Texnologiya ta’limini elektron ta’lim resurslarini


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/37
Sana11.03.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1261117
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
Bog'liq
Абдусаломова Ноилабону

 
Yangi mavzu bayoni 
Go’niya rejalashda, dastalarni kontrol qilishda va buyumlarni yig’ishda 
zarurdir. U har bir ish joyida bo’lishi kerak.
Go’niya (burchaklik) - duradgorlik ishlari bilan qurilish konstruktsiyalari 
elеmеntlarining to’g’ri burchak (90
0
) hosil qilib biriktirilganligini tеkshiriladi (2-
rasm). Go’niya asos va unga to’g’ri burchak ostida biriktirilgan bo’linmalari bo’lgan 
linеykdan iborat. U mеtall yoki yog’ochdan yasaladi. Go’niyaning o’lchamlari 
250x160mm bo’ladi. Go’niya duradgorlikda randalangan sirtlarning bir-biriga 
nisbatan go’niyaviyligini, taxta qirqimlarining go’niya asosida arralanganligini
buyum qismlarining to’g’ri burchak hosil qilib biriktirilganligini va sirtlarga to’g’ri 
burchak hosil qilib rеja chiziq chizish, rеja chiziqlarini qolgan tomonlarga simmеtrik 
ko’chirish maqsadida ishlatiladi. 


50 
 
 
2-rasm. Go’niya
Ko’pincha o’quvchilar undan ponani urib chiqarishda bolg’achalar kabi 
foydalanadilar. Bu esa noto’g’ri hisoblanadi. 
Go’niya har bir duradgorlik va metallga ishlov berish ustaxonalarida bo’lishi 
zarur. Uni tayyorlashga kam material ketadi, shu sababli, har bir ustaxonada bu ishni 
amalga oshirish mumkin. 
Bu ishni amalga oshirishda o’quvchilar berilgan chizmani o’qishni, ishlarni 
mustaqil tashkil qilish orqali duradgorlik ishlarini bajarish malakalariga ega 
bo’ladilar.
Ish tartibi ikkita amaliy mashg’ulotga mo’ljallangan bo’lib, birinchi amaliy 
mashg’ulotda o’quvchilar go’niya asos kundasini yasashni o’rganadilar va 
yasaydilar. 
Ikkinchi amaliy mashg’ulotda o’quvchilar go’niya asos kundasi va 
bo’linmaalrini to’g’ri burchak ostida biriktirish va pardozlash ishlarini bajaradilar. 
Buning uchun material (zagatovka) bir muncha katta o’lchamda olinadi. 
Bunda ikkita maqsad bor: birinchidan, uzun materialni randalash oson, ikkinchidan, 
o’quvchilarda quloqcha tayyorlashni imkoni bo’ladi. 
Go’niya kundalarini mahkamlashning pishiqligini oshirish uchun yelimlab 
biriktirilgandan keyin birikish joyiga imkoniyatga ko’ra 5-6 mm li nagel (bir yoki 
ikkita) o’rnatish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 


51 
O’quvchilar amaliy mashg’ulot davomida go’niya yasashni bilib olgach, porsi 
go’niya (yerunok) yasashlari mumkin. Uning go’niya tayyorlashdan farqi shundaki, 
uning kundasidagi quloqcha 45

og’ish burchagi ostida qilinadi. Kundani esa 
ikkinchi asos kunda markaziga o’rnatiladi (3-rasm)

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling