Texnologiya darslarida ishlab chiqarish asoslari mashg`ulotlarini mazmuni. Zamonaviy ishlab chiqarishi texnologiyalari


Ishlab chiqarish asoslari bo`yicha o`quvchilarda quyidagi bilimlar shakllantirilishi lozim


Download 0.55 Mb.
bet2/9
Sana08.03.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1251189
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu

Ishlab chiqarish asoslari bo`yicha o`quvchilarda quyidagi bilimlar shakllantirilishi lozim:
O`zbekistondagi ishlab chiqarish turlari, xalq xo`jaligida sanoat va qurilishda moddiy ishlab chiqarish asoslari va uning tarkibi o`zaro munosabati bir-biriga bog`liqligi texnologik jarayon haqida asosiy tushunchalarni egallashi lozim.
Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va uning istiqbolini ahamiyatini tushunishi zarur.
Inson o`zining turli-tuman ehtiyojlarini qondirish uchun tabiat unsurlaridan to`g`ridan-to`g`ri qayta ishlanmagan holda foydalana olmaydi. Bu uning boshqa maxluqotlardan ajralib turuvchi xususiyatlaridan biridir. Shunday ekan u yog`och, paxta, hayvon, madanlar va boshqa tabiiy unsurlarni inson ehtiyojiga moslashtirishni ishlab chiqarish deyiladi.
Tabiiy mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonidan o`tib, iste’mol qiymatiga ega narsalarga aylanadi. Mahsulotlar iste’mol maqsadlariga ko`ra bir necha turga ajraladi: oziq-ovqat; kiyim-kechak; ro`zg`or buyumlari; ishlab chiqarish qurollari-uskunalar, moslama, mashina, stanok, urush va mudofaa qurollari va xokazo.
Muayyan mahsulotni ishlab chiqarish uchun albatta tabiat maxsulotlari – xom ashyo, unga ta’sir qiladigan mehnat qurollari, mehnat qurollarini harakatga keltiruvchi quvvat (energiya) manbalari, mehnat qurollari bilan ishlaydigan mutaxassislar, ishlab chiqarishni boshqaradigan menejerlar va boshqa bir qancha yordamchi narsalar kerak. Ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi bunday unsurlar o`zaro munosabatga kirishib bir butunlikni, ya’ni ishlab chiqarish majmuini, oddiy qilib aytganda ishlab chiqarish jarayonini hosil qiladi. Ularning birgalikdagi harakati natijasida mahsulot chiqa boshlaydi.
Har qanday ishlab chiqarish jarayoni amalga oshirish uchun bu jarayonning kechish qonuniyatlari tizimini, ya’ni texnologiyasini egallab olish lozim.
Ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi qonuniyatlar hajmi va murakkabligiga qarab oddiy, murakkab va o`ta murakkab turlarga ajraladi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling