Texnologik ta`lim prognostikasi fanidan 1-Maruza Mavzu: Texnologiya ta`limini tadqiq qilishning metodologik asoslari predmerining maqsad va vazifalari


O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Nizomlari


Download 392.11 Kb.
bet38/69
Sana09.01.2023
Hajmi392.11 Kb.
#1085049
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   69
Bog'liq
TEXNOLOGIK TA`LIM PROGNOSTIKASI 2022

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Nizomlari
4-bob. Attestatsiya ishini OAKda ko`rib chiqish
Attestatsiya ishi OAK tomonidan 3 oy ichida ko`rib chiqiladi. Ko`rib chiqish muddatini hisoblashda iyul-avgust oylari hisobga olinmaydi.
Kengash tomonidan taqdim etilgan attestatsiya ishi OAKda ro`yxatga olinadi va etti kun ichida normativ-texnik ekspertizadan, uning natijasi ijobiy bo`lgan taqdirda, ilmiy ekspertizadan o`tkazilib, yakuniy qaror qabul qilinadi. Ekspertiza jarayonida OAK­ning tegishli ekspert kengashi tomonidan attestatsiya ishi­ning mazmun-mohiyati va uning mazkur Nizom talablariga muvofiqligi ilmiy ekspertizadan o`tkaziladi.
Normativ-texnik ekspertizadan o`tkazish jarayo­nida attestatsiya ishida mazkur Nizom talablari­ga rioya qilinmaganlik holatlari aniqlansa, OAK Tartib-qoida komissiyasi qarori bilan attestatsiya ishini ko`rib chiqish to`xtatiladi va attestatsiya ishi rasmiy xat bilan tegishli Kengashga qaytarib yuboriladi. Kengash to­monidan tegishli kamchiliklar bartaraf etilganidan so`ng, attestatsiya ishi qaytadan rasmiylashtirilib, kuzatuv xati orqali OAKga qayta taqdim etiladi.
Attestatsiya ishi normativ-texnik ekspertiza­dan o`tkazilganidan keyin uni OAKning tegishli ekspert kengashi ko`rib chiqadi. OAK Rayosati OAK­ning tegishli ekspert kengashi xulosasiga asosan, ilmiy unvon berish yoki ilmiy unvon berishni rad qilish to`g`ri­sida yakuniy qaror qabul qiladi.
Talabgor attestatsiya ishini ko`rib chiqish jarayonining har qanday bosqichida, Kengashda yashirin ovoz berish o`tkazilgunga, OAKda OAK Rayosatining yakuniy qarori qabul qilingunga qadar ishni muhokamadan olishga haqlidir. Attestatsiya ishi talabgorning yozma arizasiga asosan, OAKda muhokamadan olinganida, bu haqda OAK Rayosati tomonidan tegishli qaror qabul qilinishi lozim.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Nizomlari
5-bob. Ilmiy unvonga qayta taqdim etish
OAKda ko`rib chiqilgan va ilmiy unvon berish rad qilingan yoki ko`rish jarayoni to`xtatilgan attes- tatsiya ishi Kengash tomonidan quyidagi muddat­larda OAKga qayta taqdim etilishi mumkin:
OAK Rayosatining ilmiy unvon berishni rad qilish to`g`risidagi qarori qabul qilingan kundan e`tiboran ka­mida bir yil o`tgach;
OAK Rayosatining qarori yuzasidan berilgan apellyatsiya bo`yicha rad javobini berish to`g`risidagi qaror qabul qi­lingan kundan e`tiboran kamida uch yil o`tgach;
talabgorning arizasiga asosan muhokamadan olinib, ko`rishdan to`xtatilgan attestatsiya ishi bo`yicha tegishli kamchiliklar bartaraf etilgandan so`ng.
Kengash tomonidan ilmiy unvonga qayta taqdim etilganda mazkur Nizom talablari bajarilgan hamda talabgor yangi o`quv-uslubiy/ilmiy ishlar nashr ettirgan bo`lishi shart.
6-bob. Attestatlarni rasmiylashtirish va berish
OAK Rayosatining ilmiy unvon berish to`g`risi­dagi qarori qabul qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi va 1 oy muddatda attestat rasmiy­lashtiriladi.
Attestat yo`qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taq­dirda, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvo­fiq, OAK tomonidan uning dublikati beriladi.
Ilmiy unvon berilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi o`zgargan taqdirda, uning talabi asosida attestat yangisiga almashtirib beriladi.

Download 392.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling