Texnologik ta`lim prognostikasi fanidan 1-Maruza Mavzu: Texnologiya ta`limini tadqiq qilishning metodologik asoslari predmerining maqsad va vazifalari


Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 392.11 Kb.
bet42/69
Sana09.01.2023
Hajmi392.11 Kb.
#1085049
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   69
Bog'liq
TEXNOLOGIK TA`LIM PROGNOSTIKASI 2022

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar.
1.Ilmiy unvonlar berish tartibini qanday tartibda belgilangan?
2. ilmiy unvon olishga qanday talablar qo`yilgan?
3. OTM mutaxassislariga beriladigan professor ilmiy unvoniga qanday talablar qo`yiladi?
4. ITM mutaxassislariga professor ilmiy unvonini berishga qanday talablar qo`yiladi?
5. OTM mutaxassislariga dotsent ilmiy unvonini berishga qanday talablar qo`yilgan?
6. ITM mutaxassislariga katta ilmiy xodim ilmiy unvonini berishga qanday talablar qo`yiladi?
7. O`rindoshlik asosida ishlayotgan mutaxassislarga ilmiy unvonlar berishga qanday talablar qo`yiladi?

TEXNOLOGIK TA`LIM PROGNOSTIKASI FANIDAN




10-Maruza
Mavzu:Ilmiy nashrlar turlari.Ta`limy o`nalishida monografiyalar,ilmiy risolalar,ilmiy maqolalar.
Maqsadli reja:
1. Ilmiy tadqiqot ishlarini nashrlarni zaruriyati haqida.
2. Monografiya, dissertatsiya va avtorefarat
3. Ilmiy uslubiy nashlar.
Tayanch so’z va iboralar: Ilmiy nashrlar turlari.Ta`limy o`nalishida monografiyalar,ilmiy risolalar,ilmiy maqolalar.



1. Ilmiy tadqiqot ishlarini nashri qilish zaruriyati haqida.
Ta'lim-tarbiya buyicha ilmiy tadqiqot ishlarini mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o'tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo'nalishlari shu faoliyatda ko'zda tutilgan maqsadlarni to'liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, ya'ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi hozirgi vaqtda ta'lim-tarbiya sohasida ham ta'lim texnologiyalariga amal qilish va shu buyicha ilmiy uslubiy tadqiqotlar olib boorish boshlandi.
Vaqt o'tishi bilan pedagogik texnologiyalarni qo'llash darajasi kengayib borishi natijasida mazmuni ham tegishlicha o'zgarib bordi. 1979 yilda AQShning pedagogik texnologiyalar va kommunikasiyalar assosiasiyasi pedagogik texnologiyalar ma'nosi to'g'risidagi bahs-munozaralarga yakun yasab, ularning rasmiy ta'rifini e'lon qildi: “Pedagogik texnologiya odamlarning g'oyalarni, bilimlarni o'zlashtirishi, ta'lim olishni rejalashtirish, ta'minlash, baholash va boshqarish faoliyatini tashkil etish vositalarini o'z ichiga qamrab olgan majmuaviy integrativ jarayondir”10.
Yuqorida keltirilganlardan xulosa shuki, pedagogik texnologiyalarning asosiy tushunchasi, o'quv jarayoniga majmua sifatida yondashishdir. «Bunda ta'lim-tarbiya ishtirok etuvchi barcha narsa va hodisalar o'zaro funksional bog'liqlikda bo'lib, bir butunlikni, ya'ni majmuani tashkil qiladi. Pedagogik jarayon majmuining muayyan bir vaqt mobaynida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi pedagogik texnologiya deyiladi»11.
Fan-texnikani yuksak taraqqiyoti tufayli texnologiya tushunchasi ham takomillashib va mazmunan chuqurlashib borgan. Patent, lisenziyalar sotiladigan va sotib olinadigan bo'lgach, texnologiya deganda tayyor mahsulot olish, xom ashyo va materiallarga ishlov berish usullari, bajariladigan ishlarning ketma-ketligi va qanday tarzda bajarilishi haqidagi hujjat ham tushuniladigan bo'ldi. Masalan, sanoatda ishlab chiqariladigan mahsulot, aytaylik detali loyihalaganda qanday materialdan tayyorlanadi, shakli qanday bo'ladi, buning uchun standart belgilari, chizmalarga ulardagi o'lchamlarni aniqlash va boshqa talablar aks ettiriladi. Fan-texnika taraqqiyoti “Texnologiya”ni fan sifatida ham o'rganishni va ilmiy uslubiy tadqiqotlar olib borishni ob'ektiv zururiyat qilib qo'ydi. Buni o’z navbatida ilmiy uslubiy nashrlarda e’lon qilinib kelinishi ilmiy tadqiqotlarni bahs munozaralarni kekb, chiqishiga sabab bo’layapdi.
Oliy maktab o'qituvchisining innovasion faoliyati oliy maktab pedagogikasining bosh muammolaridan biri bo’lib, u buyicha ilmiy uslubiy tadqiqotlar olib boorish, tadqiqotlar natijalarini ilmiy uslubiy nashrlarda e’lon qilib borish zaruriyatga aylandi.
Innovasiya (inglizcha innovation) – yangilik kiritish, yangilikdir. A.I.Prigojin innovastiya deganda, muayyan ijtimoiy birlikka - tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga yangi, nisbatan turg'un unsurlarni kiritib boruvchi maqsadga muvofiq o'zgarishlarni tushunadi. Bu innovator faoliyatidir.
Tadqiqotchilar innovasion jarayonlar tarkibiy qismlarini o'rganishning ikki yondashuvini ajratadilar: yangilikning individual mikrosathi va alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o'zaro ta'sirini mikrosathi.
Birinchi yondashuvda, hayotga joriy etilgan qandaydir yangi g'oya yoritiladi.
Ikkinchi yondashuvda, alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o'zaro ta'siri, ularning birligi, raqobati va natijada birining o'rnini ikkinchisi egallashidir. Bu konsepsiya yangilik kiritishga nisbatan o'lchanadigan jarayon ekanligidan kelib chiqadi.
Shuni aytib utish kerakki, yangilik kiritishga bo’lgan urinishlar va ilmiy tadqiqotlarni jadal rivojlanishida, ularni tadqiqotchilar bilan tanishtirishda ilmiy nashrlarni urni muhim hisoblanadi. Ilmiy uslubiy adabiyotlarda innovasiya jarayonning sxemasi berib boriladi.
Yangilik kirtish ham ichki mantiq ham vaqtga nisbatan qonuniy rivojlangan va uning atrof-muhitga o'zaro ta'sirini ifodalaydigan dinamik tizimdir.
Pedagogik innovasiyada R.N.Yusufbekova innovasion jarayon tuzilmasining uch blokini farqlaydi:
Birinchi blok - pedagogikadagi yangini ajratish bloki. Bunga pedagogikadagi yangi, pedagogik yangilikning tasnifi, yangini yaratish shart-sharoiti, yangilikning me'yorlari, uni o'zlashtirish va foydalanishga tayyorligi, an'ana va novatorlik, pedagogikadagi yangini yaratish bosqichlari kiradi.
Ikkinchi blok - yangini idrok qilish, o'zlashtirish va baholash bloki: pedagogik hamjamiyatlar, yangini baholash va uni o'zlashtirish jarayonlarining rang-barangligi, pedagogikadagi konservatorlik va novatorlik, innovasiya muhiti, pedagogik jamiyatlarning yangini idrok etish va baholashga tayyorligi.
Uchinchi blok – yangidan foydalanish va uni joriy etish bloki, ya'ni yangini tadbiq etish, foydalanish va keng joriy etish qonuniyatlari va turlaridir.
Yuqoridagi yangilikli o’zgarishlardek, fan olamidagi ilmiy tadqiqot ishlarini natijalarini ilmiy anjumanlarda ilmiy ishga oid ilmiy ma’ruzalar o’qishi bilan, ilmiy anjumanlardagi ilmiy maqolalar tuplamida, mintaqaviy, respublika va xalqaro miqyosidagi ilmiy uslubiy jurnallarda e’lon qilinadi. Aytilgan nashrlarda ilmiy ma’ruza va maqolalar chop qildiriladi. Shuningdek, mamlakatimizda umum o’rta ta’lim muammolarini e’lon qilishga muljallangan “Xalq ta’limi”, kasb hunar kollejlarida uzluksiz ta’lim muaammolariga oid ilmiy uslubiy tadqiqot natijalari e’lon qilishga muljallangan “Uzluksiz ta’lim”, oily ta’lim muammolariga bag’ishlangan “Ta’lim,Fan va innovatsiya”, kabi ilmiy uslubiy jurnallar faoliyat kursatishmoqda. Bundan tashqari “Maktab va hayot”, “Ta’lim texnologiyalari”, “Kasb hunar ta’limi” boshqa ilmiy uslubiy jurnallar faoliyat kursatishmoqda.
Barcha ilmiy ishlar ilmiy tadqiqot ishlariga oid bo’lib, ular monografiyalar, darsliklar, ilmiy risolalar, ilmiy maqolalar, ilmiy ma`ruza tezislari, o’quv qullanmalar, uslubiy tavsiyanomalar, tavsiya va kursatmalar hisoblanadi. Ularni mazmun mohiyati haqida birma-bir ta’rif berishga harakat qilamiz.
2. Monografiya, dissertatsiya va avtorefarat

Download 392.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling