Gazlamalarni buyash usullari, gazlamalarni
buyash uchun tavsiyalar
Gazlamalarni ishlab chiqarish korxonalarida bo'yash jarayoni.
To'quv stanogidan olingan gazlamalarni tashqi ko'rinishi, xossalarini yaxshilash,
tovar ko'rinishida berish jarayonlari pardozlash deb ataladi. Pardozlash
jarayonlarida juda ko'p va murakkab ishlar bajariladi, ya'ni tuk kuydirish, ohorini
ketkazish, qaynatish, oqartirish, merserizatsiyalash, tuk chiqarish, bo'yash, gul
bosish, appretlash.
Pardozlashning bir bosqichi bo'yash bo'lib, gazlamani bo'yash — bu biror
rangdagi yaxlit tekis tus berish uchun gazlamaga bo'yovchi moddalarni singdirish
jarayonidir.
Bo'yashning kamchiliklari. Gazlama strukturasining notekisligi, qaynatish va
oqartirishda gazlama yaxshi tayyorlanmaganligi, bo'yoq resepti va bo'yash
rejimining buzilishi, bo'yash jihozlarining nosozligi natijasida gazlamalar
bo'yalganda quyidagi nuqsonlar uchrashi mumkin: chala bo'yalganlik, har xil
tuslilik, belgilar, dog'lar, xollar, oqishjoylarvaboshqalar. Gazlama navini
aniqlashda turli o'lchamdagi har xil dog'lar ham hisobga olinadi. Tikuvchilik
buyumining ko'rinadigan joylarida dog'lar bo'lishiga yo'l qo'yilmaydi, kiyimlarning
ko'rinmaydigan joylaridagi dog'lar hisobga olinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |