Texnologiya ta’limini elektron ta’lim resurslarini


Elektron ta’lim resurslarning kategoriyalari


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/37
Sana11.03.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1261117
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37
Bog'liq
Абдусаломова Ноилабону

Elektron ta’lim resurslarning kategoriyalari. 
Elektron ta’lim resurslarning kategoriyalar bo’yicha sinflanishi quyidagi 
talablar majmuasiga asoslangan: 
- pedagogik talablar: Bularga didaktik va uslubiy talablar kiradi
- psixologik talablar; 
- texnik talablar. 
Elektron ta’lim resurslarninglarning kategoriyalari – “*” (yulduzcha) bilan 
belgilanadi. Yulduzchalar soni elektron ta’lim resurslarning sifati va murakkabligi 
darajasining oshishi bilan mos ravishda ko’payadi. Elektron ta’lim resurslar to’rtta 
kategoriyalar bo’yicha sinflanadi. Oliy kategoriyadagi elektron ta’lim resurslar-
to’rtta yulduzcha bilan “**** ”, past kategoriyadagi elektron ta’lim resurslar – bitta 
yulduzcha bilan, “* ” belgilanadi. 
Elektron ta’lim resursni yaratishning asosiy tamoyillari. 
Elektron ta’lim resurslarni yaratishda quyidagi tamoyillarga amal qilish 
tavsiya etiladi: 
1. Kvantlash tamoyili: Xajmi bo’yicha kichik, ammo tarkibi bo’yicha bir 
butun bo’lgan bo’limlardan (modullardan) iborat bo’lgan materialni bo’laklarga 
bo’lib chiqish lozim. 
2. To’liqlik tamoyili: Xar bir yaratilayotgan bo’lim (modul) quyidagi tashkil 
etuvchi xadlardan: nazariy kismidan, nazariy bilimlarni tekshirish bo’yicha tuzilgan 
nazorat savollari, testlar, mustaqil echish uchun topshiriq va amaliy ko’nikmalarni 
o’rganishga yo’naltirilgan mashklardan va tarixiy sharxlardan iborat bo’lishi kerak. 
3.Ko’rgazmalilik tamoyili: Har bir bo’limda (modulda) yangi tushunchalar, 
fikrlar va uslublarni tushunarli va eslab qolishni yengillashtiruvchi matnlar xajmi va 
o’lchamlari kichik bo’lgan kadrlarning ketma-ketligidan iborat bo’lishi kerak. 
4.Tarmoqlanish tamoyili: Har bir bo’limlardan (modullardan) gipermatnli 
havolalar topshiriq boshqa bo’limlarni shunday o’zaro bog’lash kerakki unda 
foydalanuvchi istalgan boshqa bo’limlarga bemalol o’tishni tanlash imkoniyati 


21 
mavjud bo’lsin. Tarmoqlanish tamoyili o’rganilayotgan o’quv predmeti 
materiallarini cheklamasada balki fanni birin-ketin, bosqichma-bosqich o’zlashtirib 
borishni ko’zda tutadi. 

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling