Texnologiya ta’limini elektron ta’lim resurslarini


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/37
Sana11.03.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1261117
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37
Bog'liq
Абдусаломова Ноилабону

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


31 
2-Bob.Texnologiya ta’limini elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish 
metodikasi. 
2.1.Texnologiya fanidan elekteon o’quv uslubiy majmua ishlab chiqish 
metodikasi. 
Xozirgi vaqtda o’quv resurslarining to’rt xil turdagi resurslarni o’z ichiga 
oluvchi tipologik modeli mavjud bo’lib, bularga: 
- Dasturiy-uslubiy (o’quv rejasi va dasturlari); 
- O’quv-uslbiy (uslubiy ko’rsatmalar, yo’riqnomalar); 
- O’qituvchi (darsliklar,o’quv qo’llanmalari, ma’ruza matnlari); 
- Yordamchi (praktikumlar,masala va mashqlar to’plamlari). 
Shu bilan birga bu guruxga nazorat qiluvchi elektron o’quv manbalari 
bo’lmish- test dasturlar va berilganlar bazalarini kiritish mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash 
to‘g‘risida” gi  187-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, 
professional ta’lim muassasalari uchun umumta’lim fanlaridan o‘quv-metodik 
majmualarning yangi avlodini ishlab chiqishga qo‘yiladigan talablarga asosan 
Texnologiya fani bo’yicha elektron o’quv resurslari sifatida O‘quv-metodik 
majmualar davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlariga muvofiq, didaktik, 
metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigienik talablar asosida ishlab chiqilgan 
darslik, mashq daftari, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma va darslikning 
multimediali ilovalarini o‘z ichiga oladi. 
Darslik-davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv dasturi asosida didaktik, 
metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigienik talablarga javob beradigan
o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, uning asoslari mukammal 
o‘zlashtirilishiga qaratilgan, o‘quv fanining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan 
holda ta’lim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan 
holda ishlab chiqiladigan, nazariy ma’lumotlardan tashqari amaliy-tajriba va sinov 
mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi o‘quv nashri. 


32 
Mashq daftari-darslikning tarkibiy qismi hisoblanadigan, davlat ta’lim 
standartlariga muvofiq o‘quvchilar tomonidan egallangan bilim va ko‘nikmalarni 
mustahkamlash hamda o‘quv fanining mavzulariga mos ravishda ishlab chiqilgan, 
mantiq va tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan (krossvordlar, boshqotirmalar
mantiqiy fikrlashga undovchi topshiriqlar va hokazo) topshiriqlardan iborat bo‘lgan 
didaktik vosita. 

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling