Texnologiya darslarida ishlab chiqarish asoslari mashg`ulotlarini mazmuni. Zamonaviy ishlab chiqarishi texnologiyalari
Download 0.55 Mb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarishda qanaqangi xavfsizlik qoidalari.
- Ish o`rni va unga qanday talablar.
- Mehnat me’yorlari, uning yosh ishchilarga belgilanishi.
- Taqdirlashlar hozirgi davrda quyidagicha amalga oshiriladi
Ishlab chiqarish ta’limi.
Ishlab chiqarish ta’limi – O`zbekiston Respublikasida malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoni hamda o`rta maxsus va kasb-hunar ta’limining tarkibiy qismi. Asosiy vazifasi — kelgusida malakali mutaxassis bo`lib yetishadigan o`quvchilarni muayyan kasb sohasida bevosita faoliyat ko`rsatishga tayyorlash, ya’ni bilimlarni amaliyotga tadbiq etishga o`rgatish, zarur kasb ko`nikmalari va malakalarini shakllantirishdan iborat. Ishlab chiqarish ta’limini amalga oshirishda nazariy ta’limning ahamiyati katta. Ishlab chiqarish ta’limi 3 asosiy bosqich (o`quv ustaxonalari, o`quv maydonlari, o`quv laboratoriyalari, o`quv xo`jaliklaridagi ishlab chiqarish ta’limi; ishlab chiqarish sharoiti — korxona, qurilish, xo`jaliklardagi ishlab chiqarish ta’limi; ishlab chiqarish tajribasi)ga bo`linadi. Ishlab chiqarishda qanaqangi xavfsizlik qoidalari. Ishlab chiqarishda rioya qilinadigan xafsizlik qoidalari quyidagi turlardan iborat: Mehnat qonunchiligi asoslari, elektr, yong`in, suv, gaz, radiaktiv xafsizligi, transport, texnika va yo`l harakati qoidalari, o`rta maktabda har bir sinfda 17 soatdan o`tilishi rejalashtirilgan, sanitariya-gigena talablari (ish o`rnida namlik, havo almashinishi, temperatura (18 -20 ), yorug`likning (tabiiy va sun’iy) saqlanishi. Yosh ishchilar buyruqdan o`tgach, mehnat shartnomasi tuziladi. Mehnat shartnomasida har ikkala tomonning (ishchi va korxonaning) vazifalari ko`rsatiladi. Mehnat tartibi talimi, kasal bo`lib qolgandagi holatlar ham nazarda tutiladi. Ish o`rni va unga qanday talablar. Ish o`rni – ishchining mehnat ta’sirlari hududi bo`lib turli jihozlar, asbob-uskunalar, materiallar va boshqa qulayliklar bilan jihozlanadi. U ish o`rnida turli texnologik jarayonlarni bajaradi, ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadi. Mehnat me’yorlari, uning yosh ishchilarga belgilanishi. Mehnat meyorlari yosh ishchilarga vaqtbay, ishbay va umumiy holda belgilanadi va o`g`il bolalar (erkaklarga), qiz bolalarga (ayollarga) etibor qilinadi. O`quv ishlari hafta, oyda, chorakda yarim yilda va 1 yilda maxsus jadvallar asosida tashkil etiladi va yo`l yo`riqlar tarzida olib boriladi. Yo`l yo`riqlar mehnat jarayonida ishlab chiqarishning texnologik operasiyalarini qanday bajarish lozimligini tavsiflovchi asosiy hujjat bo`lib, joriy (ish davomida), dastlabki (ish boshi) va yakuniy (ish yakunida) kabi turlarga bo`linadi. Yozma, og`zaki, doimiy (uzviy) vaqtinchalik, xaritalar, marshrut (operasiya xaritalar) ishchining doimiy mehnat jarayonini tartibga solib turuvchi hujjatlar hisoblanadi. Ishlab chiqarishda alohida o`rnak ko`rsatgan ishchi-xodimlar alohida taqdirlab boriladi. Taqdirlashlar hozirgi davrda quyidagicha amalga oshiriladi: Og`zaki rahmatnoma, minnatdorchilik bildirishlar; Yozma, mehnat daftarchasiga yozish sharti bilan rahmatnomalar elon qilish; Faxriy yorliqlar tashakkurnomalar aytish; Qimmatbaho sovg`alar buyumlar taqdim etish; Pul mukofatlari (20%, 40%, 1-oylik maosh) bilan taqdirlash; Uy-joy, xonadonlariga biror jihoz, yordam ko`rsatish, qurilish materiallari buyumlari, qurilmalar avtomashinalar taqdim etish (navbatsiz sotish); Davlatning orden medallariga faxriy unvonlariga tavsiya etish; «O`zbekiston Qahramoni» unvoniga tavsiya etish. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling