Texnologik ta`lim prognostikasi fanidan 1-Maruza Mavzu: Texnologiya ta`limini tadqiq qilishning metodologik asoslari predmerining maqsad va vazifalari
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Nizomlari
Download 392.11 Kb.
|
TEXNOLOGIK TA`LIM PROGNOSTIKASI 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Nizomlari
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Nizomlari
d) salmoqli ilmiy va ilmiy-texnik natijalarga erishgan, jumladan, olgan ilmiy natijalari normativ-huquqiy hujjatlarda (O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiya- si, O`zbekiston Respublikasining qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari yoki vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlarida) tatbiq etilgan; e) ta`lim, fan va amaliyot integratsiyasini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va barkamol avlodni tarbiyalashga salmoqli hissa qo`shgan. 4-§. OTM mutaxassislariga dotsent ilmiy unvonini berish Dotsent ilmiy unvoni umumiy va quyidagi talab- larni bajarib, OTMda muvaffaqiyatli faoliyat ko`rsatayotgan mutaxassislarga beriladi: a) fan doktori yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo`lgan; b) kamida 5 yillik pedagogik va ilmiy, jumladan, OTMda 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo`lgan; v) kamida bir o`quv yili davomida OTMning shtatida kafedra mudiri, professor (vazifasini bajaruvchi), dotsent (vazifasini bajaruvchi) yoki oliy harbiy ta`lim muassasalarida katta o`qituvchi, kafedra boshlig`i o`rinbosari yoki kafedra boshlig`i yoxud ushbu lavozimlarning birida bir o`quv yili davomida kamida 0,25 stavka o`quv yuklamasini bajargan holda pedagogik faoliyat olib borayotgan muassasa rektori (direktori, boshlig`i), prorektori (direktor o`rinbosari, boshliq o`rinbosari), ilmiy kotibi, OTMning o`quv-tashkiliy tuzilmasi (fakultet, bo`lim) rahbari lavozimlarining birida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan (lavozimida ijobiy o`zgarish bo`lgan hollarda avvalgi lavozimida ishlash muddati ham e`tiborga olinadi). O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Nizomlari Har bir ta`lim sohasi bo`yicha nominatsiyalarda 1-o`rinni egallagan “Oliy ta`lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovining respublika bosqichi g`oliblari 3 yil mobaynida mazkur kichik bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan tegishli lavozimda vazifani bajarib turuvchining bir yillik muddatini o`tamasdan dotsent ilmiy unvonini olish uchun OAKga hujjatlarni taqdim etish huquqiga ega; g) dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy jurnallarda kamida 3 ta ilmiy maqola chop ettirgan (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy jurnallarda 5 ta ilmiy maqola, shundan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta maqola chop ettirgan); d) pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan o`quv adabiyotlari, jumladan dissertatsiya himoyasidan keyin OTM o`quv dasturlariga mos keladigan o`quv yoki uslubiy qo`llanma nashr ettirgan, shuningdek tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun qo`shimcha ravishda 1 ta monografiya nashr ettirgan; j) mutaxassislik kafedrasida ishlayotgan talabgor kamida 2 nafar magistratura talabasi yoki 4 nafar bakalavriatura ta`lim yo`nalishining bitiruvchi talabasiga (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun 5 nafar magistratura talabasiga) ilmiy rahbarlik qilgan yoki davlat stipendiya- lari tanlovlari yoxud xalqaro yoki respublika tanlovlari yoki musobaqalarining g`oliblari yoki jamoa (jamoalari) ni tayyorlagan. Dotsent ilmiy unvoni istisno tariqasida, mazkur Nizomning umumiy va quyidagi talablarni bajargan ilmiy darajaga ega bo`lmagan yuqori malakali mutaxassislarga (madaniyat va san`at nazariyasi hamda tarixi bo`yicha mutaxassislar bundan mustasno) berilishi mumkin: a) tegishli oliy ma`lumotga ega bo`lgan; b) kamida 5 yillik pedagogik va ilmiy, jumladan OTM- da 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo`lgan; v) mazkur Nizom 19-bandining «v» kichik bandi talabini bajargan; g) ilmiy-tadqiqot, ijodiy ishlari bo`lgan, jumladan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Nizomlari OAKning doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro`yxatidagi ilmiy jurnallarda kamida 3 ta ilmiy maqola chop ettirgan (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun mazkur ro`yxatdagi ilmiy jurnallarda kamida 5 ta ilmiy maqola, shundan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta maqola chop ettirgan); d) pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan o`quv adabiyotlari, jumladan ta`lim turlarining birida foydalanilayotgan 1 ta darslik (hammualliflikda bo`lgan taqdirda 2 ta) (madaniyat, san`at, arxitektura, sport va jismoniy tarbiya yo`nalishlari bundan mustasno) hamda yakka mualliflikda 1 ta o`quv qo`llanma nashr ettirgan (o`quv qo`llanma bo`lmaganda belgilangan me`yordan tashqari nashr ettirilgan darslik ham o`quv qo`llanma sifatida qabul qilinishi mumkin), shuningdek tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun qo`shimcha ravishda 1 ta monografiya chop ettirgan; e) mutaxassislik kafedrasida ishlayotgan talabgor kamida 4 nafar bakalavriatura ta`lim yo`nalishining bitiruvchi talabasiga ilmiy rahbarlik qilgan yoki davlat stipendiyalari tanlovlari yoxud xalqaro yoki respublika olimpiadalari yoki tanlovlari g`oliblarini yoki jamoa (jamoalari)ni tayyorlagan. 5-§. ITM mutaxassislariga katta ilmiy xodim ilmiy unvonini berish Katta ilmiy xodim ilmiy unvoni umumiy va quyidagi talablarni bajargan mutaxassislarga beriladi: a) fan doktori yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo`lgan; b) kamida 5 yillik ilmiy va pedagogik, jumladan ITMda 3 yillik (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun 5 yillik) ilmiy ish stajiga ega bo`lgan; v) kamida bir yil (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun 3 yil) davomida ITMning shtatida davlat granti rahbari, ilmiy-tashkiliy tuzilma rahbari, bosh ilmiy xodim, etakchi ilmiy xodim, katta ilmiy xodim lavozimlaridan birida ishlab kelayotgan yoki ushbu lavozimlarda kamida 0,25 Download 392.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling