Texnologiya darslarida ishlab chiqarish asoslari mashg`ulotlarini mazmuni. Zamonaviy ishlab chiqarishi texnologiyalari


Download 0.55 Mb.
bet7/9
Sana08.03.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1251189
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu

Ishlab chiqarish sanitariyasi – sog`lom va xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlashga qaratilgan sanitariya-sog`lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va hayotga tatbiq etadi. Kasb kasalliklarining oldini olish, shuningdek, korxona va u joylashgan hududda sanitariya-gigiyena normalariga bekamu-ko`st rioya qilish, ishchi-xizmatchilarning ish joylarini yoritish, isitish, shamollatish (ventilyasiya) va hokazoning gigiyena talablari darajasida bo`lishini ta’minlash masalalari bilan shug`ullanadi.
Ishlab chiqarish – texnik nazorati – sanoat korxonalarida mahsulot sifatini nazorat qilish yuzasidan bajariladigan xizmatlar majmui. Texnik nazorat ishlab chiqarishning barcha qismlari (xom ashyo, materiallar, yoqilg`i, yarim fabrikatlar, butlovchi qismlar, texnologik jarayonlar, asboblar, dastgohlar, uskunalar, tayyor mahsulotlar va boshqalar)da amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari – korxonaning mahsulot ishlab chiqarish maqsadlarida, iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma o`z faoliyatini bozordan moddiy resurslar, ya’ni asbob-uskuna, dastgohlar, transport va aloqa vositalari, xom ashyo, yoqilg`i, har xil materiallarni, mehnat bozoridan ish kuchini sotib olishdan boshlaydi. Shunga muvofiq holda ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg`i va energiya xarajatlari, asosiy kapital amortizasiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug`urtaga ajratmalar, foiz to`lovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarish xarajatlariga qilingan barcha xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi.
Umumiy (yalpi) xarajatlar — doimiy va o`zgaruvchan xarajatlar yig`indisi. Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari — aniq mahsulot ishlab chiqarishga ketgan va bevosita uning tannarxiga o`tadigan xarajatlar. Bilvosita xarajatlar - mahsulot tannarxiga bevosita qo`shilmaydigan xarajatlar. O`rtacha xarajatlar - ma’lum vaqt oralig`idagi mahsulot birligiga, tovarlar partiyasi bo`yicha yoki tashkilotlar guruhi bo`yicha bir buyumga to`g`ri keladigan xarajatlarning o`rtacha kattaligi.
Ekspluatasiya (foydalanish) xarajatlari — uskunalar, mashinalar, transport, ishlab chiqarish vositalarini va kundalik foydalaniladigan xo`jalik buyumlarini ishlatish bilan bog`liq bo`lgan xarajatlar.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling