Texnologik ta`lim prognostikasi fanidan 1-Maruza Mavzu: Texnologiya ta`limini tadqiq qilishning metodologik asoslari predmerining maqsad va vazifalari
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Nizomlari
Download 392.11 Kb.
|
TEXNOLOGIK TA`LIM PROGNOSTIKASI 2022
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Nizomlari
Maxsus imtihon savollari quyidagi yo`nalishda tuziladi: birinchi savol - imtihon topshiruvchi faoliyat ko`rsatayotgan sohada O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyati bo`yicha; ikkinchi savol - O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi va metodologiyasiga imtihon topshiruvchi olib borayotgan ilmiy izlanishlar yoki kasbiy faoliyatining muvofiqligi bo`yicha; uchinchi savol - maxsus fan dasturi bo`yicha erkin savol. Maxsus imtihon natijasi imtihonda ishtirok etayotgan komissiya a`zolarining uchdan ikki qismining ovozi bilan “o`tdi” yoki “o`tmadi” tarzida baholanadi. Ovoz berish ochiq va oshkora amalga oshiriladi. Maxsus imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan talabgorga o`n kun ichida imtihonni muvaffaqiyatli topshirganligini tasdiqlovchi hujjat beriladi. Mazkur hujjat komissiya raisi va tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi va besh yil muddatda amal qiladi. Talabgor tomonidan olib borilayotgan ma`ruza kurslari, ilmiy va o`quv-uslubiy ishlar ilmiy unvon berish so`ralayotgan ixtisoslikka mos bo`lishi lozim. Talabgor nashr ettirgan darsliklar, o`quv qo`llanmalar OTMning ilmiy-uslubiy kengashi hamda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan, boshqa o`quv adabiyotlari esa OTMning ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan pedagogik amaliyotda foydalanishga tavsiya etilgan bo`lishi kerak. Dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga talabgorning dissertatsiya himoyasidan keyin, shuningdek professor ilmiy unvoniga talabgorning dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvonini olgandan keyin nashr ettirgan ilmiy va o`quv-uslubiy ishlari bo`lishi shart. Nashr qilingan ishlar bir marta e`tiborga olinadi. «Oliy ta`lim muassasasining eng yaxshi pedagogi» tan- lovi respublika bosqichi g`olibining faxriy diplomi nashr ishlariga ega bo`lish bo`yicha talablarning bajarilganiga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Nizomlari tenglashtiriladi. Xorijiy davlatlarning oliy attestatsiya organlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo`lmagan shaxslar va O`zbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan chet el fuqarolariga berilgan ilmiy unvonlar haqidagi hujjatlar nostrifikatsiya qilinmaydi. Xorijiy davlatlarda ilmiy unvon olgan shaxslar O`zbekiston Respublikasida mazkur Nizom talablari asosida ilmiy unvon olishlari mumkin. 2-§. OTM mutaxassislariga professor ilmiy unvonini berish Professor ilmiy unvoni umumiy va quyidagi talablarni bajarib,OTMda muvaffaqiyatli faoliyat ko`rsatayotgan mutaxassislarga beriladi: a) fan doktori ilmiy darajasiga ega bo`lgan; b) ilmiy unvonga ega bo`lgan; v) kamida 10 yillik pedagogik va ilmiy, jumladan, OTMda 5 yillik pedagogik ish stajiga ega bo`lgan; g) kamida bir o`quv yili davomida OTMning shtatida kafedra mudiri, professor (vazifasini bajaruvchi), oliy harbiy ta`lim muassasalarida kafedra boshlig`i o`rinbosari yoki kafedra boshlig`i lavozimlarida yoki ushbu lavozimlardan birida bir o`quv yili davomida kamida 0,25 stavka o`quv yuklamasini bajargan holda pedagogik faoliyat olib borayotgan muassasa rektori (direktori, boshlig`i), prorektori (direktor o`rinbosari, boshliq o`rinbosari), ilmiy kotibi, OTMning o`quv-tashkiliy tuzilmasi (fakultet, bo`lim) rahbari lavozimlarining birida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan (lavozimida ijobiy o`zgarish bo`lgan hollarda avvalgi lavozimida ishlash muddati ham e`tiborga olinadi); Har bir ta`lim sohasi bo`yicha nominatsiyalarda 1-o`rinni egallagan “Oliy ta`lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovining respublika bosqichi g`oliblari 3 yil mobaynida mazkur kichik bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan tegishli lavozimda vazifani bajarib turuvchining bir yillik muddatini o`tamasdan professor. Download 392.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling