Texnologik ta`lim prognostikasi fanidan 1-Maruza Mavzu: Texnologiya ta`limini tadqiq qilishning metodologik asoslari predmerining maqsad va vazifalari


Download 392.11 Kb.
bet44/69
Sana09.01.2023
Hajmi392.11 Kb.
#1085049
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   69
Bog'liq
TEXNOLOGIK TA`LIM PROGNOSTIKASI 2022

Dissertatsiya – jarayon, hodisa, harakat, predmetlarni mazmun mohiyati va shaklini yzngilash va o’zgartitishga qaratilgan oddiy va ixcham texnologiyali, unimli va yuqori sifatga intiladigan qaralayotgan muammolarning dolzarbligi, echimi, natijasi va yakuniy xulosaga ega bo’lgan, ilmiy texnikaviy rejalarda qayd qilingan, ilmiy va asosli ravishda tuzilgan rejalar buyicha amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlarni yoritishga muljallab tayyorlangan ilmiy asar hisoblanadi. Dissertatsiyada ilmiy yunalish sohasi, mutaxassislikni ilmiy shifri, bajarilgan oily va ilmiy tekshirish muassalari, tadqiqotni sinab kurilgan tashkiloti, tadqiqotga ilmiy uslubiy jiatidan ishonch bildiradigan 2yoki 3ta rasmiy opponentlar, dissertatsiya himoya vaqti va himoya qiladigan ilmiy uslubiy tashkilotlar kursatiladi.
Avtorefarat - Dissertatsiyaning umumiy maszminini, tadqiqotda olingan mav zuni dolzarbligi, echimi, natijasi va yakuniy xulosasi, tadqiqot dissertatsining bar cha boblarida amalga oshirilgan ishlar ni qisqacha ma’lumoti, tadqiqot ishini nati jasi buyicha umumiy xulosalar va boshqa uslubiy kursatgichlarni yoritadigan dis sertatsiyaning kichraytirilgan va kichik(40betgacha)hajmda tayyorlangan ilmiy asar hisoblanadi.
3. Ilmiy uslubiy nashlar.
Darslik – tayyorlanishi kerak bo’lgan fan uchun ruxsat berilgan o’quv dasturi asosida o’rganuvchilarga o’qitilishga muljallangan, dars materiali va manbalarini didaktik talab ketma-ketligida joylashtirib, tayyorlangan asar hisoblanadi.
Darslikni tayyorlanishi va chop etirilishini oily ta’lim muassalari uchun darslik tayyorlash misolida qoyidagi tartibda amalga oshirilishini qarab chiqaviz. Darslik tegishli talablar va o’quv dasturlari asosida tayyorlanib, darslik tayyorlangan fan kafedrasida taqrizlar bilan muhokama qilinadi. Namunaviy o’quv dasturi asosida tayyorlangan darslikka ikkita taqriz olinilishi kerak. Taqrizlarning biri yozilgan darslik fani qaysi kafedrada bo’lsa, usha kafedrani bir a’zosidan bir ichki taqriz, darslik yozilgan fanning istalgan mutaxassisidan bir tashqi taqriz olinadi. Muho kamagacha kafedraning a’zolari ham darslik bilan tanishishlari mumkin. Muhoka mada vaqtida taqrizchilar, darslik bilan tanishgan kafedra a’zolari darslikni kam chilik va o’rganuvchilar uchun ijobiy ahamiyatlari haqida fikrlar va uslubiy tav siyalar berishadi. Agar darslik ijobiy tomondan ma’qullansa, darslikni chop qilish haqida kafedra qaror qilishadi. Asosiy muhokama asosan kafedrada bo’ladi. Muho kamada darslik muvafaqiyatli utishi yoki qayta ishlashuchun qaytarilishi mumkin. Darslikni nashrga tavsiya qilish haqidagi kafedra qarori va taqrizlari bilan fakultet ilmiy kengashiga taqdim qilinadi va muhokama qilinadi. Darslikni nashrga tavsiya qilish haqidagi kafedra va fakultet yig’lishlari qarorlari va taqrizlari bilan institut ilmiy kengashiga muhokama uchun taqdimi qilinadi. Institut ilmiy kengash muho kamasidan muvafaqiyatli utgan darslik institut kengashini nashga tavsiya qilingan va Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Muvofiqlashtiruvchi ken gash”ga taqdim qilingani haqidagi qarorlari bilan Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Muvofiqlashtiruvchi ken gash”iga taqdim qilinadi. Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Muvofiqlashtiruvchi kengash”ida muho kama qilish uchun mutaxassis ekspertlsarga beriladi. Mutaxassis ekspertlar dars likni barcha talablari asosida kurib chiqishib, nashrga berish yoki bermaslik buiyicha xulosaviy taqrizlar beradilar. Agar mutaxassis ekspertlar tomonidan darslik ijobiy baholanib, nashrga ruxsat berilsa, unda darslik ruxsat beruvchi mualliflik guvohnomasi bilan darslik chop etishga tula ruxsat beriladi. Aksincha bo’lsa, darslik qayta ishlashga qaytariladi.

Download 392.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling