Texnologiy


Download 3.9 Mb.
bet4/13
Sana18.06.2023
Hajmi3.9 Mb.
#1576938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
4-мавзу

Rangli metallar. Mis, alyuminiy, magniy, titan, qalay,
qo‗rg‗oshin, nikel rangli muhim metallardan hisoblanadi. Mashina detallari asosan ularning qotishmalaridan tayyorlanadi.
Bronza. Misning qalay, alyuminiy, nikel kabi elementlar bilan hosil qilgan qotishmasi bronza deb ataladi. Tarkibiga ko‗ra qalayli va qalaysiz bronzalar bo‗ladi. Bronzalar yaxshi quymakorlik xossalariga ega, bosim ostida va kesib yaxshi ishlov berish mumkin.
Ko‗pgina bronzalar korroziyaga bardoshliligining yaxshiligi bilan ajralib turadi, bundan tashqari ular antifriksion qotishma sifatida ham keng ko‗lamda ishlatiladi.
Alyuminiy eng yengil konstruksion materiallardan biri bo‗lib, sho‗r suvlarda, atmosferada korroziyaga chidamliligi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Uning magniy, mis, rux va boshqa metallar bilan hosil qilgan qotishmalaridan mustahkamligi yetarli darajada yuqori, zichligi kichik, texnologik xossalari yaxshi bo‗lgan detallarni tayyorlashda
foydalaniladi.
Metallmas materiallar. Mashinasozlikda materiallarning o‗rnini bosa oladigan yuqori darajadagi fizik-mexanik xossalarga ega bo‗lgan polimer materiallarni qo‗llash muhimdir. Plastmassalar metallmas materiallar bo‗lib, tabiiy va sintetik materiallar asosida olinadi va ulardan plastik deformatsiyalash usullarida detallar tayyorlanadi.
Rezina - bu tabiiy va sun‘iy sintetik kauchukning kimyoviy o‗zgarishi (vulkanizatsiya) natijasida hosil bo‗lgan mahsulot bo‗lib, u elastiklik, yeyilishga chidamlilik, elektroizolyatsion xossalarining yaxshiligi, kimyoviy barqarorlik, gaz va suv o‗tkazmaslik kabi xossalari tufayli xalq xo‗jaligining turli sohalarida keng qo‗laniladi.

Download 3.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling