Texnologik jarayon haqida asosiy tushuncha Reja
Download 23.8 Kb.
|
КХЙ6-маъруза e4b2c13f7ef71a885cdc6c36ae637411
Sinkada boyash usuli: bu usulda 2 stakan suvga 2 choy qoshiq sinka
solinadi. Qoshiq yordamida yaxshilab aralashtiriladi, eritmaga gazlamani solib, 5—6 daqiqa ushlab turiladi. Gazlamani suvdan olib, qattiq siqmasdan xona haroratida quritiladi. Oziq-ovqat mahsulotlariga pazandachilik ishlovi berish Pazandachilik ishlovi berish oziq-ovqat mahsulotlariga keyinchalik ishlov berishga yaroqli va oziq-ovqatga ishlatish xususiyatlarini berish maqsadida ta'sir qilishdir. Sabzavotlarga mexanik usulda ishlov berish saralash, yuvish, tozalash hamda to’g’rashdan iborat. Mexanik ishlov vaqtida ikki masala hal etiladi: tayyor yarim fabrikat olish va chiqindi chiqishini maksimal kamaytirish. Sabzavot sexida sabzavotni yuvish mashinasi, tozalash va to’g’rash mashinalari, shuningdek, nomexanik tayyorlash stollari, vannalar, sabzavot saqlagichlar, sabzavot tozalovchilar uchun maxsus stollar, kraxmal cho’ktiruvchi oddiy moslamalar o’rnatiladi. Sabzavotlarni to’g’rash ularni bir tekisda pishishiga yordam beradi, taomlarga chiroyli ko’rinish baxsh etib, ta'mini yaxshilaydi. Shinkovka qilish - sabzavotlarni mayda bo’laklarga bo’lish. Aralashtirish - ko’pikli massa olish uchun bir xil yoki bir necha xil mahsulotlarni aralashtirish. Panirovka - yarim fabrikatlarning yuqori qismiga panirovka surtish. Qiymalash - farsh bilan maxsus tayyorlangan mahsulotlarni to’ldirish. Issiqlik ishlovi berish ovqat tayyorlashning asosiy bosqichlaridan biri bo’lib, uning maqsadi mahsulotni pazandachilik tayyorgarligiga olib borishdir. Pazandachilik tayyorgarligi fizik-kimyoviy, strukturamexanik, organoleptik sifat ko’rsat kichlari birligi bo’lib, ovqatning iste'mol uchun yaroqliligini ko’rsatadi. Issiqlik pazandachilik ishlovi berishning asosiy uslublari: pishirish, dimlash, qovurish, suvining kam miqdorida pishirish (pripuskaniya). Pishirish - mahsulotlarga suv muhitida yoki bug’ atmosferasida ishlov berish. Suvning kam miqdorida yoki o’zining sharbatida pishirish. Dimlash - suvning kam miqdorida ziravorlar bilan yoki o’zining sharbatida yoki sousida pishirish. Qovurish - issiqlik ishlovi berish pazandachilik tayyorgarligiga olib borish maqsadida o’tkaziladi. Passirovka - mahsulotni yog’da qovurish, u ta'm va rang beruvchi moddalarni ekstragirlash uchun qo’llaniladi. Qovurib olish - pazandachilik tayyorgarligigacha olib bormasdan qovurib olib, tayyor mahsulotning organoleptik ko’rsatkichini yaxshilash. Yopish - issiqlik jihozi kamerasida mahsulot tayyor bo’lguncha ishlov berish. Pazandalik mahsulotlarini saqlash Pazandachilik mahsulotlarini shunday ishlab chiqarish kerakki, ular aniq muddat davomida sotib olinishi ta'minlansin. Issiq taomlarni sotuvga chiqarilayotganda (sho’rvalar, souslar, ichimliklar) 65 0S dan past bo’lmagan haroratga ega bo’lishi kerak, sovuq sho’rvalar, ichimliklar 14 0S dan yuqori bo’lmasligi lozim. Marmitda yoki issiq plitada tayyorlangan taomlar, uch soat davomida sotuvga chiqarilishi shart. Salat, vinegret, oziq-ovqatlik mahsulotlar, boshqa shirin taomlar va ichimliklar porsiyalangan xolda sovutiladigan rastalarga taxlanishi kerak. O’tgan kundan qolgan quyidagi mahsulotlar sotilishi mumkin emas: Salat, vinegret, sutli sho’rvalar, sovuq, shirin sho’rvalar, souslar, omletlar, kartoshka pyuresi. Pazandachilik mahsulotining har bir partiyasini umumiy ovqatlanish korxonasi zalidan tashqariga sotuvga chiqarilsa, mahsulotning sifat sertifikati bo’lishi kerak. Pazandalik mahsulotini iste'mol qilishni tashkil qilish Pazandachilik mahsulotini sotuvga chiqarish uchun partiya bilan qabul qilinadi. Partiya deb, pazandachilik mahsulotini turli miqdorda, bitta nomda, muddatda, bir korxonada, bir xil idishda ishlab chiqarilgan, bir transportda olib kelingan va sifati bo’yicha bir xujjatda rasmiylashtirishga aytiladi. Bunda quyidagilar ko’rsat ilishi kerak: -ishlab chiqaruvchi - korxona nomi va manzili, pazandachilik mahsuloti nomi, pazandachilik mahsuloti ishlab chiqarilgan soat va sanasi, iste'mol va transport idishining miqdori; -pazandachilik mahsulotining brutto va netto massasi, saqlash muddati va sharoitlari, partiya raqami; -pazandachilik mahsulotining ozuqaviy energetik qiymati to’g’risidagi ma'lumot, reklama turlari bilan menyuda ko’rsatib, qutida iste'molchiga yetkaziladi. Har bir partiyani qabul qilayotganda transport idishi miqdori, iste'mol va transport idishini butunligi, transport idishini xolatini vizual ravishda baholanadi. Har bir transport va iste'mol idishiga yorliq yopishtirilishi kerak va unda quyidagilar ko’rsatiladi: -korxona nomi va manzili; -pazandalik mahsuloti nomi; -me'yoriy xujjatlar belgisi; -pazandachilik mahsuloti og’irligi; -dona(porsiya) miqdori va bir donasi og’irligi; -ishlab chiqarilgan sana va vaqti; -saqlash muddati va sharoiti, qadoqlovchining raqami va familiyasi. N Download 23.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling