m.biceps femoris payi; orqada m.semimembranosus et m.semitendinosus 
paylari (ichkari tomonda), o‘rtada boldir muskuli boshchalari orasidagi uchburchak shaklidagi chuqurcha 
ko‘rinadi. 
Ch e g a r a l a r i: yuqorida - tizza qopqog‘idan ikki barmoq eni yuqorida, pastda - katta boldir suyagi 
g‘adir-budurligi orqali o‘tkazilgan aylana chiziq. Son suyagi tepachalarining orqa chetlari orqali 
o‘tkazilgan vertikal chiziqlar tizzani oldingi va orqa sohalarga bo‘ladi. 

Download 473.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling