Texnologik ta`lim prognostikasi fanidan 1-Maruza Mavzu: Texnologiya ta`limini tadqiq qilishning metodologik asoslari predmerining maqsad va vazifalari


O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Nizomlari


Download 392.11 Kb.
bet37/69
Sana09.01.2023
Hajmi392.11 Kb.
#1085049
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   69
Bog'liq
TEXNOLOGIK TA`LIM PROGNOSTIKASI 2022

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Nizomlari
stavka ilmiy faoliyat olib borib, ITM rahbari, rahbar o`rinbosari, ilmiy kotibi lavozimlaridan birida muvaf­faqiyatli ishlayotgan (lavozimida ijobiy o`zgarish bo`lgan hollarda avvalgi lavozimida ishlash muddati ham e`tibor­ga olinadi);
g) dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumla­dan ilmiy jurnallarda kamida 3 ta ilmiy maqola, shundan nufuzli xorijiy ilmiy jurnalda ilmiy maqola chop et­tirgan (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun 1 ta monogra­fiya va kamida 5 ta ilmiy maqola, shundan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta ilmiy maqola chop ettirgan).
Ilmiy darajasiz shaxslarga katta ilmiy xodim ilmiy unvoni berilmaydi.
6-§. O`rindoshlik asosida ishlayotgan mutaxassislarga ilmiy unvonlar berish
Ilmiy unvonlar mazkur bobning 2-5-paragrafla­rida nazarda tutilgan tegishli lavozimlarda kamida 0,25 stavka o`rindoshlik yoki 240 soatdan kam bo`lmagan mehnatga soatbay haq to`lash asosida ishla­yotgan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarning yuqori malakali mutaxassislariga mazkur bobning 1-5-pa­ragraflarida belgilangan talablarga rioya qilingan hol­da beriladi. Mazkur qoida asosiy ish joyi OTM va ITMda bo`lgan mutaxassislarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Taqdimnoma talabgorning o`rindoshlik asosida ishlayotgan ish joyidan beriladi.
3-bob. Ilmiy unvonga taqdim etish
Ilmiy unvonga taqdim etish bo`yicha masala quyi­dagi hollarda Kengashga kiritiladi:
dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy unvonlari­ga - talabgorga ilmiy daraja berish to`g`risidagi qaror tas­diqlangan yoki talabgorning ilmiy daraja olgani to`g`risi­dagi diplomi nostrifikatsiya qilingan kundan e`tiboran kamida 1 yil o`tgach;


O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Nizomlari
professor ilmiy unvoniga - talabgor dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvonini olgan kundan e`tiboran ka­mida 1 yil o`tgach.
Talabgorning hujjatlari Kengashga u faoliyat olib borayotgan muassasaning tegishli tuzilmasi tomonidan ko`rib chiqish uchun taqdim etiladi.
Talabgorning hujjatlari Kengash tomonidan 2 oy ichida, mazkur Nizom 2-bobining 1-5-para­graflari talablariga asosan ko`rib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi. Ko`rib chiqish muddatini hisoblashda iyul-avgust oylari hisobga olinmaydi.
Ilmiy unvonga taqdim etish to`g`risidagi Kengash qarori yashirin ovoz berish yo`li bilan qabul qi­linadi.
Kengash majlisi unda Kengash a`zolarining kamida uch­dan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisob- lanadi. Kengashning ilmiy unvonga taqdim etish to`g`risi­dagi qarori majlisda ishtirok etgan Kengash a`zolari­ning kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bersagina qabul qilingan hisoblanadi.
Talabgorning attestatsiya ishi mazkur Nizomning ilovasidagi ro`yxat bo`yicha Kengash tomonidan ilmiy unvonga taqdim etish to`g`risidagi qaror qabul qilingan kundan e`tiboran 10 kun ichida OAKga yubo­riladi.
«Jilning eng yaxshi darsligi va o`quv adabiyoti muallifi» tanlovida g`olib chiqqan darslik yoki o`quv adabiyoti muallifiga ilmiy unvon berish masalasi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi­ning 2001 yil 6 iyuldagi 290-son «Jilning eng yaxshi dars­ligi va o`quv adabiyoti muallifi» tanlovi g`oliblariga il­miy daraja va ilmiy unvon berish to`g`risida»gi qaroriga asosan ko`rib chiqiladi.

Download 392.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling