Texnologiy
Download 3.9 Mb.
|
4-мавзу
1.2. Qishloq xo„jaligida ishlatiladigan energiya turlari va energetik vositalar
Qishloq xo‗jaligida ishlatiladigan energiya turlari va texnika vositalari qishloq xo‗jalik energetikasining tarkibiy qismi bo‗lib, o‗z navbatida turli holdagi energetik resurslardan va bu energiya manbalaridan energiya olish uchun ishlatiladigan texnika vositalaridan iborat. Xalq xo‗jaligida birlamchi tabiiy energiya manbalaridan texnik vositalar yordamida mexanik, issiqlik, elektr energiyalari ishlab chiqariladi va bu turdagi energiya vositalari qishloq xo‗jaligidagi asosiy energiya manbalari bo‗lib xizmat qiladi. Qishloq xo‗jaligida ichki yonuv dvigateli va elektr dvigateli asosiy energetika vositalari bo‗lib qolmoqda. Qishloq xo‗jaligida mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirishda ishlatiladigan texnika vositalari shu turdagi energetika vositalari yordamida ishlatiladi. Qishloq xo‗jaligida ishlatiladigan barcha texnika vositalari ko‗chma, harakati cheklangan va turg‗un holatda ishlaydigan turlarga bo‗linadi. Ko‗chma energetik vositalarga - traktorlar, o‗zi yurar shassilar, o‗zi yurar kombaynlar, avtomobillar va turli ish hayvonlaridan tuzilgan transport vositalari kiradi. Harakati cheklangan energetik vositalarga - relsli yo‗laklarda (yerga o‗rnatilgan yoki osma holda) harakatlanadigan va sirpanuvchi elektr kabellari bilan jihozlangan texnika vositalari (zanjirli-skreperli qurilmalar, maxsus oziqa tarqatgichlar, elektr telferlari va boshqalar) kiradi. Turg‗un energetik vositalarga fermalarda ishlatiladigan texnologik vositalarning elektr dvigatellari, shamol dvigatellari, turg‗un holda ishlatiladigan ichki yonuv dvigatellari va boshqalar kiradi. Respublikamizda organik yoqilg‗i manbalarining cheklanganligini inobatga olgan holda va ekologik muhitning mo‗tadilligini saqlash maqsadida muqobil energiya manbalaridan oqilona foydalanish bo‗yicha samarali ishlar qilinmoqda. Qishloq xo‗jaligida muqobil energiya manbalari bilan ishlatiladigan texnika vositalarini yaratish va joriy etishga katta e‘tibor berilmoqda. Bu turdagi energiya vositalaridan foydalanishni quyidagi yo‗nalishlar bo‗yicha olib borish rejalashtirilgan: quyosh energiyasidan qishloq xo‗jaligidagi texnologik jarayonlarni bajarishda asosiy issiqlik manbai sifatida foydalanish; quyosh energiyasini boshqa turdagi energiya vositalariga aylantirish, xususan elektr energiyasiga; tog‗li hududlarda suv energiyasidan unumli foydalanish va uni elektr va mexanik energiyaga aylantirish; qishloq xo‗jaligida mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari uchun kam energiya bilan ishlaydigan mashina va qurilmalar tizimini yaratish va amaliyotga tatbiq etish va boshqalar. Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling