Texnologiy
Download 3.9 Mb.
|
4-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.10 - r as m . P l a n e t ar uz a t m a
1.9-rasm. Chervyakli uzatma:
1-chervyak; 2-chervyakli g‘ildirak. tuzilgan bo‗ladi. Chervyakli uzatma avtomobillar, traktorlar, kambaynlar boshqaruv rullarida qo‗llanilib, unda valga rul soshkasi roligi bilan ilashgan chervyak o‗rnatilgan. Chervyak bu rezbali vint bo‗lib, silindrik yoki globoid shaklda bo‗lishi mumkin. Tarkibida eng kamida bitta qo‗zg‗aluvchan o‗qqa o‗rnatilgan tishli g‗ildiragi bo‗lgan uzatma planetar uzatma deyiladi (1.10-rasm). Odatda, bunday uzatma markaziy g‗ildirak 1, uning atrofida vodila vositasida o‗z o‗qi bilan harakatlanadigan g‗ildirak - satellit 2 hamda asosiy g‗ildirak 4 dan Planetar uzatmalarning tuzilishi ixcham, bir pog‗onada uzatish soninng qiymati katta bo‗lganligi tufayli turli sohalarda ishlatilishi mumkin. Masalan, dastgohlarda, avtomobillarda aylanma harakatlarni qo‗shish, ayirish kerak bo‗lgan hollarda avtomatik ravishda bu harakatlarni boshqarish uchun shuningdek, nisbatan katta bo‗lmagan quvvatlarni uzatish uchun hamda kinematik mexanizm sifatida ishlatilishi mumkin. Differensial mexanizmi (1.11-rasm) - bu planetar mexanizmning bir ko‗rinishi bo‗lib, traktor va avtomobillar g‗ildiraklarini burish uchun mo‗ljallangan. Egri va notekis yo‗l bo‗ylab harakatda differinsial burovchi momentni yarim o‗qlarning yetakchi g‗ildiraklari o‗rtasida tashqi g‗ildiraklarning aylanishiga qarshilik kuchning miqdoriga teskari proporsional ravishda taqsimlaydi. Differensial mexanizm mashina yetakchi g‗ildiraklarining bir vaqtning o‗zida turli tezliklar bilan aylanishiga imkon yaratadi. Yarim o‗qlar 1 va 6 da joylashgan konussimon tishli g‗ildiraklar 7 va 9 satellitlar 4 va 8 bilan o‗zaro ilashgan bo‗lib, ular differensial korpusi bilan bog‗langan krestovina sapfalarida aylanadi. 1.10-rasm. Planetar uzatma: 1-quyosh shesternyasi (markaziy g‗ildirak); 2- satellit; 3-vodilo; 4-koronali shesternya 1.11-rasm. Differensial mexanizmi: 1 va 6-yarim o‗qlar; 2-katta konussimon shesternya; 3-satellit o‗qi; 4 va 8-kichik konussimon shesternya-satellitlar; 5- differensial qutisi; 7 va 9-yarim o‗qlarning konussimon shesternyalari. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling