Texnologiya ta’limini elektron ta’lim resurslarini


uning  samaradorligini sinab ko’rish


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/37
Sana11.03.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1261117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Абдусаломова Ноилабону

uning 
samaradorligini sinab ko’rish. . . . . . . . . . . . . . . . . .
 
 
 
62 
3.2 
Tajriba sinov ishlari natijalari. . . . . . . . . . . . . . . . . . .
69 
V. 
Xulosa. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 
72 
VI. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. . . . . . . . . . . . . . . 
73 
 
 
 



Kirish. 
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi .Mamlakatimizda olib 
borilayotgan tub islohatlar, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi hamda 
axborotlashgan jamiyatga o‘tish talablari ta’lim strategiyasini o‘zgarishiga olib 
kelmoqda. Uzluksiz ta’lim, jumladan texnologik ta’lim olishning yangi shakllari, 
zamonaviy o’qitish texnologiyalariga asoslangan tarmoqli, axborotli, masofaviy va 
innovatsion ta’lim texnologiyalari vujudga kelmoqda. Axborot-kommunikatsion 
texnologiyalarga asoslangan yangi ta’lim turlarining paydo bo‘lishiga asosiy sabab, 
o’quvchi yoshlarga bilim berish, ularning ko’nikma va malakasini muntazam oshirib 
borish vazifalarini muvaffaqiyatli hal etishda, ta’lim tizimining yillar davomida 
shakllangan an’anaviy usul va vositalarining imkoniyatlari chegaralanganligidadir. 
Bunday vaziyatda ta’lim muassasalarining potensialiga tayangan holda axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari asosida uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Dars jarayoni samaradorligini oshirish hozirgi zamon pedagogikasining 
dolzarb masalasiga aylanib bormoqda. Texnika, texnologiya va ishlab chiqarishning 
jadal sur’atlar bilan rivojlanib borishi ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan 
yoshlar oldiga shu rivojlanishga mos bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga ega 
bo‘lishlarini taqozo qilmoqda. Yoshlarga texnika va texnologiyalarning yangi 
yutuqlarini o‘zlashtirish ko‘nikmalarini hosil qilish uchun ularni o‘qitish usullarini 
tubdan yangi pog‘onaga qo‘tarish zarurati davr talabi bo‘lib qolmoqda. Bu muhim 
vazifani hal etishda kundalik turmushda jadal sur’atlar bilan kirib kelayotgan 
zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalar, elektron ta’lim 
resurslaridan keng foydalanish muhim ro’l o‘ynashi muqarrardir. Hozirgi kunda 
sinovdan o‘tgan maxsus axborot vositalari: kompyuter texnikalari, audio va video 
vositalari qatoriga kelib qo‘shilgan elektron ta’lim resurslari, virtual stendlar, 
animatsiyali dasturlar vositasida dars mashg‘ulotlarini olib borish o’quvchilar 
tomonidan dars mashg‘ulotlarini o‘zlashtirishlariga samarali natijalar berib borishi 
tayindir. Elektron ta’lim resurslari yordamida darslarni tashkil etish jarayoni, bunda 
o’quvchilarning olayotgan bilimlarini na faqat eshitish, balki ko‘rish sezgilari orqali 



ham qabul qilishlari va tushunchalarning g‘oya va mazmunini chuqur anglab 
yetishlariga samarali yordam beradi. Qator mualliflar tomonidan turli elektron 
o‘qitish vositalari yordamida mavzularning yoritilishni joriy etib borilayotganligi, 
bunda o’quvchilarning bilim saviyalarining oshib borayotganligini bevosita ishonch 
hosil qilish mumkinki, bu usullarning yanada takomillashtirilishi, yuqori pog‘onaga 
olib chiqish kabi zaruratlar oldindan ko‘rib, shu yo‘sinda ta’lim va tarbiya jarayonini 
tashkil etish har bir rahbar hamda o’qituvchining dolzab vazifasi bo‘lishi talab 
etiladi. 
Bizning 
fikrimizcha, 
elektron ta’lim vositalaridan foydalanishda 
quyidagilarga alohida e’tibor qaratish kerak bo‘ladi: 
- o‘quv materiallarga qo‘yiladigan uslubiy ta’lim oluvchilarni ishlab chiqish; 
- animatsion dasturlardan foydalanish davomiyligini 25-30 minutdan 
oshirmaslik;
- namoyish etilayotgan mavzuga doir tushunchalar o‘qituvchilar tomonidan 
ikki tomonlama aloqa tarzida muhokama etib borilishi; 
- namoyish etilib borilayotgan lavhalarning o’quvchilar tomonidan mustaqil 
ravishda qayta ishlab, yangi tushunchalarni shakllantirib borishiga erishish;
- o‘qitish natijalarini baholash me’zonlarini aniqlash.
Ma’lumki, o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik va informatsion 
texnologiyalar bir necha turlarga bo‘linib, ulardan eng muhimi kompyuter texnikasi 
vositalari yordamida o‘qitishdir. Shundan kelib chiqib, elektron darslik, vertual 
stendlarga qo‘yilgan talablarni inobatga olgan holda,Texnologiya fanidan 
ma’ruzalar, laboratoriya ishlari, amaliy mashg‘ulotlarni elektron variantda ishlab 
chiqib, foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Buning uchun birinchi navbatda Texnologiya fanidan elektron ta’lim 
resurslarini ishlab chiqish zarur. Lekin barcha o’qituvchilar ham elektron ta’lim 
resurslarini ishlab chiqish imkoniyatlariga ega emas, uni yaratish bo’yicha yetarli 
ko’nikma va malakaga ega emas. Shu sababli Texnologiya ta’limining elektron 
ta’lim resurslarini ishlab chiqish texnologiyasini yoritib berish va undan foydalanish 



yo’llari bilan o’qituvchilarni xabardor qilish bugungu kunda eng muhum 
vazifalardan xisoblanadi. Bularning barchasi muammoning dolzarbligini belgilaydi.
Texnologiya bo’yicha taklif qilinayotgan Milliy o’quv dasturida texnologik 
ta’limning o‘quv-metodik ta’minotini ishlab chiqishda uzviylikni ta’minlash 
bo’yicha bir qator vazifalar qo’yilgan.Jumladan,Texnologik ta’limning o‘quv-
metodik ta’minotini rivojlantirish bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: 
-ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro standartlar va milliy an’analar uyg‘unligida 
texnologik ta’lim bo‘yicha davlat ta’lim standartini ishlab chiqish; 
-texnologik ta’lim bo‘yicha uzviylikni e’tiborga olgan holda ta’lim 
bosqichlari uchun alohida tartibda bitiruvchilarga qo‘yiladigan malaka talablarini 
ishlab chiqish; 
-ta’lim tizimi o‘quv yuklamalarining minimal hajmi hamda ularning taqsimoti 
yuzasidan takliflar tayyorlash; 
-ta’lim tizimi mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari, malaka talablari va 
shakllantiriladigan kompetensiyalardan kelib chiqqan holda baholash tizimini ishlab 
chiqish; 
-xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablarini ishlab 
chiqish. Shular qatorida eng muhum vazifa sifatida -texnologik ta’lim tizimi 
bo‘yicha o‘quv-metodik majmualarni (darslik, mashq daftari, o‘qituvchi uchun 
metodik qo‘llanma, darsliklarning multimediali ilovasi va boshqa) yangi avlodini 
bosqichma-bosqich ishlab chiqish vazifasi ham belgilangan. 
Texnologik ta’lim bo‘yicha o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish 
quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi: 
- o‘quv-metodik majmualar ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy 
prinsiplari asosida yaratilganligi; 
o‘quvchi-yoshlarning aqliy va jismoniy imkoniyatlari, yoshi, psixofiziologik 
xususiyatlari, bilim darajasi, qiziqishlari, layoqatlari hisobga olinganligi; 
o‘quvchi-yoshlarda vatanparvarlik va milliy g‘urur hissini shakllantirishga 
qaratilganligi; 
o‘quvchi-yoshlarda mustaqil ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va 



amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi. 
Shularndan kelib chiqqan holda bitiruv malakaviy ishimizning mavzusini 
“Texnologiya ta’limini elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish texnologiyasi” deb 
belgiladik. 

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling