Texnologik jihoz


Тexnologik jihozlarning asosiy guruhlari. Avtoservis korxonalarida foydalaniladigan texnologik jihozlar xizmat turiga qarab quyidagilarga bo’linadi


Download 86 Kb.
bet2/5
Sana01.03.2023
Hajmi86 Kb.
#1239475
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu (4 soat)

Texnologik jihozlarning asosiy guruhlari.

Тexnologik jihozlarning asosiy guruhlari. Avtoservis korxonalarida foydalaniladigan texnologik jihozlar xizmat turiga qarab quyidagilarga bo’linadi:


Birinchi guruh qatoriga avtomobillarga ТХK va JТ vaqtida agregat, mexanizm, detallarga (pastdan, yonboshdan) qulay yondashishni ta’minlovchi dastgox (qurilma)lar kiradi. Bularga: ko’rish chuqurlari, estakadalar, turli xildagi ko’targich va domkratlar misol bo’la oladi.
Ikkinchi guruhga kiruvchi jihozlar: ko’tarish va eltish (siljitish) uchun mo’ljallanib, qo’zgaluvchi kran, ko’tarish tali, telferlar, to’sinli kran, yuk aravachalari, konveyerlardan iborat (bular asosan ТХK mintaqalarida avtomobilni o’t oldirmasdan postdan postga o’tkazish uchun qo’llaniladi).
Uchinchi guruhga – ТХK uchun ixtisoslashgan jihozlar kiradi. Masalan: ТХK ish jarayonini bevosita bajarish uchun mo’ljallangan (yuvish, tozalash, mahkamlash, moylash, nazoart-diagnostika, rostlash, ta’minlash) jihozlaridir.
Тo’rtinchi guruh o’z ichiga ТХK va JТ ishlarini bajarish jarayonida qo’llaniladigan ko’p turdagi ishlab chiqarish jihozlarini qamrab olgan. Masalan: yechish-o’rnatish, ajratish-yi’gish, chilangar-mexanik, temirchilik, payvandlash, misgarlik, kuzov, shinomontaj va kamera yamash, elektrsozlik asbob-uskunalaridir.


Avtotransport vositalarini diagnostikalash, texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash ishlarida ishlatiladigan texnologik jihozlarning tasnifi.
Avtotransport vositalarini diagnostikalash, texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash ishlarida ishlatiladigan texnologik jihozlar quyidagi guruhlarga bo’linadi:

I– guruh. Yuvish – tozalash jihozlari:

-qo’l bilan shlangda yuvish – tozalash supurish jihozlari; agregat, uzel va qismlarni yuvish – tozalash jihozlari; yengil avtomobillarni yuvish, quritish jihozlari; yengil avtomobillarni yuvish, quritish avtomatik qatorlari; yuk avtomobillarni yuvish, quritish qurilmalari; avtobuslarni yuvish, quritish qurilmalar


Download 86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling