Texnologiya fani o`qitishda modulli ta`lim texnologiyalaridan foydalanish mundarija kirish I bob. Modulli ta`lim texnologiyalarining nazariy asoslari
II BOB. TEXNOLOGIK TA`LIM DARSLARINI MODULLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
Download 36.37 Kb.
|
TEXNOLOGIYA FANI O`QITISHDA MODULLI TA`LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
II BOB. TEXNOLOGIK TA`LIM DARSLARINI MODULLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
2.1. Modulli ta`lim texnologiyalarining tarkibiy qismlari O’quv materialini mumkin qadar qiziqarli va o’qimishli qilinganda, u yaxshiroq egallanib, o’quvchining qalbiga singadi va uni amalda qo’llash osonroq bo’ladi. Har bir o’quvchidagi qiziqish turlichadir, shunday ekan, o’qitishda yakka tartibda yondashishni oshirish kerak bo’ladi. Bundan tashqari bir sinf, bir yoshdagi o’quvchilarning rivojlanganlik darajasi hamda bilimlarni egallash tezligi turlichadir. Darslarni to’g’ri tashkil etishda xar xil o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan ishlashni oldindan o’ylab qo’yilgan tuzilishi bo’lishi muhimdir. Bo’sh o’zlashtiradigan o’quvchilarga ham, yaxshi o’zlashtiradigan o’quvchilarga ham oldindan alohida topshiriqlar tayyorlab qo’yish kerak. Har bir o’qituvchiga o’z uslubi, o’z usulining o’ziga xosligiga ega bo’lish huquqi berilgan, biroq shuni aytish kerakki, bularning barchasi mustahkam bilim berish, mehnat sohasidagi malaka va ko’nikmalarini egallash, ijodiy qobiliyatlarini o’stirish, bilimga qiziqishini o’stirishga yordam beradi. O’quv jarayonini takomillashtirish, o’qitishning yangi shakl hamda metodlarini tadbiq qilish, o’quvchilarda qiziqishni oshirishga, darslarning samaradorligini kuchaytirishga, bilish faolligini oshirishga yordam beradi. Bilish faolligini rivojlantirish o’z navbatida buyumga, mazkur holatda – xizmat ko’rsatuvchi mehnatga qiziqishini rivojlantirishda ko’maklashadi. Texnologiya fani ta’limi o’qituvchilarini tayyorlash o’quv rejasida umumiy ta’lim fanlari va maxsus fanlarda o’qitish nazarda tutilgan. Maxsus fanlarga umumtexnik, texnika va pedagogika fanlari kiradi. Umumtexnika fanlariga texnik mexanika asoslari, mashinasozlik asoslari, elektrotexnika va elektronika asoslari kirib, texnik fanlar bo’yicha bilim egallashga asos bo’ladi. Chizmachilik va chizma geometriya, materialshunoslik, ishlab chiqarish jarayonini mexanizasiyalash va avtomatlashtirish asoslari, ishlab chiqarishni tashkil etish va uning ekonomikasi asoslari, elektromantaj ishlari va elektr bilan ishlaydigan maishiy asbob (pribor)lar va boshqa texnik fanlar jumlasiga kiradi. O’qituvchining psixologik-pedagogik jihatdan tayyorgarligi psixologiya, pedagogika, texnologiya va kasb ta’limi metodikasi, chizmachilik va rasm o’qitish metodikasi, maktab gigiyenasi kabi fanlarni o’rganishda amalga oshadi. Shunday qilib, texnologiya fani o’qituvchisini tayyorlashda “Texnologiya fanini o’qitish metodikasi” ixtisoslashtiruvchi fanlardan biri bo’lib hisoblanadi. Bu fanlar boshqa fanlarni pedagogika, psixologiya va hokazolarni takrorlamaydi, balki ular bilan yaqin bog’lanishda bo’ladi. “Texnologiya fanini o’qitish metodikasi” kursi o’rganish, umumiy ta’lim maktabidagi texnologiya fanining (mehnat tarbiyasi, politexnik ta’lim, kasbga yo’llash va hokazolarning) maqsad va vazifalarini, shu fan bo’yicha o’quv jarayonini tashkiliy prinsiplarini va uning mazmunini anglab olinishi, maktab ustaxonalarida ta’lim tarbiya jarayonini muvoffaqiyatli olib borishda yordam beradigan metodik vositalar sistemasi sifatida o’rganilishi lozim. “Texnologiya fanini o’qitish metodikasi” alohida roli shuki, o’quvchilarni mehnatga tayyorlash jarayonida ularda mehnatga ongli munosabatni tarkib topishi uchun obyektiv qulay sharoit vujudga keladi. Bo’lajak o’qituvchiga yana shu sharoitdan qanday qilib to’la foydalanishni ko’rsatish modulning vazifalaridan biridir. Texnologiya fanini o’qitish metodikasi pedagogika fanining tarmog’i sifatida o’z obyektlari, vazifalari va tadqiqot metodlariga ega. Texnologiya ta’limi jarayoni, shu jarayonning hamma jihatlari; o’quv materialining mazmuni, o’qitish metodlari, o’quvchilarning bilish faoliyati, o’qitish natijalari va boshqalar o’rganish obyekti hisoblanadi. Pedagogika fanining tarmog’i sifatida texnologiya fanini o’qitish metodikasi oldiga qo’ygan asosiy tadqiqot vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Texnologiya fani vazifalarini asoslash, ularning tarbiyaviy va ta’limiy ahamiyatini ochib berish. Texnologiya fani vazifalarini belgilashda O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilgan karorlar asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Texnologiya fani o’quvchilar shaxsini har tomonlama kamol topishiga, mehnatning turmush bilan aloqasini mustahkamlashga o’quvchilarda ongli dunyo qarashni shakllanishiga va asosiy ravishda kasb tanlashga tayyorlashda yordam beradi. Texnologiya fanini o’qitish metodikasi ustaxonada o’tkaziladigan mashg’ulotlar bilan boshqa o’quv fanlarini (ijtimoiy-siyosiy, tabiiy matematik) o’qitishning o’zaro didaktik bog’liqligini ochib beradi, shuningdek, quyi, o’rta va yuqori sinflardagi Texnologiya fanining izchilligini ta’minlash yo’llarini ko’rsatadi. Texnologiya fani jarayonida o’quvchilarda mehnatga muhabbat, jismoniy mehnat kishilariga hurmat va shaxsning boshqa ahloqiy sifatlari shakllanishiga imkon beradi. Bu sifatlar og’zaki tushuntirish bilan emas, balki o’quvchilarni unumli mehnatga qatnashtirish yo’li bilan shakllantiriladi. O’quv materialini tartibga solish ham muhim muammodir. Fan va o’quv jarayonida “sodda” va “murakkab” tushunchalari bir xil emas. Masalan, fan tarmog’i mashinasozlikda detal – sodda o’rganish obyekti, mashina esa detalga nisbatan murakkab hisoblanadi. Ammo o’qitish o’quvchilarni mashina (masalan, metall qirquvchi stanok) bilan tanishtirish detallarni o’rganishdan boshlansa, o’quvchilar o’quv materialini katta qiyinchilik bilan idrok etadilar, unga qiziqmasligini ko’rsatadi. Agar mashinani nimaga mo’ljallanganligini va umumiy tuzilishini tushintirishdan boshlansa, o’quvchilar uni konstruksiyasi bilan chuqurroq tanishish va uning ayrim detallarini o’rganish istagi tug’iladi. Natijada o’quvchilar o’quv jarayonida faol ishtirok etadi, ularning yangi bilimlarini ongli o’zgartirishga erishiladi. O’qitish metodikasi tartibga solishda eng samarador yo’lni va vositalarni topadi, bu esa maktab fanini asoslash va o’quv dasturini tuzish uchun ham zarur hisoblanadi. 3. Ta’lim jarayonini tashkil etish. O’quv jarayoni o’zaro chambarchas bog’langan o’qitish (o’qituvchi faoliyati) va ta’lim olish (o’quvchilar faoliyati)dan iboratdir. O’quv jarayonini tashkil etishning prinsiplari va usullarini ishlab chiqishda texnologiya fanini o’qitish metodikasi boshqa o’quv fanlarining o’qitish tajribasidan va didaktik tadqiqotlarining ma’lumotlaridan foydalaniladi. Shu bilan birga ko’p masalalarni texnologiya fanini o’qitish metodikasi mustaqil xal qiladi. Masalan, mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, ish o’rnini tashkil qilish, mehnat usullarini to’g’ri bajarish va hakazo. Maktab tizimida o’quvchilar ishini tashkil qilishning uchta asosiy frontal, brigada va individual shakllari mavjud. O’quvchilarga beriladigan mehnat topshirig’i ijtimoiy foydali qiymatga ega bulishi lozim, aks holda tayyorlanayotgan buyumga nisbatan o’quvchilarda qiziqish uyg’onmaydi. 4. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar mazmuni va metodikasini asoslash. Bugungi kunda texnologiya yo’nalishi bo’yicha maktabdan va sinfdan tashqari ishlar keng tarqalgan. Deyarli har bir maktabda metal va metalmas materiallarga ishlov berish hamda yosh texniklar to’garaklari mavjud. Bunday to’garaklar yosh texniklar markazlari, klublari, mahalla qo’mitalar qoshida ham tashkil etilgan. Ularni ishini tashkil etish, turli shakllarini ishlab chiqish ham texnologiya fanini o’qitish metodikasining vazifasiga kiradi. Yuqorida ko’rsatilgan hamma vazifalarni xal qilishda texnologiya fanini o’qitish metodikasi quyidagi ilmiy metodlariga asoslanadi. Kuzatish. Kuzatish jarayonida tadqiqotchi o’quv jarayonining borishiga aralashmay, faqat nima sodir bo’layotganini qayd qilib boradi. Tadqiqotchi oldindan kuzatishning maqsadi, vazifasi va metodikasini belgilab oladi. Eksperiment. Eksperiment kuzatishdan farqli ravishda tadqiqotchi tomonidan vujudga keltirilgan jiddiy, aniq sharoitda o’tkaziladi. Eksperimentda vaziyatni keraklicha takrorlash mumkin. Tajriba avval kichik guruhda, so’ng sinfda, bir necha sinf va maktablarda o’tkaziladi. Natijaning samaradorligi haqida xulosa chiqariladi. Nazariy tadqiqotlar. Metodikani ishlab chiqishda kuzatish metodlari yoki eksperiment yo’li bilan tadqiq qilib bo’lmaydigan malakalarni xal qilishga ham to’g’ri keladi. Masalan, o’quv materialining mazmunini asoslash amaliyotda to’plangan bilim va malakalarning tegishli kompleksini o’rganishdan boshlanadi. Bu holda tadqiqot analiz metodi bilan o’tkaziladi, ya’ni bilim va malakalarning butun kompleksi ajratiladi. So’ng hamma eksperimentlar ichidan o’quv dasturi mazmuniga kiradiganlari tanlab olinadi. Ya’ni analizga teskari jarayon-sintez sodir bo’ladi. Analiz va sintez nazariy tadqiqot metodlaridandir. Demak, metodika mustaqil tadqiqotlar bilan shug’ullanadi. Shu bilan birga boshqa fanlar bilan chambarchas bog’langan holda, hamkorlikni amalga oshiradi. Download 36.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling