Texnologiya darslarida ishlab chiqarish asoslari mashg`ulotlarini mazmuni. Zamonaviy ishlab chiqarishi texnologiyalari


Download 0.55 Mb.
bet6/9
Sana08.03.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1251189
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu

Ishlab chiqarish grafigi – korxonada muayyan davr (kun, oy, chorak, yil) davomida mahsulot ishlab chiqarishning kalendar rejasi. Bu reja butun korxona va uning alohida bo`limlari (sex, uchastka, potok liniyalar, agregat va boshqa) miqyosida tuzilib, grafik yoki jadval shaklida ifodalanadi.
Ishlab chiqarish dasturi – mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan o`zaro uzviy bog`liq ilmiy-texnikaviy, tashkiliy-iqtisodiy va ishlab chiqarish chora-tadbirlari majmui. Ishlab chiqarish dasturini tuzishda ishlab chiqarshi grafigi, texnologik yo`nalish, mahsulotning konstruktiv tarkibi (ya’ni unga kiruvchi detallar, uzellar, agregatlar soni) boshlang`ich axborot bo`lib xizmat qiladi.
Ishlab chiqarish zahiralari – korxonadagi hali ishlab chiqirishga jarayonlariga jalb etilmagan va ish o`rniga yetib kelmagan aylanma vositalarining bir qismi: Ishlab chiqarish zahiralari xom ashyo, asosiy va qo`shimcha materiallar, yoqilg`i, sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar, detallar, ehtiyot qismlar, asboblar va boshqalar ishlab chiqarish vositalaridan iborat bo`ladi.
Ishlab chiqarish munosabatlari – keng ma’noda ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar o`rtasida bajaradigan vazifalariga bog`liq holda shakllanadigan munosabatlar (mulkdorlar, tadbirkorlar, boshqaruvchilar, xizmatchilar, yollanma xodimlar, dehqonlar va b. ); tor ma’noda kishilar o`rtasida moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot va iste’mol jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar. Ishlab chiqarish munosabatlari kishilar o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning barcha shakllarini qamrab oladi.
Ishlab chiqarish samaradorligi – korxona miqyosida iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy dasturlar va tadbirlarning foydali natijalar berishi, olingan iqtisodiy samaraning muayyan qiymatga ega bo`lgan resurslarni qo`llagan holda eng yuqoriishlab chiqarish hajmiga erishishga sabab bo`lgan ishlab chiqarish omillari, resurslar sarflariga nisbati bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish samaradorligi korxona faoliyatining yakuniy natijasini ko`rsatadi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling