Texnologik jihozlarga texnik xizmat ko`rsatish va ishonchlilik asoslari hisoblash amaliy usullari. Reja
Ta`mirlar ikki turda olib boriladi
Download 92.5 Kb.
|
Texnologik jihozlarga texnik xizmat ko`rsatish va ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kapital ta`mirlash.
- Ishonchlilik ko`rsatkichlari «
- Ro`y berish sabablariga ko`ra, ishlamay qolishlar quyidagi to`rtta turkumga bo`linadi
Ta`mirlar ikki turda olib boriladi:
Joriy ta`mirlash; Kapital ta`mirlash. Joriy ta`mirlash. Mashina, agregat, uzelning ishlash qobiliyatini ta`minlash yoki tiklash uchun hamda ularning ayrim qismlarini almashtirish maqsadida joriy ta`mirlash o'tkaziladi. Oldini olish xarakteridagi joriy ta`mirlash asosan berilgan markadagi mashinalar uchun belgilangan texnik xizmat ko'rsatishning muayyan turi bilan birga bajariladi. Ishlamay qolish oqibatlari esa bu nuqson paydo bo'lganidan va sabablari aniqlanganidan keyin bartaraf etiladi. Joriy ta`mirlash uning murakkabligiga qarab mashinadan foydalaniladigan joyning o'zida ham, maxsus texnik xizmat ko'satish ustaxonalari va stantsiyalarida ham amalga oshiriladi. Kapital ta`mirlash. Kapital ta`mirlash deganda mashinaning istalgan qismlarini, shu jumladan, ba`zi qismlarini almashtirish yoki tiklash yo'li bilan buyumning resursini to'liq yoki shunga yaqin darajada tiklash hamda sozligini tiklash uchun butun mashinani ta`mirlash tushuniladi. Mashinani agregat yoki boshqa tarkibiy qismini kapital ta`mirlash shunga ko'ra farqlanadi. Kapital ta`mirlashda quyidagi ishlar bajariladi: mashina, uning agregatlari va uzellari detallarga ajratiladi. Nuqsonli detallar ta`mirlanadi yoki almashtiriladi, mashina yig'iladi, rostlanadi, asta-sekin ishga solinadi, bo'yaladi, sinaladi. Ishonchlilik ko`rsatkichlari «Ishlamay qolishlik» tushunchasi ishonchlilik nazariyasida markaziy masalalardan biridir. Mashinaning ishlamay qolishi detallarning yeyilishi, sinishi, deformatsiyalanishi, mexanizmlari yoki tizmlarining rostlanishini buzilishi, maxkamlangan joylarining bo`shab qolishi, yoqilg`i, surkov moyini uzatish, to`xtab qolishi oqibatida ro`y berishi mumkin. Qay tarzda namoyon bo`lishiga qarab, ishlamay qolishlar asta-sekin va to`satdan ishlamay qolishlarga bo`linadi. Qandaydir ko`rsatkich yoki xususiyatlarning tobora o`zgarib borishi natijasida sodir bo`ladigan ishlamay qolish asta-sekin ishlamay qolish deb ataladi. Foydalanishning istagan davrida yuz berish mumkin va tasodifiy omillarga bog`liq bo`lgan ishlamay qolish to`satdan ishlamay qolish dyeyiladi. Buyum holatining parametrlari uning o`z vazifasini bajarish sifatini belgilaydi. Holat parametrlarining ruhsat etilgan qiymatlaridan chetlanishi buyumning ishlash qobiliyati buzilganligini bildiradi. Bu turdagi ishlamay qolishlar parametrik ishlamay qolishlar deb yuritiladi. Agar parametrlarning o`zgarishi tuzatib bo`lmaydigan darajada bo`lsa (masalan, yeyilish, zanglash, eskirish sababli), u xolda asta-sekin ishlamay qolish sodir bo`ladi. To`satdan ishlamay qolishlar ko`zda tutilmagan yuklanishlarda, ishchi qurilmalari ifloslanganda va xokozolarda yuz beruvchi qobiliyatning tasodifan o`zgarishdan iborat. Detalning sinishi to`satdan ishlamay qolishga misol bo`la oladi. Ro`y berish sabablariga ko`ra, ishlamay qolishlar quyidagi to`rtta turkumga bo`linadi: Download 92.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling