Texnologik ta`lim prognostikasi fanidan 1-Maruza Mavzu: Texnologiya ta`limini tadqiq qilishning metodologik asoslari predmerining maqsad va vazifalari


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati


Download 392.11 Kb.
bet26/69
Sana09.01.2023
Hajmi392.11 Kb.
#1085049
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   69
Bog'liq
TEXNOLOGIK TA`LIM PROGNOSTIKASI 2022

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.

1.Tulenov j.T. Filosofskie problema nauki.T., 2001y


2.Izzetova E,D.A.Po`latova. Filosofiya i metodologiya nauki.T., 2013y
3.Saifnazarov I, Qosimov V. “Ilmiy ijod metodologiyasi” dan ma`ruzalar matni.T., 2004y
4. Shermuhammedova N.Falsafa va fan metodologiyasi. T., 2005
5. Shermuxammedova N. «Filosofiya i metodologiya nauki»T., 2003y
6.Saifnazarov I.Metodologiya nauchnogo tvorchestva.T., 2004y
7.Z.Davronov.Ilmiy ijod metologiyasi.T., 2006y

TEXNOLOGIK TA`LIM PROGNOSTIKASI FANIDAN


7-Maruza
Mavzu:Ilmiy pedagogik tadqiqorlarni amalga oshirishga oid yo`riqnoma va nizomlar.
Maqsadli reja:
1.Ilmiy pedagogik tadqiqorlarni amalga oshirishga oid yo`riqnoma va nizomlar.
2. Ilmiy tadqiqot samaradorligini, erishilgan natijaning haqqoniyligini aniqlashning o‘ziga xos mezonlari.
3. Tadqiqot obyekti va predmeti uning dolzarbligi.
4. Nazariyaning amaliyot bilan bog`liqligiga e`tibor qaratish.


Tayanch so’z va iboralar: Pedagogik ilmiy-tadqiqot mezonlarining o‘ziga xosliklarini quyidagi tadqiqot misolida ko‘rib chiqamiz.T adqiqot mavzusi: Umumta’lim maktabi o‘quvchilarida tarixiy tafakkumi modernizatsiyalashgan ta’minot vositasida rivojlantirish.



Ilmiy tadqiqot samaradorligini, erishilgan natijaning haqqoniyligini aniqlashning o‘ziga xos mezonlari mavjud. Ilmiy haqiqatga erishish uchun muayyan ilmiy mezonlar qo`llaniladi. Ilmiy tadqiqotning barcha belgilari o‘zaro bog‘liq tarzda namoyon bo‘ladi. Faqat tizimli tarzda,o‘zining bir butunligida ular ilmiy haqiqatni ro‘yobga chiqara oladi. Ana shu jihati bilan ilmiy haqiqat kundalik bilish haqiqatidan yoxud, boshqa bilish shakllaridan farq qiladi.


Pedagogik ilmiy-tadqiqot mezonlarining o‘ziga xosliklarini quyidagi tadqiqot misolida ko‘rib chiqamiz.T adqiqot mavzusi: Umumta’lim maktabi o‘quvchilarida tarixiy tafakkumi modernizatsiyalashgan ta’minot vositasida rivojlantirish.
Boshlang'ich sinf o‘quvchilarida tarixiy tafakkurni rivojlantirish samaradorligini baholashda quyidagi mezonlarga asoslanildi:

  1. Motivatsion-kognitiv: tarixiy voqealarni bilishga qiziqish va ehtiyoj; tarixiy tushuncha va atamalarni o‘zlashtirish;

  2. tarixiy voqealar mazmunini anglash;tarixiy voqelikni idrok etish;

  3. II. Ijodiy: tarixiy voqelikka ijodiy yondashish;

  4. mantiqiy-analitik fikrlash; voqealarning sabablarini mustaqil tahlil etish, voqealarga o‘zining shaxsiy munosabatini bildirish;

Faoliyatli: tarixiy voqealarni og‘zaki, yozma va amaliy tarzda ko‘rsatib berish;


mustaqil qaror qabul qilish, boshqa nuqtai nazarlarni qabul qilish va o‘z fikrini asoslash va o‘zgartirish kiritish.
Modernizatsiyalashgan didaktik ta’minot vositasida « 0 ‘qish»,«Odobnoma» fanlari hamda «Tarix alifbosi» va «Tarix olamiga sayohat» qo‘shimcha kurslari o‘qitilib bo‘linganidan so‘ng, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim va ko‘nikmalarini tashxis etish maqsadida fasilitatsion ta’lim strategiyalari qo‘llanildi. Nazorat va tajriba sinflari o‘quvchilariga sinovni o‘tkazishdan avval qo‘llaniladigan fasilitatsion ta’lim strategiyalari haqida ma’lumot berilib, bajarish tartiblari ko‘rsatildi.
Fasilitatsion ta’lim strategiyalari asosida bajarilgan topshiriqlar quyidagi mezonlar asosida tekshirildi: I. Tarixiy voqea sodir bo‘lgan davrga doir: tarixiy voqea sodir bo'lgan vaqt, vaqt o'lchov birliklari (asr, yil, oy); voqelikni sodir bo'lish vaqti bilan bog‘liqlikda uni ketma-ketligi va davomiyligi haqida tushunchaga ega bo‘lish; Vatanimiz va jahonda yuz bergan voqealarni vaqt nuqtai nazaridan taqqoslash; tarixiy davr nuqtai nazaridan voqelikni baholash. II. Tarixiy voqea sodir bolgan makonga doir: tarixiy voqea sodir bo‘lgan joyning nomini, uning hozirda qanday atalishini bilish; voqeani rnazkur hududda sodir bolish sabablarini anglash; voqeaning Vatanimiz tarixi bilan aloqadorligini baholash.Tarixiy voqea bilan bog‘liq dalillarga doir: voqeaning sodir bolishi sabablarini izohlash; voqeada ishtirok etgan shaxslar haqida ma’lumotga ega boiish; voqeaning ahamiyatini baholash.
Mazkur mezonlar asosida o‘quvchilarda tarixiy tafakkuming rivojlanganlik holatini aniqlash quyidagi darajalar asosida tahlil etildi:
yuqori -o‘quvchi tarixiy voqea sodir bo‘lgan vaqt, voqelikni sodir bo‘üsh vaqti bilan bogiiqlikda uni ketma-ketligi va davomiyligi haqida aniq tushunchaga ega;
Vatanimiz va jahonda yuz bergan voqealarni vaqt nuqtai nazaridan taqqoslay oladi; tarixiy voqea sodir boigan joyning nomi, voqeani mazkur hududda sodir bo‘lishi sabablarini tushuntirib bera oladi;
voqeaning Vatanimiz tarixi bilan aloqadorligini baholay oladi; voqeaning sodir boiish sabablari, voqeada ishtirok etgan shaxslar haqida to iiq ma’lumotga ega; voqeaning ahamiyatini to iiq baholay oladi;
o‘rta - o‘quvchi tarixiy voqea sodir bolgan vaqt, voqelikni sodir boiish vaqti bilan bog‘liqiikda uning ketma-ketligi va davomiyligi haqida tushunchaga ega; Vatanimiz va jahonda yuz bergan voqealarni vaqt nuqtai nazaridan taqqoslay oladi;
tarixiy voqea sodir bolgan joyning nomi, voqeani mazkur hududda sodir bolishi sabablarini izohlaydi; voqeaning sodir boiish sabablari, voqeada ishtirok etgan shaxslar haqida ma’lumotga ega; voqeaning ahamiyatini baholay oladi; quyi - o‘quvchi tarixiy voqea sodir bo'lgan vaqt haqida tushunchaga ega;
tarixiy voqea sodir bo'lgan joyning nomini biladi;
voqeada ishtirok etgan shaxslar haqida ma’lumotga ega, biroq voqelikning yuzaga
kelish sabablari va uning ahamiyatini tushuntirib berishda qiynaladi.
Ilmiy tadqiqotning natijasi, samaradorligi, uni tashkil etishga,izchilligiga bog`liq. Mantiqiy izchillik pedagogik tadqiqot ishining tarkibiy qismlarini uzviyligi o‘zaro bog‘liqligidadir. Ular quyidagilardan iborat:
1. Tadqiqot obyekti va predmeti uning dolzarbligi;
2. Tadqiqot maqsadi fan taraqqiyotida tutgan o ‘rni, ta’lim-tarbiya nazariyasini takomillashtirish, mavzu bo‘yicha yangi konsepsiya yaratish, amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
3. Tadqiqotning muayyan maqsadi, predmeti, ilmiy muammodan kelib chiqadigan vazifalar;
4. Tadqiqoning konseptual asosi, nazariy qoidalari, tadqiqotning etakchi g‘oyasi. Tadqiqotchining ilmiy yo‘nalishi, dastlabki konsepsiyasi unga fanning taraqqiyotida maqsad va vazifalami aniqlash imkoniyati;
5. Tadqiqot natijasida fanning taraqqiyoti haqida ilmiy faraz. Ilmiy faraz o‘ziga xos dastlabki fikriy tadqiqot, ilmiy faoliyatga yo‘llovchi maqsad, motiv;
6. Ilmiy farazni amalda sinab ko‘ruvchi ishonchli tajriba, natijaga erishadigan tadqiqot metodika;
7. Ishlab chiqilgan tadqiqot metodikasi asosidaolinadigan ilmiy dalillar, ilmiy tadqiqotning asosiy tarkibiy qismi, tadqiqot natijasida pedagogik nazariya va amaliyotni rivojlanishi darajalarini aniqlash;
8. Ilmiy konsepsiyani ishlab chiqish, asosiy natijalarni alohida ko‘rsatish, g‘oyalar, xulosalarni ilmiy ifodalash;
9. Olingan natijalarni amalda qoMlash tadqiqotning muhim bosqichi.
Aniq metodik tavsiyalar ishlab chiqish, pedagogik qo‘llanmalar yaratish, keng pedagogik ommaga umumlashtirish. Har bir pedagog izlanishi ana shunday ilmiy tadqiqot bosqichlariga amal qilishi, har bir bosqich uzviy bir-biri bilan bogiiqligi fanning talabidir. Ilmiy tadqiqotning har bir bosqichini o‘ziga xos prinsiplari mavjud. Ilmiy tadqiqot boshlavchi ana shu xususiyatlami hisobga olishi tadqiqotchilik madaniyatini egallashi zarur. Yuqoridagi talablardan tashqari har bir ilmiy tadqiqot vazifasi muayyan ijtimoiy tarixiy shartsharoitni hisobga oigan holda tajriba-sinov o‘tkaziladi. Shuningdek,tadqiqotchi ilmiy izlanish vazifasining murakkabligi, mazmuni va metodik imkoniyatlarini hisobga oJadi.
Tadqiqot jarayonida u yoki bu bosqichda, faraz kutilmagan kamchilikka uchrashi mumkin. Ana shu kamchiliklarni tuzatish tadqiqotda to‘g‘ri yo‘l tanlash, maqsadga erishish uchun tadqiqotchidan shijoat talab etiladi. Har qanday omadsiz urinish ilmiy izlanishni qulay yo‘lini, muhimi, ustivor bosh g ‘oyani topish, butun muammoni yechimini aniqlaydigan metodikani yaratish. Tadqiqot boshlovchi qoidaga asosan yangi tizim yaratishga urinadi. 0 ‘zida yangiJikka intilish hissini, ko‘nikmasini shakllantirish, yangi konsepsiyalar rivojidan xabardor bo‘lish tadqiqotchilik qudratini oshiradi.
Muntazam yangi adabiyotni o‘rganib borish, konspektlash,ayniqsa, avtoreferat va maqolalami tahlil qilish, tadqiqot metodikasini takomillashtirish, ijodiy fikrlash, yangi g‘oyalar ilgari surish pedagogi tadqiqot izchilligini ta’minlaydi.
Pedagogik tadqiqotlami tashkil etish va o‘tkazish bosqichlarini quyidagi tadqiqot misolida ko‘rib chiqamiz. Tadqiqot mavzusi: Pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarining ma’naviy madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarinin takomillashtirish.
Tajriba-sinov ishlarini muayyan tartibda va dastur asosida tashkil etilishi ushbu jarayonning samaradorligini ta’minladi. Tajriba-sinov ishlari dasturida talabalaming ma’naviy madaniyatini rivojlan-ganligini tashxis etish mezonlari, ko'rsatkichlari hamda diagnostik vositalari aniqlashtirish
3. Umumlashtiruvchi bosqich. Maqsad - barcha o'tkazilgan tajriba-sinov ishiarining yakunini chiqarish. Tahliliy bosqichda tajribasinov ishlari va olingan natijalar tahlil etildi. Izohli bosqich asosida tashkil etilgan tajriba-sinov ishlariga doir tavsiyalar ishlab chiqildi.
Muammoni tadqiq etishga yo‘naltirilgan amaliy faoliyat bir necha bosqichda amalga oshirildi. Dastlab amalga oshirilishi zarur boigan maqsad va vazifalaming mohiyatiga tayangan holda tajriba-sinov ishiarining umumiy davri va bosqichlari belgiiandi. Bosqichlarning belgilanishida quyidagi tamoyillar ustuvor bo‘ldi:
1. Har bir bosqichda aniq maqsad va vazifalaming amalga oshirilishiga erishish.
l.Bosqichlar o ‘rtasida o‘zaro mantiqiy bog'liqlik hamda uzviylikning mavjud bo‘lishini ta’minlash.Muammoga doir manbalar mazmunini nazariy jihatdan tahlil etish hamda respondent-talaba va professor-o‘qituvchilaming faoliyatini bevosita va bilvosita kuzatish, ular ishtirokida suhbatiar tashkil etish asosida auditoriyadan tashqari ishlar jarayonida talabalarning ma'naviyatini rivojlantirishda quyidagi omillar muhim ahamiyat kasb etishi taxmin qilindi, tajriba-sinov ishlari jarayonida esa ushbu farazning to‘g‘riligi tasdiqlandi:
Obyektiv omillar:
milliy qadriyatlar hamda milliy istiqlol g'oyasi asoslariga tayanilib yaratilgan o‘quv manbalari (darsliklar,o‘quv va metodik qo!llanmalar, risolalar, ma’ruza matnlari, ko‘rsatmali qurollar, metodik ishlanmalar);
xalqning boy o ‘tmishi, madaniy merosi xususida ma'lumot bera olish imkoniyatiga ega bo'lgan yozma manba, badiiy, san’at, ilmiy, ilmiy-ommabop asarlar;
me’moriy yodgorliklar, tarixiy qadamjolar;
milliy qadriyatlar va ulaming mazmunida ilgari surilgan yuksak insoniy g‘oyalar;
ilm-fan, texnika, texnologiya, madaniyat, shu jumladan, sport sohalarida erishilayotgan yutuqlar, yaratilayotgan kashfiyotlar;
yurt tabiati, uning o ‘ziga xosliklari.
Subyektiv omillar:
Vatan ozodligi va ravnaqi yo‘lida jonini fido qilgan xalq qahramonlarining shaxsi, faoliyatlarming mazmuni vayorqin xotiraiari;
ijtimoiy ishlab chiqarish sohalarining turli yo‘nalishlarida faoliyat olib borayotgan ishlab chiqarish ilg‘orlari, ilm-fan, texnika, texnologiya, madaniyat, shu jumladan, sport sohalarida yutuqlarga erishgan shaxslar va ulartomonidan amalga oshirilgan faoliyat mazmuni;
talabalarning ma’naviyatini rivojlantirishga katta hissa qo‘shayotgan, o ‘zining ma’naviy qiyofasi bilan ularga o'rnak bo‘layotgan pedagog-xodimlar;
ibratli oilalar va ularning a’zolari;
namunali mahallalarda istiqomat qiladigan keksa kishilar va ularning hayotiy tajribalari;
xalq hurmatiga sazovor boMgan davlat arboblarining shaxsi va ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar;
o ‘z Vatanidan uzoqda yashayotgan insonlarning taqdiri va ularning hayot yo‘llari xususida ma’lumot beruvchi hikoyalar.Talabalarning ma’naviy madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan amaliy faoliyatning quyidagi tamoyillar ustuvorligi asosida tashkil etilishiga alohida e ’tibor berildi:

  1. Talabalarning ma’naviy madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy zaruriyat sifatida e ’tirof etilganligi.

2. Tajriba-sinov ishlarini o ‘tkazilishidan ko‘zlangan maqsadning aniqligi.
3. Asosiy maqsad doirasida tajriba-sinov ishlarining har bir bosqichida amalga oshirilishi zarur bo`lgan vazifalarning aniq belgilanishi, ya’ni, xususiy maqsadlaming aniqlanganligi.
4. Tajriba-sinov ishlarining puxta asoslangan loyiha asosida yo`lga qo‘yilishi.
5. Talabalarning ma’naviy madaniyatini rivojlantirishni ta’min etuvchi shart sharoitning mavjudligi.
ó. Oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiyaviy jarayonlaming milliy qadriyatlar hamda milliy istiqlol g‘oyasi asoslari bilan boyitilganligi.
7. Oliy ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglarning ma’naviy qiyofasi va ularning kasbiy mahorati darajasining inobatga olinganligi.
8. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining ma’naviy madaniyatini rivojlantirish jarayonining izchil, uzviy, tizimli va maqsadga muvofiq tashkil etilganligi.
9. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining ma’naviy madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatning dinamik xususiyat kasb etishi.
10. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etishda talabalarning shaxsiy imkoniyatlarini erkin namoyish eta olish huquqiga egaliklari.
Tajriba-sinov ishlari so‘ngida tadqiqotga doir empirik materiaUarni umumlashtirish asosida pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarining ma’naviy madaniyatini rivojlanganlik darajasini aniqlashga doir to'rt (bilish-axboriy, qadriyatli-motivatsion, ijtimoiy-psixologik va faoliyatni tashkil etishga doir) guruh mezonlar bo‘yicha yakuniy holati hosil qilindi.

Oliy o`quv yurtlarida talaba-magistrlarni ilmiy tadqiqot ishlariga yunaltirish maqsadli, ma`lum reja asosida tizimlashtirilgan holda amalga oshiriladigan jarayondir.


Oliy o`quv yurtlarining kafedralari qoshida tashkil etiladigan uyush malar ( “Yosh olimlar” kengashi, “Esh olimlar” maktabi, kichik ilmiy maktab lar, ilmiy tugaraklar kabi) uz tarkibiga uzluksiz ta`lim tizimi buyicha maktab o`quvchilari, akademik litsey va oliy ta`lim talaba-magistrlarini biriktirishi mumkin. Bunday uyushmalarni tugaraklardan afzalligi shundaki, unda mashg`ulotlar noan`anaviy tarzda: bahs-munozara, didaktik va rolli uyinlar hamda no an`anaviy tarbiya darslari kurinishida amalga oshiriladi. Bu erda o`quvchi va talaba hamda magistrga uzaro munosabatga kirisha olish hamda ularda ilmiy- ijodiy qobiliyatlarini namoyon eta olishlari uchun tuliq shart-sharoit hamda erkinlik yaratib berilgan.
Talaba-magistrlarning ilmiy tadqiqotchilik faoliyatiga kirishish qobiliyatlari bilimdonlik,ilmiy dunyoqarashga egalik, o`zini erkin tutishi,o`z fikriga egalik,notiqlik, kasb sirlari va uning o`ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilish, muloqot madaniyatiga amal qilish, o`z his siyotini boshqara olish, muayyan vaziyatga kirisha olish, chet tilini yaxshi bilish kabilar hisoblanadi. Talaba-magistrlarning ilmiy tadqiqotchilik faoliyatiga kirishish qobiliyatlarini usib borish dinamikasini ta`min etuvchi omillarga- qushimcha darslar, tugarak ishlari, mustaqil ravishda bajariladigan ishlar, pedagogik amaliyotlar, noan`anaviy darslar, tadbir lar (uchrashuvlar, bahs- munozaralar, turli xil uyinlar), adabiyotlar bilan ishlash, tadqiqot ishlarida faol qatnashish (bitiruv- malakaviy ishlari, ilmiy maqola va risolalar tayyorlash) va boshqalar kiradi.
O`qituvchi va talaba-magistlarning ilmiy tadqiqotchilik faoliyatiga kirishish qobiliyatlari kursatkichi unta bir-biri bilan bog`liq bulgan eng muhim sifatlarda umumlashadi.
Shuni alohida ta`kidlash joyizki, talaba-magistrlar ilmiy tadqiqot chilik faoliyatini tashkil etishga ijobiy ta`sir kursatuvchi omillar sifa tida tadqiqot ishi doirasida amalga oshirilgan kuzatishlar hamda talaba-magistrlar orasida utkazilgan surovnomalar tahliliga kura quyidagilar aniqlandi: Talaba-magistrlar orasida ilmiy tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etishga ta`sir kursatuvchi ijobiy omillarga - tadqiqotchining mutaxassislik fanlariga oid bilim va ilmiy dunyoqarashi yuqori darajada ekanligi, tadqiqot mavzusining tug`ri va aniq tanlanishi, tadqiqot muammo sining tadqiqotchi tomonidan tug`ri belgilab olinishi, tadqiqot ishida metodologik asosning tadqiqotchi tomonidan aniq belgilanishi, tadqiqot maqsad va vazifalarining tug`ri quyilishi, tadqiqot metodlarining tug`ri tanlanganligi, ishning etarlicha ilmiy asoolanganligi, tadqiqot ishining ilmiy asosda uzviylik, tizimlilik va izchillikka rioya etilganligi, tadqi qot ishining jamiyat taraqqiyoti uchun ahamiyatliligi, tadqiqot ishining ja miyat taraqqiyoti uchun ahamiyatliligi, ilmiy muhitning ijobiy ta`sir eti shi, ilmiy rahbarning tadqiqotchiga tug`ri ilmiy yunalish berishi, ilmiy rahbar madaniyat darajasining yuqoriligi, ijtimoiy muhitning ijobiy ta`sir etishi, ta`lim jarayonida ilmiy tadqiqot ishlariga yunaltirish faoliyatining muntazam va maqsadli reja asosida olib borilishi, Oliy ta` lim tizimida ilmiy-ijodiy ishlarga quyilgan talablarga ma`muriyat tomonidan katiy e`tibor berilishi, oliy o`quv yurtida (rektorat, dekanat, kafedralar) rahbariyat tomonidan ilmiy tadqiqot ishlariga talabalarni jalb etishga ta`lim jarayonining bir qismi sifatida alohida e`tibor beri lishi, ITI jalb etilishida (rektorat, dekanat, kafedralar) rahbariyat tomo nidan maktab, o`rta maxsus ta`lim va OUYu larni uzviy bog`liqligi ta`min lashga xizmat qiluvchi ilmiy uyushmalar faoliyatini faollashtirish, gurux rahbarlarining talabalarni ilmiy-ijodiy ishlarga jalb etishiga oid bi lim va tajribasini ng mavjudligi (maqsadli, reja asosida amalga oshiri lishi), fan o`qituvchilarining talabalarni ilmiy-ijodiy ishlarga jalb etishga oid bilim va tajribaga ega ekanligi, oliy o`quv yurti (rektorat, deka nat, kafedralar) ilmiy-ijodiy uyushma larning ish rejasi bajarilishini ng nazorat qilinishi va talaba faoliyatining ajralmas bir qismi sifatida qaralishi kabilar kiradi.
Amalga oshirgan kuzatishlarimiz natijasida shu narsa ayon buldiki, haligacha talaba-magistrlarni ilmiy tadqiqot faoliyat ishlariga yunaltirishda bir qator kamchiliklar mavjud. Bundan tashqari yana bir qancha sabablar borki, bular bevosita tadqiqot ishini boshlagandan keyin namoyon buladigan holatlardir.
Talaba-magistrlarning tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etishga mone lik kiluvchi omillarga salbiy omillar, talaba-magistrlar bilim darajasi ning pastligi, tadqiqot muamosining notug`ri belgilanishi, metodologik asosning noaniqligi, maqsad va vazi falarning notug`ri quyilishi, tadqiqot mavzusining etarlicha ilmiy asoslanmaganligi, ilmiy asosda uzviylik, ti zimlilik va izchillikka rioya qilinmaganligi, ilmiy muhit ning salbiy ta` sir etishi, ilmiy rahbarning notug`ri yunalish berishi, ijtimoiy muhit ning salbiy ta`siri, ta`lim jarayonida ilmiy tadqiqot ishlariga yunalti rishga etarli e`tibor berilmasligi, oliy ta`lim tizimida ilmiy-ijodiy ishlarga quyilgan talablarga ma`muriyat tomonidan e`tibor berilmasligi, oliy o`quv yurtida rahbariyat tomonidan ilmiy tadqiqot ishlariga talaba-magistrlarni jalb etishga yuzaki qaralishi, ilmiy tadqiqot ishiga talaba -magistrlarni jalb etishda ilmiy uyushmalar faoliyatining sustligi, guruh rahbarlarining talaba-magistrlarni ilmiy ijodiy ishlarga jalb etishga oid bilim va tajribasining etishmasligi, fan o`qituvchilarining talaba-magistrlarni ilmiy-ijodiy ishlarga jalb etishga oid bilim va tajriba larining kamligi, oliy o`quv yurti ilmiy-ijodiy uyushmalarining ish reja si bajarilishida yuzakilikka yul quyilishi kabilarni kiritishimiz mum kin.
Yuqorida keltirilgan ma`lumotlarning tahlillari natijasida shunday xulosalarga kelish mumkin.
2. Ilmiy tadqiqot ishlarida bilim saviyasini ahamiyati.
Talaba-magistrlar bilim darajasining pastligi haqiqattan ham il miy tadqiqot ishlarini samarali tashkil etishga jiddiy ta`sir kursatuvchi omil hisoblanadi. Chunki etarli bilim darajasiga ega bulmagan talaba-ma gistr qanday muammo ustida ish olib borilayotganligini anglab etishi mush kul. Shu sababli talaba-magistrlarning ilmiy tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etishda albatta, ularning o`quv fanlari buyicha bilim darajalari yuqori bulishini ta`minlash katta ahamiyatga ega va bunga erishish talabini shart qilib quyish maqsadga muvofiq buladi.
Magistrlar uzlarining ilmiy tadqiqotchilik faoliyatlari natijalarining dastlabki kurinishlari sifatida quyidagi ilmiy va metodik materiallarni tayyorlaydilar:
1. Tezis
2. Maqola
3. Mustaqil ish
4. Referat
5. Kurs ishi
6.Bitiruv malakaviy ish
7. Magistrlik ishi
8. Uslubiy yoki ilmiy kursatma (ilmiy rahbar hamkorligida)
9. O`quv-uslubiy yoki ilmiy- uslubiy kursatma (ilmiy rahbar hamkor ligida)
10. O`quv- uslubiy yoki ilmiy- uslubiy qullanma (ilmiy rahbar hamkor ligida)
11. Dars ishlanmasi(YaPT asosida)
12. Ijodiy amaliy ish.
13. Rezyume.
14. Annotatsiya.
15. Ilmiy insho.
16. Ilmiy tahlil (analiz, sintez).
17. Ilmiy yoki uslubiy ma`ruza.
18. Ilmiy loyiha(jumladan, konstruktiv qurilmalar).
19. Ilmiy yoki uslubiy taqdimot(prezentatsiya).
Uzbekiston Respublikasi Oliy va urta maxsus ta`lim vazirligining «Ta`lim sifatini oshirishga karatilgan Innovatsiyalar tug`risida»gi 2003 yil 14 may 115-sonli buyrug`ida bugungi kun talablari asosida ta`lim sifati va samaradorligini takomillashtirish masalasiga yangicha yondashish, kundalik rejadagi bajariladigan ishlar bilan cheklanib qolmasdan, balki ta`lim jarayoniga interfaol metodlarni tatbiq etish, uzluksiz uslubiy xizmatni yulga quyish, bu yunalishda pedagogik va psixologik tashxis ishlarini olib borish, o`quv kurslarini bevosita hayot talablariga moslashtirish hamda ularni masala va topshiriklar bilan boyitish, uslubiy tavsiyalar va kursatmalarni tayyorlash, mavzu buyicha talaba-magistrlar tuplagan ma`lumotlarni uzaro muhokamadan utkazish, bildirilgan tanqidiy va mustaqil fikrlarni taxlil qilish, ularni umumlashtirish va tug`rilarini qullab-quvvatlash hamda yangi yullanmalar berish asosida bulajak mutaxassislarni ijodiy va ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etishda fan asoslari buyicha, jumladan, pedagogika fanidan tayyorlanadigan kurs ishlari alohida ahamiyatga ega. Chunki talaba-magistr bulajak o`qituvchi sifatida ta`lim va tarbiya rivojiga oid o`quv-metodik hamda ilmiy adabiyotlar bilan mustaqil ishlash, izlanish olib borish asosida yangi bilim, kunikma va malakalarga ega buladi.
3. Tadqiqotchilarni intellektual jihati.
Ilmiy-ijodkorlik - o`qituvchi ilmiy haqiqatlar, yangiliklarga asoslanib ish kuradigan mutaxassis. Oliy maktab talaba-magistrlarni ijodkorlikka, yaratuvchanlikka, ya`ni olamga faqat sog`lom istikbolli nigoh bilan qaray olishga urgatishi kerak. O`qituvchining ijodkorligi o`quvchi ning ijodiy fikrlash qobiliyatini ustirish, badiiy va estetik didini tarkib toptirish, sog`lom ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, og`izaki va yozma nutq mahoratini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mashg`ulotlarni tashkil qilishda uziga xoslik, boshqalarga uxshamaslik, metodik kashfiyot qilish har bir o`qituv chining tabiiy ehtiyojiga aylangandagina darslarning samaradorligi yanada yuqori bula di.
Tashkilotchilik. O`qituvchi tashkilotchilik sifatiga xam ega bulishi kerakki, busiz u uz atrofida jipslashgan ukuvchilar jamoasini dustona mustahkam jamoa etib shakllan tira olmaydi. Bir butun jamoani bir joyga jamlab, tartib va intizomga tayanadigan talabalar jamoasiga aylantirish, ularda ilmiy tadqiqotchilik kunikmalarini shakllan tirish, shaxslik si fatlarini qaror toptirish oliy ukuv yurti o`qituvchisidan sermashaqat, zaxmatli mehnat talab qiladi. Talaba-magistr shaxsiy fikr-muloxazalarini jamoa bilan baham kurishga intilishi, boshqalar fikrini eshitishga odat lanishi, uz muloha zalarini asosli ifodalashga urganishi ilmiy tadqiqot samaradorligini keskin oshi radi. Agar talaba-magistr jamoadan qochsa, yolg`izlikka odatlansa, dustlaridan uzoklashsa, darsda va turli tadbirlarda faol qatnashmasa, guruxda bor- yukligi sezilmasa, bu o`qituvchida ijtimoiy-tashkilotchilik faoliyatining etarlicha rivojlanmaganligidan dalolatdir. Talaba-magistrlar dustona jamoaga birlashgan joyda darslar qiziqarli, mazmunli tashkil qilinadi. Talaba-m agistrlarni uziga jalb eta olmagan, uzining fazilatlari, mahorati, bilimdonligi bilan ularga namuna bula olmaydigan o`qituvchi tashkilotchilik qila olmaydi va talaba-magistrlarni ilmiy faoliyatga yunaltira olmaydi. Chunki bun day o`qituvchilarga talaba-magistrlar ergashmaydilar va unga havas qilmaydilar. Ustoz bolalarni sevadigan, ulardan vaqtini, bilimini ayamaydigan, ularga intilgan, teng dosh-dustiga aylangandagina talabalar jamoasini birlashtira olishi mumkin. Pedagog maho ratining muhim kursatkichlaridan biri o`quvchilar kalbiga kirib borish va ular urta sida mustahkam jamoa yaratishdan iborat. Talaba- magistrlar faoliyatining muhim qir ralaridan biri esa, ularning tadqiqotchiligidir. Talaba-magistrlar oliy maktabda ilmiy maqolalar, referatlar, diplom ishlari yozish, ilmiy anjumanlarga ishtirok etish, ilmiy tahlilni amalga oshirishga qaratilgan mashg`ulotlar mobaynida tadqiqotchilik jihatlarini mustahkamlab boradilar.
Ilmiy tadkikotchilik. Talaba-magistrlarning bu intellektual jihati mashg`ulotlarga tayyorlanish va ilmiy izlanishlari jarayonida namoyon buladi. Ilmiy tadqiqotchilik talaba-magistrning puxta va aniq ilmiy qarashlarga egaligi, fikriy mustaqilligini ta`minlash bilan birga uziga xos ta`lim-tarbiyaviy imkoniyatlarga ham ega. Oliy maktabni bitirgan aksariyat yosh pedagog-mutaxassislarda uchraydigan bir xil xususiyat shundan iboratki, ularda ilmiy, ijodiy, tadqiqotchilik faoliyati sezilmaydi. Dars larning sifati va samaradorligi o`qituvchining izlanuvchanligi, tadqiqotchiligi, ilmiy, ijodiy faoliyatining doimiyligi va uzluksizligi bilan bog`liq. Bundan tashqari, o`qituvchi oliy maktabda uzlashtirgan barcha nazariy bilimlari, pedagogika va psixolo giyaga oid olgan ma`lumotlarini amaliy faoliyat jarayonida qullay olish malakasini egallashi lozim.
Nazariyaning amaliyot bilan bog`liqligiga e`tibor qaratish. O`qituvchining pedagogik amaliyotchilik faoliyati tadqiqotchilik faoliyatiga birmuncha yaqin. Chunki o`qituvchi ilmiy izlanishlar jarayonida olgan nazariya va metodikaga oid bilimlarini amalda qul lashga xarakat kiladi. O`qituvchi dan yangi bilimlarini o`quvchilar ongiga etkazish uchun pedagogik amaliyotchi lik xususiyati talab etiladi. O`qituvchi uzining bor iqtidori, bilimi va ma lakasini amaliyotda namoyon qiladi. Amaliyot davomida uning kasbiy maho rati sayqal topadi. O`qituvchi darsning yangi shakllari, noan`anaviy usulla rini tajribada sinab kuruvchi vazifasini bajaradi. Uz amaliyotida bugun ning talablariga javob bera oladigan usullardan foydalanadi. Muvaffa qiyat qozongan, o`quvchilar faolligini oshi radigan, ijodiy fikrlashga urgatadigan, tarbiyaviy ta`sir darajasi yukori bulgan shakllardan foyda lanishga harakat qiladi. O`qituvchi mashg`ulot uchun zarur axborot, ma`lumot va ashyolarni tuplaydi hamda ularni qanday qilib qaysi shaklda o`quvchilarga etkazish yullarini oldindan belgilab oladi. O`qituvchi pedagogik amaliyot chiligi va tarbiyaviy vazifani bajarishi zarurligini aslo unutmasligi zarur. Chunki o`qituvchi uz mashg`ulotlarida bilim beruvchigina emas, avvalo, shu bilimlar asosida talabalarni tarbiyalashni kuzda tuggan tarbiyaning natijalarini shogirdi hatti-harakati, faoliyatida namoyon bulishini kuzatadigan amaliyotchidir.Pedagogik amaliyotchilik o`quv materialini tanlash va yaxlit tizimga keltirish, tadqiqot davomida o`quvchi va uzining faoliyati yunalishini belgilash, mashg`ulot uchun nimalardan foydalanish, xulosalarda qanday badiiy matn larni keltirish yoki tahlillash kerakligini ham belgilab beradi. Demak, o`qituvchining pedagogik amaliyot chiligi doimo rivojlanib, uzgarib boruvchi hodisadir.



Download 392.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling