Texnologiy
Download 3.9 Mb.
|
4-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- M as h i n a
- 1.1 2- r as m . M o t o r - r e d u k t o r
Reduktorlar - alohida agregat ko‗rinishida tayyorlangan, doimiy uzatish soniga ega, burchak tezlik va burovchi momentni o‗zgartirish uchun mo‗ljallangan mexanizmlardir. Agar reduktorda uzatish sonini bir necha tezlikni olish mumkin qilib o‗zgartirish imkoni bo‗lsa, bunday mexanizm uzatmalar qutisi deyiladi. Qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishida tezlikni o‗zgartirish zaruriyati, dvigatel tirsakli vali aylanish tezligi qishloq xo‗jalik mashina va qurollari tezliklaridan katta ekanligi bilan bog‗liq. Tezlikning kamayishi bilan burovchi moment ortadi va u mashina ishchi organlariga uzatiladi.
Mashina deb energiya, material yoki ma‘lumotlarni o‗zgartirish uchun aniq yo‗naltirilgan harakatlarni bajaruvchi bir qancha mexanizmlar birikmasiga aytiladi. Umumiy holda har bir mashina uch qismdan tuzilgan bo‗ladi: dvigatel - mexanik energiya manbai; uzatish mexanizmi - energiya (harakat)ni dvigateldan ishchi organga uzatadi; ish bajaruvchi mashina yoki qurilma o‗zining ishchi organlari yordamida foydali ish bajaradi. Mashinalar asosiy vazifasiga ko‗ra uch turga bo‗linadi: energetik, ishchi, informatsion. 1.12-rasm. Motor-reduktor: 1-elektr dvigateli; 2-reduktor; 3 va 4-tishli shesternyalar jufti. 1.5. Mashina, agregat, qurilma to„g„risida tayanch tushunchalar Energetik mashinalar turli energeyani mexanik energiyaga o‗zgartirish uchun xizmat qiladi. Bunday mashinalarga elektr dvigateli, ichki yonuv dvigateli, turbina, bug‗ mashinalari va boshqalar kiradi. Ishchi mashinalar texnologik va transport mashinalariga bo‗linadi. Texnologik mashinalarda material sifatida ishlov beriluvchi predmet (mehnat obyekti) tushuniladi va u qattiq, suyuq va gaz holatida bo‗lishi mumkin. Bunday mashinalarda materialning shakli, xossasi va holati o‗zgartiriladi. Texnologik mashinalarga metallga ishlov beruvchi stanoklar, kombaynlar, to‗quv stanoklari va boshqalar kiradi. Transport mashinalari materiali sifatida ko‗chiriluvchi predmet tushuniladi va uning faqat holati o‗zgartiriladi. Transport mashinalariga avtomobillar, teplovozlar, samolyotlar, vertolyotlar, yuk ko‗targichlar, transportyorlar va boshqalar kiradi. Informatsion mashinalar ma‘lumotlarni qayta o‗zgartirish uchun mo‗ljallangan. Sanoq yoki hisoblash mashinalari sonlar ko‗rinishida tasvirlangan ma‘lumotlarni beradi (arifmometr, mexanik integrator va boshq.). Elektron hisoblash mashinalari aslida mashina emas, chunki unda mexanik harakatlar faqat yordamchi operatsiyalarni bajarish uchun xizmat qiladi. Mashina-avtomat yoki avtomatda energiya, materiallar, informatsiyalardagi barcha o‗zgarishlar odamning ishtirokisiz bajariladi. O‗zaro ketma-ket bog‗langan va aniq texnologik jarayonni bajarishga mo‗ljallangan mashina-avtomatlar majmui avtomatik liniyani tashkil qiladi. Mashina va ayniqsa mashina-avtomat to‗g‗ri qo‗llanilganda inson mehnatini yengillashtiradi, ish unumini oshiradi va ish jarayonining yuqori sifatda bajarilishini taminlaydi. Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling