Texnologik mashinalar va jihozlari
Download 383.77 Kb.
|
MAXMUDOV AZIZBEK
2.6-rasm. Obechayka chetlariga ishlov berish
Halqa choklarni elektroshlakli payvandlash tirqishga payvandlangan yordamchi plastinada boshlanadi (12.7-rasm,a). Aylana chokni yarmi payvandlangandan so‘ng payvandchi chok boshini kesib olib tashlaydi va qiya ko ‘rinishga keltiradi, bu esa payvand chokni yaxshi to‘lishini ta‘minlaydi. 2.8-rasm. Halqa choklarni elektroshlakli payvandlash sxemasi Qalin devorli idishlarni asosiy choklari bajarilgandan so‘ng payvandlanadigan shtutserlar uchun teshiklarni mexanik usulda kesiladi yoki termik kesish bilan amalga oshiriladi. Shunga o‘xshash ishlar qozonlar barabanlarida va kollektorlarda ko‘p qo‘llaniladi. Shtuser va boshqa detallar miqdorining ko‘pligi ularni payvandlashni avtomatlashtirishni taqozo etadi. Shunday ishlar uchun qo‘llaniladigan maxsus avtomat va yarim avtomatlar payvandlanadigan shtutser yuqori qismi bo‘yicha o‘rnatiladi. Katta o‘lchamdagi qobiqli konstruksiyalarda shtuserlarni biriktirish shakllari turli bo‘lib, shtuser devorini eritib payvandlaydigan va darzlar oldini oladigan ko‘rinishlar qo‘llaniladi (12.8-rasm). 2.9rasm. Shtuser birikmasini konstruktsiyasi: a) payvandlashgacha; b) payvandlangandan so‘ng Qozonlar barabanlari, yuqori bosimdagi idishlar va reaktorlarni tayyorlashda termik ishlov berish katta ahamiyatga ega. Payvandlangan konstruksiya yuqori bo‘shatish, payvand chok strukturasini yaxshilash uchun normallashdan o‘tqaziladi. Termik ishlov berishda 900-1000°C gacha qizdirilgan konstruksiyada idish shaklini buzuvchi deformatsiya hosil bo‘lishi mumkin. Bunday deformatsiyaning oldini olish maqsadida idish ichiga 0,2-0,3 MPa bosim ostida karbonat angidrid gazi haydaladi va zich yopiladi. Bunda idish ichki yuzasida okalina hosil bo‘lishi va shakl buzilishining oldi olinadi va konstruksiya katta pechlarda termik ishlovdan o‘tadi. Agar idishni o‘lchami kattaligi sababidan to ‘laligicha termik ishlov berishni imkoni bo‘lmaganda, ularni mahalliy termik ishlovdan o‘tqaziladi. Bosim ostida ishlaydigan idishlar tashqi o‘lchamlari va ichki bosimi oshishi bilan ularning devor qalinligi ham oshib borib, 200-400 mmni tashkil etadi. Bunday qalinlikka ega obechaykalarni tayyorlash texnologik qiyinchilikka ega bo‘ladi. Shuning uchun bunday idishlar ko‘p qavatli ko‘rinishda tayyorlanadi. Shunday ko‘p qavatli idishlarni tayyorlash usullaridan biri 12.9-rasmda keltirilgan. Qalinligi 20-50 mm bo‘lgan xar xil diametrli obechaykalar bo ‘ylama choklar bilan yig‘iladi va payvandlanadi. Navbatdagi obechayka payvand choki usileniyasi tozalangandan so‘ng kalibrovka qilinadi va keyingi obechayka o‘rnatiladi. Obechayka yuzalari jips bo‘lishi uchun uni 600°C gacha qizdiriladi, bu esa obechaykalar oralig‘i zichligini 95% ga ta‘minlaydi Xulosa
Xulosa qilib aytganda payvandlash jarayoni payvandlanuvchi mеtallga yuqori darajada issiqlik ta`siri bilan ajralib turadi, buning natijasida asosiy mеtall xossalari o`zgaradi, konstruksiyada qoldiq kuchlanish dеformasiyalar paydo bo`lishiga sabab bo`ladi. Payvand birikmalar tеxnologik mustaxkamligi – bu payvand konstruksiyalarni payvandlash jarayonida ularda xosil bo`ladigan dеformasiya, kuchlanish va boshqa ta`sirlarga bardoshliligini bildiradi. Payvand birikmalarni sovish jarayonida ularda darz va yoriqlar paydo bo`lishi mumkin. Darzlar xosil bo`lishi payvandlanuvchi mеtall xossalari, qirralar shakli va o`lchamlari, payvandlash tеxnologiyasiga bog`liq. Darzlar issiq va sovuq turlarga ajratiladi. Issiq darzlar solidus va likvidus nuqtalari oralig`ida xosil bo`ladi. Bu oraliq xaroratli mo`rt oraliq dеb ataladi. Bu oraliqda mеtall plastiklik xossasi 0,1-0,5% ega bo`ladi, bu esa issiq darzlarni xosil bo`lishiga sabab bo`ladi. Issiq darzlar payvand chokda, chok yon atrofidagi zonada, payvand chokiga parallеl va ko`ndalang ravishda xosil bo`ladi. Oltingugurt, uglеrod, krеmniy va vodorod elеmеntlarini mе`yordan ortiq bo`lishi issiq darzlar xosil bo`lishiga olib kеladi, marganеs esa darz xosil bo`lishiga qarshilik ko`rsatadi. Download 383.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling