Texnologik jarayonlar boshqaruvi va kompyuter tizimlari


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/21
Sana28.03.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1305006
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulotlar ASDI




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
 
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI 
“TEXNOLOGIK JARAYONLAR BOSHQARUVI VA KOMPYUTER 
TIZIMLARI”
fakulteti 
 
 
 
“MASHINASOZLIK ISHLAB CHIQARISHINI AVTOMATLASHTIRISH”
kafedrasi 
 
 
“AVTOMATLASHTIRISH SISTEMALARINING DIAGNOSIKASI VA 
ISHONCHLILIGI”
fanidan
 
5311000 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (kimyo, neft-kimyo 
va oziq ovqat sanoati) yo

nalishi talabalari uchun
 

Amaliy mashg‘ulotlarni bajarish bo

yicha
 
 
USLUBIY KORSATMA 
 
 
 
 
 
 
 
Andijon – 2021-yil 






 
KIRISH 
XX asr oxirlariga kelib energetika, elektronika va axborot – informatsion 
texnikada yangi davr, ya’ni mikro va nanotexnologiyalar davri boshlandi. Bu esa 
barcha muhandislik sohalarida butunlay yangi texnikalar yaratilishi va ularning 
amaliyotda keng qo‘llanilishiga olib keldi. 
Jumladan, yangi texnikalarni loyihalash – konstruktorlik, sinash va ilmiy 
tadqiqot ishlarida ham yangi texnik va texnologik yechimlardan foydalanishni 
taqoza qiladi. Shuning uchun so‘ngi yillarda muhandislik ta’lim sohasida ham 
zamonaviy texnik vositalardan foydalangan holda muhandislik masalalarni operativ 
xal qila oladigan, ijodiy fikrlay oladigan, loyihaviy – konstruktorlik ko‘nikmasiga 
ega mutaxassislar tayorlash dolzarb masalaga aylandi. 
Oliy o‘quv yurtlarida bunday yuqori malakali kadrlar tayyorlashda amaliy va 
laboratoriya darslarining axamiyati katta bo‘lib, ushbu uslubiy ko‘rsatma 
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish ta’lim 
yo‘nalishi talabalari uchun “Avtomatlashtirish sistemalarining ishonchliligi” fanidan 
amaliy ishlarini bajarishga mo‘ljallangan. 
“Avtomatlashtirish sistemalarining ishonchliligi” fani orqali talabalar 
avtomatlashtirilgan sistemalarni diagnostika qilish prinsiplari bilan, ushbu tizimlarni 
tadqiq qilish usullari va jarayonlarida ishtirok etuvchi elementlarni diagnostika 
qilishni o‘rganishadi. Ushbu fan orqali bo‘lajak muhandis-texnik xodimlar 
diagnostika va tashxis qilish, ishonchlilik to‘g‘risidagi fanlarni tashkil etuvchi ilmiy 
fanlar qatoriga kiruvchi avtomatik nazorat va boshqarish, diagnostika qilish 
prinsiplarini o‘rganadilar. O‘z navbatida bo‘lajak bakalavrlarda bu borada ma’lum 
darajada bilimlar tizimi, ko‘nikmalarni shakllantirish ko‘p jihatdan amaliy 
mashg’ulotlarining uslubiy ta’minoti, bajarish sifati va qay darajada amaliyotga 
yaqinligiga ham bog‘liq.
Amaliy mashg’ulotlarining bajarish bo‘yicha ko‘rsatma amaldagi fan 
dasturidan va mavjud texnik imkoniyatlardan kelib chiqib tuzildi. 




Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling