Texnologik mashinalar va jihozlari
-rasm.Elektr yoyi bilan payvandlash sxemasi
Download 0.9 Mb.
|
Payvandlash jarayonidagi texnika xavfsizligi talablari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Payvandlash usallari va klassifikatsiyasi
1.1-rasm.Elektr yoyi bilan payvandlash sxemasiN.G.Slavyanov birinchi bo‘lib payvandlash generatorini hamda payvandlashda yoy uzunligini avtomatikaviy ravishda rostlab turadigan moslama konstruksiyasini yaratdi. Keyinchalik payvandlanadigan joyning o‘zinigina qizdirish uchun nisbatan kuchli ekzotermik effekt hosil qilib yonadigan aralash moddalardan, shuningdek, payvandlanayotgan joydan o‘tayotgan elektr toki ta’sirida ajralayotgan issiqlikdan foydalana boshlandi. Birmuncha keyinroq esa mexanikaviy, gaz-elektrik va boshqa usullar ixtiro etildi. Metallarning payvandlashning jadal rivojlanishi XX asrning 30-40 yillariga to‘g‘ri keladi. Bu yillarda, ayniqsa, Kievda Ukraina SSR Fanlar akademiyasining elektrik payvandlash instituti kollektivi akademik E.O.Paton rahbarligida metallarni flyus qatlami ostida elektrik yoy yordamida avtomatikaviy payvandlashning yangi progressiv usulini ishlab chiqdi. Bu usul xalq xo‘jaligimizda 1940 yildan boshlab keng qo‘llanila boshlandi. Ayniqsa, Ulug‘ Vatan urushi yillarida qurolli kuchlarimiz uchun eng zarur qurol-aslahalar ishlab chiqarish sur’atini oshirishda muhim o‘rin egalladi. Keyingi yillarda metallarni payvandlash sohasida olib borilgan izlanishlar natijasida elektr-shlag, elektron-nur, ultra-tovush usullarida, plazmada payvandlash va boshqa qator progressiv usullar yaratildi. Amalda yuqorida zikr etilgan payvandlash usullarining har biridan qanday ishlarni bajarishda foydalanish konkret ish xarakteriga ko‘ra, tajriba asosida tasdiqlangan ko‘rgazmalarga ko‘ra belgilanadi. Payvandlash usallari va klassifikatsiyasiMetallarni payvandlash usullari GOST19512-84 ga ko‘ra termik, termomexanik va mexanik sinflarga ajratiladi. T ermik sinf. Materiallarning payvandlanadigan joylarini suyultirib payvandlashning barcha usullari, jumladan elektr-yoy, elektr-shlak, elektron-nur, plazma va gaz alangasida payvandlash usullari kiradi. Termomexanik sinf. Materiallarning payvandlanadigan joylarini qizdirib, yuqori plastik xolatga keltiribbosim bilan payvandlashning barcha usullari, jumladanelektr kontakt, gaz alangasida qizdirib preslash, diffuzion payvandlash usullari kiradi. Maxanik sinf. bu sinfga oid payvandashning barcha usullari (sovuqlayin ishqalab, ultrotovush, portlptish va boshqalar) qo‘llanilganda mexanik energiya issiqlik energiyasiga aylanadi va metall qizib bosim ostida payvandlanadi. Sanoatda metallarni payvandlashda qo‘llaniladigan usullar juda ko‘p (135 dan ortiq) bo‘lishiga qaramay, ularning payvandlanish joylarining holatiga, metallni suyuqlantirish uchun qanday energiyadan foydalanilayotganligiga va protsessning mexanizatsiyalashtirilganlik darajasiga qarab tubandagi asosiy gruppalarga ajratish mumkin: 1. Payvandlanish joylarining holatiga ko‘ra: suyuqlantirib payvandlash; plastik holatga kelguncha qizdirib, bosim ostida payvandlash. 2. Metallarni suyuqlantirish uchun qanday energiyadan foydalanganligiga ko‘ra: a) elektrik; b) ximiyaviy; v) mexanikaviy va boshqa xillarga ajratiladi. 3. Protsessning mexanizatsiyalashtirilganlik darajasiga ko‘ra: a) dastaki; b) yarim avtomatikaviy; v) avtomatikaviy. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling