Texnologiya ta’limini elektron ta’lim resurslarini


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/37
Sana11.03.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1261117
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37
Bog'liq
Абдусаломова Ноилабону

Qoraqayin yog’ochi yosh daraxtlarda qizg’ish-oq rangda, qarilarida esa 
qo’ng’ir-jigarrang bo’ladi, mag’izsiz-pishgan yog’ochlik hisoblanadi. Yog’ochining 
mustahkamligi yuqori, tabiiy guli chiroyli lekin chirishga chidamsiz, yaxshi egiladi. 
Mebel, shpon, parket ishlab chiqarishda va musiqa asboblarida, sport anjomlari va 
poyafzal andozalarida, juva, chekich, non taxta, randa va yog’och idish tovoqlarda 
ishlatiladi.
Zarang daraxti ham mag’izsiz lekin po’stloq osti qatlamli hisoblanadi. 
Yog’ochining rangi sariq yoki qizg’ish aralash oq rangda bo’lib yillik xalqalari 
nisbatan yaxshi ko’rinadi. Yog’ochining mexanik xossalari emandan yuqori, yaxshi 
pardozlanadi, tabiiy guli juda chiroyli, randalangan faner, qimmatbaho mebel 
tayyorlashda va mashinasozlikda ishlatiladi. 
Jo’ka daraxtining po’sti qalin bo’lib, yog’ochligi mag’izsiz, oq yoki pushti 
aralash oq rangda bo’ladi. Yog’ochining xossalari yuqori emas, yumshoq va engil, 
bir jinsli, yaxshi tilinadi, kam yoriladi, chizma taxtalari, quymakorlik modellari
yog’och idishlar, qalam, o’ymakorlik buyumlari, o’yinchoqlar tayyorlanadi.
Qandag’och po’stlog’i qalin, qoramtir tusda va chatnagan bo’lib, yog’ochligi 
mag’izsiz oq rangda lekin ochiq havoda tezda qizarib qizg’ish-qo’ng’ir tusga kiradi 
(qurigandan so’ng). Yog’ochi yumshoq, engil, oson ishlanadi, namga chidamli, 


44 
bo’yoqni yaxshi oladi. Uni qizil yog’och, yong’oq va zarangga o’xshatib ishlov 
berish oson, lekin tez qurt eydi, arzon mebellar, faner va taralar tayyorlanadi. 
Tog’ teragining po’stlog’i sarg’imtil, nisbatan yupqa, pastki qismida 
chatnagan bo’ladi. Yog’ochligi mag’izsiz, oq rangda, lekin vaqt o’tishi bilan 
qizg’ish yoki yashilsimon rang oladi, yumshoq va engil, namga chidamsiz, faner, 
gugurt yashiklar, tokarlik buyumlari, oddiy va arzon mebellar tayyorlanadi. 
Mirza terakning po’stlog’i sarg’ish, silliq, past qismida chatnashi mumkin, 
tanasi to’g’ri, yaxshi xoda beradi. Yog’ochligi mag’izsiz, oqish tusli, engil va 
yumshoq, namga chidamsiz, oson qurt tushadi, qurilish va duradgorlik materiali 
sifatida ishlatiladi.
Chinorning yog’ochligi ham mag’izlik bo’lib, qizg’ish-qo’ng’ir tusda, 
po’stlog’i esa qizg’ish-sariq tusda, silliq va yupqa bo’ladi. Keksa chinorlarning 
pastki qismidagi po’stlog’i chatnagan bo’ladi. Yog’ochi pishiq, puxta, qattiq, ishlov 
berish qiyin, tabiiy guli chiroyli, yaxshi pardozlanadi, randalangan faner, parket va 
qimmatbaxo mebel tayyorlash mumkin.
Nokning po’stlog’i qoramtir, chatnagan va nisbatan qalin. Yog’ochligi 
mag’izsiz, qizg’ish-qo’ng’ir yoki pushti ranglarda bo’lib, qattiq va mo’rt, tabiiy guli 
juda chiroyli, faner va mebel tayyorlashda, pardozlash ishlarida ishlatiladi.
Yuqorida sanab o’tilgan mahalliy daraxtlardan faqat mirzaterakning o’zi 
qolgan barchasidan yog’ochlik xajmi bo’yicha ustun turadi. Chunki u 7-8 yilda 
yetiladi, xar bir tupdan 5-6 marta xosil olish mumkin, bu vaqtda chinor zo’rg’a bir 
marta yetilsa, igna bargli daraxtlar faqat 80-100 yilda bir marta yog’ochlik bera oladi 
xolos.
Yog`och xomashyosi hamma vaqt yuqori navli, sifatli, ishlatish uchun yaroqli 
bo`lavermaydi. Shuning uchun yog’och taxtalarga ishlov berishda ulardagi 
nuqsonlar: butoqlar, chirigan joylari, xashoratlar bilan shikastlangan qismi, yoriqlar, 
ko`zlar, rangni buzilishi, yog`ochlarning ustki qatlamining shikastlanishi, ichki 
qatlamning shikastlanishi, yog`och qoplamining chuqur shikastlanishi, yog`och 
qoplamining teshib chiqishi kabilar to`g`rilansa, yog`ochdan unumli foydalanish 
mumkin.


45 

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling