Texnologiya fani o`qitishda modulli ta`lim texnologiyalaridan foydalanish mundarija kirish I bob. Modulli ta`lim texnologiyalarining nazariy asoslari


Download 36.37 Kb.
bet1/5
Sana28.12.2022
Hajmi36.37 Kb.
#1011568
  1   2   3   4   5
Bog'liq
TEXNOLOGIYA FANI O`QITISHDA MODULLI TA`LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH


TEXNOLOGIYA FANI O`QITISHDA MODULLI TA`LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH


MUNDARIJA


KIRISH
I bob. Modulli ta`lim texnologiyalarining nazariy asoslari

    1. Ta`limda moodulli yondashuvlar haqida ma`lumot

    2. Modulli ta`lim va modulli dars tushunchasi

II BOB. TEXNOLOGIK TA`LIM DARSLARINI MODULLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
2.1. Modulli ta`lim texnologiyalarining tarkibiy qismlari
2.2. O`zbekistonda ishlab chiqarilgan texnika turlari mavzusini modulli ta`lim texnologiyalari asosida o`qitish metodikasi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH

Texnologiya va dizayn. Bu yo’nalish bo’yicha tashkil qilingan ta’lim jarayonida o’quvchilar turli materiallar (yog’och, metall, plastmassa va boshqalar)ning xususiyatlari to’g’risida boshlang’ich bilimlarga ega bo’ladilar: ularni rejalash, arralash, teshish, yo’nish, pardozlash ishlari va ularda ishlatiladigan asboblarning tuzilishi, ishlashi, dastgohlar, elektr va mexanizasiyalashtirilgan jihozlar, mashinashunoslik elementlari, yangi texnika va ilg’or texnologiya asoslari, elektronika, avtomatlashtirish, texnologik xaritalar, ularni tuzish, elektrotexnika ishlari, uy-ro’zg’or buyumlarini ta’mirlash, mehnat qonunchiligi va xavfsizlik texnikasi qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari to’g’risida nazariy bilimlarga ega bo’ladilar. Metall va metallmas buyumlar bilash ishlashni o’rganish jarayonida o’quvchilar turli asboblar bilan ishlash, amaliy ko’nikmalarni, texnologik xaritalar bilan ishlash, ro’zg’orbop va xaridorgir buyumlarni ishlab chiqarishni o’rganish bo’yicha asosiy tushuncha, texnikaviy andozalar (shablonlar) hamda boshqa turdagi ko’nikma va malakalarni egallaydilar.


Xalq hunarmandchiligi asoslari: o’quvchilarga yo’nalishlar bo’yicha xalq hunarmandchiligi texnologiyalari; hunarmandlarning bozor munosabatlari asosidagi faoliyatlari, uyushmalari va uning istiqbollari; hunarmandchilik bo’yicha ko’rgazma va tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalari; hunarmandlar tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar; xalq hunarmandchiligining tanlangan yo’nalishi bo’yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg’unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullari; zamonaviy dizayn talablari bilan uyg’unlashtirilgan xalq hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash ish usullariga oid bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar.



Download 36.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling