Texnologik ta`lim prognostikasi fanidan 1-Maruza Mavzu: Texnologiya ta`limini tadqiq qilishning metodologik asoslari predmerining maqsad va vazifalari
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Nizomlari
Download 392.11 Kb.
|
TEXNOLOGIK TA`LIM PROGNOSTIKASI 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-bob. Ilmiy unvon olish uchun qo`yiladigan talablar 1-§. Umumiy talablar
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Nizomlari
Professor, dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy unvonlari ixtisoslik bo`yicha beriladi. Professor ilmiy unvoni oliy ta`lim yoki kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta`lim muassasalari (bundan buyon matnda OTM deb yuritiladi) hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari yoki unga tenglashtirilgan muassasalar va OTMning ilmiy-tadqiqot tuzilmalarida (bundan buyon matnda ITM deb yuritiladi), dotsent ilmiy unvoni OTMda, katta ilmiy xodim ilmiy unvoni ITMda samarali ilmiy-pedagogik va ilmiy faoliyat olib borayotgan, fanning muayyan sohasida chuqur kasbiy bilim hamda o`z sohasida muayyan yutuqlarga erishgan yuksak ma`naviyatli shaxslarga beriladi. Katta ilmiy xodim ilmiy unvoni o`z maqomiga ko`ra, dotsent ilmiy unvoniga tenglashtiriladi. Ilmiy unvon tegishli ilmiy darajaga, magistr darajasi, magistr darajasi joriy etilgunga qadar olingan oliy ma`lumot yoki oliy harbiy ta`lim diplomiga yoki oliy ma`lumotli mutaxassis diplomiga ega bo`lgan yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun) shaxslarga mazkur Nizom talablariga muvofiq OTM kengashlari yoki ITM ilmiy (ilmiy-texnikaviy) kengashlari (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) taqdimnomasiga asosan, OAK Rayosati qarori bilan OAK tomonidan beriladi. Taqdimnoma talabgorning asosiy ish joyidan beriladi. Ilmiy unvon berilgan shaxslarga attestat beriladi. 2-bob. Ilmiy unvon olish uchun qo`yiladigan talablar 1-§. Umumiy talablar Quyidagi umumiy talablarni bajargan shaxslar ilmiy unvonlarga talabgor bo`lishlari mumkin: a) ilmiy loyiha, davlat granti, xo`jalik shart O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Nizomlari nomasi yoki boshqa loyihalar doirasida ilmiy natijalar olgan; b) ma`naviy-ma`rifiy ishlarda samarali ishtirok etayotgan; v) oxirgi 2 yil ichida oliy ta`lim va oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim tizimidagi attestatsiya jarayonida ishtirok etgan (taqrizchi, ilmiy seminar, ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash, malakaviy imtihonlarni qabul qilish komissiyasi a`zosi, rasmiy opponent va shu kabi shakllarda); g) zamonaviy o`qitish usullarini egallagan, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, ma`ruza kurslari va seminarlarni yuqori o`quv-uslubiy va ilmiy saviyada olib borayotgan (OTM mutaxassislari uchun). Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalarida ilmiy unvonlarga talabgorlar Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligi, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish hamda ijtimoiy rivojlanishning ilmiy asoslari va amaliy yo`nalishlari fanidan maxsus imtihon topshiradilar. Maxsus imtihon OAK tomonidan belgilangan muassasalarda o`tkaziladi. Maxsus imtihonni qabul qiladigan muassasada muassasa rahbarining buyrug`i bilan OAK bilan kelishilgan holda ikki yil muddatga maxsus imtihonni qabul qilish komissiyasi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tuziladi. Komissiya ilmiy darajaga ega bo`lgan kamida etti nafar a`zodan iborat bo`ladi. Bunda komissiya a`zolari tarkibining yarmidan ko`pini fan doktori ilmiy darajasiga ega bo`lgan mutaxassislar tashkil qilishi lozim. Komissiya, agar uning ishida komissiya a`zolarining kamida yarmidan ko`pi ishtirok etayotgan bo`lsa, imtihon qabul qilishga haqli hisoblanadi. Maxsus imtihonni qabul qilish sessiya shaklida fevral, may, noyabr va dekabr oylarida belgilangan reja asosida o`tkaziladi. Download 392.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling