Texnologik ta`lim prognostikasi fanidan 1-Maruza Mavzu: Texnologiya ta`limini tadqiq qilishning metodologik asoslari predmerining maqsad va vazifalari


Download 392.11 Kb.
bet45/69
Sana09.01.2023
Hajmi392.11 Kb.
#1085049
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   69
Bog'liq
TEXNOLOGIK TA`LIM PROGNOSTIKASI 2022

O’quv qullanma - tayyorlanishi kerak bo’lgan fan uchun o’quv dasturi asosida o’rganuvchilarga dars materiali va manbalarini qanday va qaysi uslublarda o’qitish, dars materiali va manbalarini qanday va qay vaqtda qaysi didaktik talab ketma-ketligida bayon qilinishi tavsiya qilinib, tayyorlangan asardir.
O’quv qullanmani tayyorlanishi va chop etirilishini oily ta’lim muassalari uchun o’quv qullanma tayyorlash misolida qoyidagi tartibda amalga oshirilishini keltiramiz. O’quv qullanma tegishli talablar va o’quv dasturlari asosida tayyor lanadi. Shuni aytib utish joizki, o’quv qullanmani tayyorlashda o’qitish va urgatish mohiyatiga kura, o’quv dasturidan chetga chiqish mumkin. Aniq fan uchun tayyorlangan o’quv qullanma fan qaysi kafedrada bo’lsa, usha kafedrada taqrizlar bilan muhokama qilinadi. Tayyorlangan o’quv qullanmaga ikkita taqriz olinilishi kerak. Taqrizlarning biri yozilgan tayyorlangan o’quv qullanma fani qaysi kafedrada bo’lsa, usha kafedrani bir a’zosidan bir ichki taqriz, tayyorlangan o’quv qullanma yozilgan fanning istalgan mutaxassisidan bir tashqi taqriz olinadi. Muhokamagacha kafedraning a’zolari ham tayyorlangan o’quv qullanma bilan tanishishlari mumkin. Muhokamada vaqtida taqrizchilar, tayyorlangan o’quv qullanma bilan tanishgan kafedra a’zolari tayyorlangan o’quv qullanmani kamchi lik va o’rganuvchilar uchun ijobiy ahamiyatlari haqida fikrlar va uslubiy tav siya lar berishadi. Agar tayyorlangan o’quv qullanma ijobiy tomondan ma’qullansa, tayyorlangan o’quv qullanmani chop qilish haqida kafedra qaror qilishadi. Asosiy muhokama asosan kafedrada bo’ladi. Muhokamada tayyorlangan o’quv qullanma muvafaqiyatli utishi yoki qayta ishlashuchun qaytarilishi mumkin. Tayyorlangan o’quv qullanmani nashrga tavsiya qilish haqidagi kafedra qarori va taqrizlari bilan fakultet ilmiy kengashiga taqdim qilinadi va muhokama qilinadi. Tayyorlangan o’quv qullanmani nashrga tavsiya qilish haqidagi kafedra va fakultet yig’lishlari qarorlari va taqrizlari bilan institut ilmiy kengashiga muhokama uchun taqdimi qilinadi. Institut ilmiy kengash muhokamasidan muvafaqiyatli utgan tayyorlangan o’quv qullanma institut kengashini nashga tavsiya qilingan va Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Muvofiqlashtiruvchi ken gash”ga taqdim qilingani haqidagi qarorlari bilan Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Muvofiqlashtiruvchi ken gash”iga taqdim qilinadi. Tayyorlangan o’quv qullanma Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Muvofiqlashtiruvchi kengash” da muhokama qilish uchun mutaxassis ekspertlsarga beriladi. Mutaxassis ekspertlar tayyorlangan o’quv qullanmani barcha talablari asosida kurib chiqishib, nashrga berish yoki bermaslik buiyicha xulosaviy taqrizlar beradilar. Agar mutaxassis ekspertlar tomonidan tayyorlangan o’quv qullanma ijobiy baholanib, nashrga ruxsat berilsa, unda tayyorlangan o’quv qullanma ruxsat beruvchi mualliflik guvohnomasi bilan tayyorlangan o’quv qullanma chop etishga tula ruxsat beriladi. Aksincha bo’lsa, tayyorlangan o’quv qullanma qayta ishlashga qaytariladi.

Download 392.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling