Texnologiya ta’limini elektron ta’lim resurslarini


Materialni bayon etish shakliga ko’ra


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/37
Sana11.03.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1261117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Абдусаломова Ноилабону

Materialni bayon etish shakliga ko’ra elektron o’quv resurslar konveksion 
(ta’limning axborot berish funksiyasi), dasturiy (dasturlash vositalari yordamida 
yaratilgan), muammoli (muammoli o’qitish nazariyasiga asoslangan va mantiqiy 
fikrlashni rivojlantiuvchi) va universal (sanab o’tilgan modellarning alohida 
elementlarini saqlovchi) turlarga bo’linadi. Maqsadiga ko’ra elektron o’quv 
resurslar beshta asosiy guruhga bo’linadi: maktab o’quvchilari uchun, bakalavrlar 
uchun, mutaxassislar uchun, magistrlar uchun, boshqalar uchun. 
Bosma ekvivalentining mavjudligiga qarab ikki guruxga bo’linadi: 
- bosma o’quv resursning elektron analogi-mos o’quv bosma resursning 
elektron nusxasi; 
- mustaqil elektron o’quv resurs-bosma ekvivalentga ega bo’lmagan o’quv 
resurs;
Asosiy axborot tabiatiga ko’ra elektron 
resurslar 
quyidagi 
turlarga 
bo’linadi: 
- matnli (belgili)-asosan matnli ma’lumotni saqlaydi; 
- tasviriy electron resurs-asosan grafik tasvirlardan iborat ma’lumotlarni 
saqlaydi; 
- ovozli elektron resurs-ovozli axborotlarning raqamli ifodasini saqlaydi
-dasturiy mahsulot- mustaqil bajariluvchi kod; 
- multimediyali elektron resurs turli tabiatdagi axborotning o’zaro bog’langan 
majmuasi
Tarqatilish texnologiyasiga ko’ra
- lokal elektron resurs ma’lum tirajda ishlab chiqariluvchi va lokal tarzda 
ishlatiluvchi axborot tashuvchida joylashtirilgan elektron resurs; 


10 
- tarmoq elektron resursi chegaralanmagan foydalanuvchilar ommasi uchun 
mo’ljallangan telekommunukatsion tarmoq orqali tarqatiluvchi elektron resurs; 
- kombinatsiyalashgan elektron resurs ham lokal , ham tarmoq orqali 
tarqatiluvchi elektron resurs. 
Foydalanuvchi va elektron resurs orasidagi muloqot xarakteriga ko’ra: 
- mazmun va undan foydalanish uslubi foydalanuvchi tomoni-
dan o’zgartirilmaydigan elektron resurslar; 
- mazmun va foydalanish uslubi tanlanishi mumkin bo’lgan elektron. 
Yaratilish texnologiyasiga ko’ra elektron resurslar pedagogik,o’rgatuvchi, 
nazorat qiluvchi, namoyish qiluvchi, yordamchi, shuningdek, trenajerlar, modellash-
ttirish, o’quv jarayonini boshqarish,o’quv maqsadidagi dasturlar yaratish, kasb 
tanlash va rivojlanishda nuqsoni bo’lgan bolalarni o’qitish uchun mo’ljallangan 
turlarga bo’linadi. 
Elektron o’quv resurslarining mazmuni zamonaviy o’qitish texnologiyalariga 
mos bo’lishi, o’quv jarayonida kompyuter texnikasidan aktiv foydalanish zarurati 
hisobga olinishi kerak. 

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling