Texnologik jihoz


IV- guruh. Avtomobillarning yurish qismi va transmissiyasi agregatlarini


Download 86 Kb.
bet5/5
Sana01.03.2023
Hajmi86 Kb.
#1239475
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu (4 soat)

IV- guruh. Avtomobillarning yurish qismi va transmissiyasi agregatlarini

diagnostikalash jihozlari:


-boshqariladigan ‘gildiraklarning o’rnatish burchagini diagnostikalash qurilmalari; avtomobil osmasini diagnostikalash qurilmalari; uzatmalar qutisi, ilashish muftasi, gidromexanik uzatma (GMU), kardan uzatmasi va orqa ko’prikni diagnostikalash jihoz va asboblari; avtomobil ‘gildiraklarini muvozanatlovchi jihozlar.

V-guruh. Ba’zi agregatlarni tuzatilgandan so’ng texnik nazoratdan o’tkazish va sinash jihozlari:


-dvigatellarni sinash jihozlari; uzatmalar qutisi, GMU va tabaqalash qutisini sinash jihozlari; avtomobil ko’priklarni sinash jihozlari; amortizator, ressora va osmani sinash jihozlari; ko’tarish mexanizmini sinash jihozlari; rul mexanizmlarini sinash jihozlari.


Texnologik jihozlarga qo'yiladigan talablar.
Garaj jihozlari quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishlari zarur:

    • ishlatilishi oddiy va ishonchli bo’lishi;

    • ishlatilishi xavfsiz bo’lishi;

    • ishlatilishi arzon va tejamli bo’lishi;

    • uzoq muddat xizmat qilishi;

    • yasalishi texnologik jarayonga mos bo’lishi;

    • unifikatsiyalashgan qismlardan maksimal foydalanish imkoni mavjudligi;

    • ishtatilishi qulay bo’lishi;

    • ajratish-yi’gilishi qulay bo’lishi;

    • zamonaviy xususiyatlarga ega ekanligi.


Nazorat savollari.

  1. Servis korxonasini mexanizatsiyalashda qo’llaniladigan jihozlarning assiy turlari qanday?

  2. Тexnologik jihozlarni funksional ahamiyati bo’yicha turlari qanday?

  3. Avtotransport vositalarini diagnostikalash, ТХK va JТ ishlarida

ishlatiladigan garaj jihozlarining tasnifini keltiring?.

  1. Nazorat – diagnostika jihozlarining tasnifini keltiring?

  2. Garaj jihozlariga qanday asosiy talablar quyiladi?


Download 86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling