“texnologiya fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar”
Dasturxonga o‘tirishda rioya qilish kerak bo‘lgan qoidalar tartibi
Download 422.41 Kb. Pdf ko'rish
|
dBhyQnOe7NWSabfNQIcpVqmF4jxd0oJ6LtNKijeS
- Bu sahifa navigatsiya:
- V. Darsni yakunlash.(5 daqiqa)
Dasturxonga o‘tirishda rioya qilish kerak bo‘lgan qoidalar tartibi
yozilgan qog‘ozlarni tarqating. Berilgan qoidalarni ishchi daftarga ko‘chirtiring. IV. Yangi o‘quv materialini ”FSMU” texnologiyasi orqali mustahkamlash va o‘quvchilar bilimini baholash.(20 daqiqa) Vazifa: Nonushta dasturxoni tuzashda qaysi idish- tovoqlardan foydalaniladi? Pichoq, vilka, qoshiq qanday joylashtiriladi? Salfetka yoki sochiqni taxlashni ko‘rsating hamda ulardan qanday foydalaniladi? Bajargan ishingizni baholang. O‘quvchilar mustaqil nonushta dasturxonini bezashadi. V. Darsni yakunlash.(5 daqiqa) 12 Yangi mavzuga oid savollarga javob bergan va dars jarayonida faol qatnashgan o‘quvchilarni baholang. Uyga vazifa bering. 1)darslikda berilgan savollarga javob yozib kelish 2) nonushta dasturxonini bezash tartibini ishchi daftarga chizib kelish. 3) salat tayyorlash uchun kerakli mahsulotlar tarkibini o‘quvchilarga bo‘lib bering. Salat tayyorlash uchun tayyorgarlik ko‘rib kelish. Ta’lim metodlaridan bunday ketma-ketlikda foydalanish natijasida nafaqat ta’lim oluvchilarning diqqatini jalb etish darajasini oshirish, balki ta’lim samaradorligini oshirishga ham erishish mumkin bo’ladi. Bugungi kunda, ayniqsa, Power Point dasturi mexnatni ancha engillashtiradi va mavzularni nihoyatda turli- tuman shaklda tasvirlash imkoniyatini beradi. Dasturdan foydalanilganda ta’lim oluvchilar diqqatini mavzuga qaratish uchun turlicha dizayndan foydalanish mumkin. Slaydlarda mavzuning nomi, rejasi, o’rganiladigan asosiy tushunchalar, ularni tushunish uchun zarur bo’lgan tasvirlar, jadval, grafik, diagramma va boshqalarni berish mumkin. Bunda ularni rangli ko’rinishda berishning imkoniyati kattadir. Slaydlarni tayyorlashda shriftlar, ularning katta-kichikligi, ranglarning didaktik funksiyasi, ularning ishlatilishi, matn beriladigan fon, unda qanday tasvirlardan foydalanish, ularni ta’lim oluvchilar kayfiyatiga qanday ta’sir qilishi, ishlanish usullari, mantiqiy xarakteriga mosligiga ham ahamiyat berish zarur. Darsni o’tishda ko’rgazmali materialni qanday namoyish qilish ham katta ahamiyatga ega. Namoyish qilish jarayonini shunday tashkil qilish kerakki, unda quyidagi didaktik talablarga rioya qilish tavsiya etiladi: - hamma ta’lim oluvchilar namoyish qilinayotgan ob’ektni ko’rishlari, eshitishlari, tushunishlari; - ob’ektning muhim, asosiy tomonlari ta’lim oluvchilarda katta taassurot qoldirishi, maksimal darajada diqqatlarini jalb qilishi; - o’rganilayotgan ob’ektning sifatini mustaqil ravishda o’lchash, anglash va o’zlashtirish imkoniyatini ta’minlash kabilar. Ko’rgazmali va tarqatmali materiallarning asosiy yo’nalishlaridan biri namoyish qilish metodining o’ziga xos davomi bo’lgan illyustratsiya hisoblanadi. Namoyish qilish metodidan yoki illyustratsiyadan ham ko’rgazmali, ham tarqatmali material sifatida foydalanish mumkin. Undan foydalanish o’qituvchining pedagogik mahoratiga bog’liq. Namoyish qilishda ko’proq predmetlardan foydalaniladi. Illyustratsiya predmet, jarayon, xodisalarni simvollar yordamida ifoda qilish bo’lib, odatda, u plakatlar, karta, portret, foto, rasm, chizma, grafik va boshqalarni o’z ichiga oladi. Illyustratsiya materiallari oldindan tayyorlanadi, lekin ulardan zarur paytlarda foydalaniladi. Illyustratsiyaning samaraliligi ko’p jixatdan uni qanday tarzda qo’llashga bog’liq. Ko’rgazmali va tarqatmali materiallardan foydalanish darajasi keng, ulardan qanday tarzda, qanday maqsadlarda foydalanish o’qituvchiga bog’liq. O’qituvchi ko’rgazmali va tarqatmali materiallarni tanlar ekan, birinchidan, darsning ma’ruza 13 yoki seminar mashg’ulot shaklidaligini hisobga oladi. Ikkinchidan, mavzu orqali o’qituvchi ta’lim oluvchilar oldiga qanday vazifa qo’ymoqchi, maqsadi nima, muhokama qilinayotgan muammoni yechishda ko’rgazmali qurol yoki tarqatmali material qanday yordam berishi mumkinligini hisobga olib, ularni tanlashi kerak bo’ladi. Masalan, ma’ruza darslarida chizma, rasm, jadvallardan biror ilmiy taxmin (gipoteza), ilgari surilayotgan fikrni tasdiqlash maqsadida foydalanilsa, seminar yoki amaliy mashg’ulotlarda muammoli vaziyatlarni kichik guruhlarda muxokama qilish va yechimini topishda foydalanish mumkin. Bunda ham ko’rgazmali va tarqatmali materiallardan foydalanish darajasi o’qituvchining mohirligi, fantaziyasi hamda pedagogik mahoratiga bog’lik bo’ladi. Xulosa sifatida shuni ta’kidlash mumkinki, ko’rgazmali va tarqatmali materiallarni ma’ruza darsi, seminar va amaliy mashg’ulotlar jarayonida boshqa barcha metodlar bilan birga qo’llab, dars samaradorligini oshirish imkoniyati mavjud. Ushbu imkoniyatdan qanday foydalanish o’qituvchining pedagogik maxoratiga bog’liqdir. Download 422.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling