Texnologik mashinalar va jihozlari


Download 331.49 Kb.
bet3/4
Sana21.04.2023
Hajmi331.49 Kb.
#1370234
1   2   3   4
Bog'liq
Payvandlangan ustunlar va kolonnalarni xisoblash va loyixalash

2. Kesim turlari..
Panjarali konstruksiyalar sterjenlar sistemasidan tashkil topgan bo‘lib, ular tugunlarda biriktiriladi va cho‘zilish yoki siqilish kuchlari bilan yuklanadi. Bunday konstruksiyalar qatoriga fermalar, karkaslar, armatura setkalari, minora konstruksiyalarini kiritish mumkin.
Fermalar xuddi balkalar singari ko‘ndalang egilishga ishlaydi. Bal­kalar konstruksiya shakllari fermalarga nisbatan sodda ko‘rinishga ega bo‘lib, lekin katta prolyotlarda fermalarni qo‘llash iqtisodiy tomondan afzal hisoblanadi.
Vazifasiga ko`ra fermalar tom yopuvchi, kranlar uchun, ko`priklar uchun va boshqa turlarga bo`linuishi mumkin. Ferma sterjinlarini biriktirish payvandlash orqali amalga oshiriladi. Fermalarni mistaxkamlikka xisoblashda u ko`p martalik static aniqlanmagan tizimni xosil qiladi. Ko`plab tajriba sinov natijalari shuni ko`rsatdiki, haqiqiy ferma sterjinlaridagi kuchlar kattaligi jixatidan sharnirli bog`langan uzellarni hisoblaganda aniqlangan kuchlar miqdoriga teng ekanligini ko`rsatdi. Bu esa fermalarni loyixalovchilar uchun uni mustaxkamlikka hisoblash vazifasini ancha osonlashtiradi.
Fermalarni loyixalash samarali ferma tizimini tanlashdan boshlanadi. Ferma tizimini turi uning vazifasidan, konstruksiyaning umumiy shakl shamoyilidan va ishlatish talablaridan kelib chiqib tanlanadi. Ko`p hollarda ferma tizimi tajriba sinov loyihalari asosida, bir necha variantlarni bir biriga solishtirish asosida tanlab olinadi. Variantlar ichidan shunday ferma tanlab olinadiki, u og`irlik jixatidan eng yengi va tayorlanishi jixatidan osonn tayorlanadigan bo`lishi kerak.
Bir necha turdagi fermalarni ko`rib chiqamiz.
Katta kenglikdagi tomlarni yopish uchun mo`ljallangan fermalarda tayanch ustunlari bo`lishi maqsadga muvofiq xisoblanadi. Bu fermalarning panellari d ning uzunligi 1,5 – 3m ni tshkil etadi. Ferma uzunligiga balandligining nisbati esa h/l=1/10 ÷ 1/14 ni tashkil etadi.(1-1 a-rasmda ko`rsatilgan).
Kranlar uchun mo`ljallangan fermalar esa 1-1 b-rasmda ko`rsatilgan. Kran arabachasi yuk bilan harakatlanadigan yuqori panel uzunligi d = 1,5 ÷ 2,5m olinadi, ferma uzunligiga balandligining nisbati esa h/l=1/12 ÷ 1/18 olinadi. Bu munosabatlar fermaning fermaning ixchamligi va bikirligi talablaridan kelib chiqib tanlanadi. h/l qanchalik katta bo`lsa, ferma kuchlar ta`siri ostida shunchalik kam egiladi. Lekin bunda tsexning balandligi shunchalik yuqori bo`lishi talab etiladi.

2.1-rasm. Katta kengliklarga mo`ljallangan fermalar sxemasi.
a) tom yopish uchun mo`ljallangan fermalar; b) kranlar uchun mo`ljallangan fermalar; в) uyqori belbog` paneliga markazlashgan kuch tushuvchi sxema.
Ko`prik fermalarini paneli, kran va tom yopish fermalari panelidan anchagina katta. Ko`prik fermalaridan katta bikirlik talab etiladi. Shuning uchun ulardagi h/l munosabat 1/5 ÷ 1/8 olinadi.
Chizmalarda ko`rsatilgan fermalar tekis shaklda qilib ko`rsatilgan. Haqiqatda esa konstruksiyalar ikkita yoki undan ortiq fermalarninig bir biri bilan boglangan tizimidan iborat. Bularni bog`lamlar deb ataladi. Gorizontal tekislikda joylashgan bog`lamlar - uzunasiga bog`lamalar deb, tik tekislikda joylashgan bog`lamlar – ko`ndalang bog`lamalar deb ataladi. Hozirgi vaqitda mamlakatimizda yopiladigan kengliklarni kattaligiga qarab ularni bir hil tipda bo`lishini ta`minlash uchun katta ishlar olib borilmoqda. Bu esa uz navbatida eng afzaln konstruksiyalardan foydalanish imkoniyatini beradi va ko`plab ishlab chiqarishni tashkil qilishni osonlashtiradi
Fermalar elementlari. Ferma o`zaklaridagi kuchlanishlarni aniqlash. Fermalarning siljishi (egilishi).
Ferma sterjinlaridagi kuch va kuchlanishlarni aniqlash.
Ko`p hollarda kuchlar fermaning sterjinlari bog`langan joyiga yani tugunlarga qo`yilgan bo`ladi. Bu ko`proq tom yopish fermalarida va ko`prik uchun mo`ljallangan fermalarda kuzatiladi. Bu qo`yilgan kuchlarning kattaligi loyixa texnik topshirig`ida ko`rsatilgan bo`ladi. Ferma elementlaridagi ko`ndalang kuchlarni aniqlash uchun qurilish mexanikasining ixtiyoriy analitik, grafo-analitik yoki grafik usullaridan foydalanish mumkin. Hisobiy kuchlar yig`indisini, foydali kuchlarni va o`z og`irligidan hosil bo`luvchi kuchlarni alohida aniqlagan maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Kuchlar ferma tugunlariga emas, panel uzunligi bo`ylab qo`yilgan deb faraz qilsak(1.1. в-rasm); bunda kuchlarni tugunlarga taxsimlab, ferma sterjinlaridagi bo`ylanma kuchlarni aniqlaymiz. Yuklamali panellarda bo`ylanma kuchlardan tasghqari ko`ndalang kuchlar Q va eguvchi moment ham ta`sir ko`rsatadi. Bu ta`sirlarni ferma panelini balka shaklida ko`rib aniqlanadi. Yuklangan panelning ko`ndalang kuch Q va eguvchi moment M ni aniqlash uchun birinchi yaqinlashishda uni bir proletli balka deb qarab, prolyot uzunligini panel uzunligiga teng deb qaraladi. Faraz qilaylik panel markaziy siqilgan P kuchbilan o`rtadan yuklangan. Bu holatda sharnirli tayanchlarga mahkamlangan balkadagi eguvchi moment quyidagi formula bilan aniqlanadi.
M=
Bu erda P – markaziy siqilgan kuch;
d – panel uzunligi.
Panel kesiklarsiz balka ekanligini hisobga olib ko`p hollarda eguvchi momentni quyidagiga teng qilib olishadi.


M=
Hisobiy ko`ndalang kuch quyidagiga teng
Q =


Boylanma kuchlar N, eguvchi momentlar M va ko`ndalang kuchlar Q aniqlangandan so`ng murakkab qarshiliklar fo`rmulasi yordamida elementning mustahkamligi aniqlanadi.
Hisobiy kuchlanish quyidagi formula bilan aniqlanadi ymax
G =± + ≤ [G]p
Bu yerda J – ko`ndalang kesim yuzaninig gorizontal o`qqa nisbatan inertsiya moment;
F – poyas ko`ndalang kesim yuzasi;
ymax – og`irlik markazidan eng chekka qirragacha bo`lgan masofa, bunda bo`ylanma kuch N ning ishorasi va shu qirradagi kuchlanish ishorasi bir hil.
Siqilgan poyaslarda ko`ndalang egilishga ham tekshirib ko`riladi.
G = ≤ [G]p * φ
N – stoykadagi bo`ylanma kuch;
F – poyas ko`ndalang kesim yuzasi;
φ - bo`ylanma egilish koeffitsiyenti, miqdori hamisha < 1.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda kolonnalar yaxlit va ferma konstruksiyasiga ega bo‘lishi mumkin.


Sex kolonnalari kran osti balkasi tayanchlari orqali ko‘prikli kran va tomdan yuklanishlarni qabul qiladi. Bu tayanchlarda normal kuch va eguvchi momentni qiymati katta bo‘lganligi sababli kolonna kesimi o‘zgaruvchan qilib tayyorlanadi. Kolonna pastki qismidagi tayanch pli­tasi orqali yuklanishlarni beton fundamentga uzatadi
Kolonnalarni joylariga o‘rnatishda quyidagi talablar qo‘yiladi:kolonna o‘qi bashmak plitasi tekisligiga perpendikular bo‘lishi; montaj teshiklar ferma tayanch stoliklariga nisbatan to‘g‘ri joylashishi.

NAZORAT SAVOLLARI


1. Fermalar elementlar
2.Ferma o`zaklaridagi kuchlanishlarni aniqlash
3.Fermalarning siljishi
4. Hisobiy kuchlanish
formulalarning ko’rsating


Download 331.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling