Texnologiya ta’limini elektron ta’lim resurslarini


Pedagogik-psixologik talablar


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/37
Sana11.03.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1261117
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37
Bog'liq
Абдусаломова Ноилабону

3.Pedagogik-psixologik talablar:  
- keng jamoatchilik tomonidan tan olingan ilmiy asoslangan ma’lumotlar, 
o‘quvchilarning bilim darajalari, eslab qolish qobiliyatlari, tafakkuri hisobga olingan 
holda voqea va hodisalarning mohiyatini anglashga va amaliy qiziqishlarini 
rivojlantirishga, bilim olishga va amaliy faoliyat bilan shug‘ullanishga bo‘lgan 
ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi; 
- o‘quv fani mavzularining yosh va psixofiziologik xususiyatlariga mos holda 
berilishi, ma’lum faktlar, tushunchalar, qoidalar va fanlararo bog‘liqlikni hisobga 
olgan holda tushunarli bayon qilinishi; 


35 
- o‘quvchilarning yangiliklarni qabul qilish qobiliyatlari, oldin olgan 
bilimlarini o‘zlashtirganlik darajasi hisobga olingan bo‘lishi lozim. 
4.Estetik talablar: 
- imkon darajasida yorqin, rangli, qiziqarli va chiroyli bo‘lishi; 
- matnlar o‘quvchi-yoshlarga ma’lum ijobiy hissiy ta’sirlarni o‘tkazishi va 
o‘quv faniga qiziqish uyg‘otishi; 
- bo‘lim, bob, paragraf va mavzular matnlarining turli shakl va ranglar bilan 
ajratilishi, mutanosibligi ta’minlanishi; 
- rasm va tasvirlar badiiy estetik talablarga javob berishi, aniq va tiniq 
ifodalanishi lozim. 
5.Gigienik talablar: 
- matn va illyustratsiyalar sanitariya qoidalari, normalari va gigiena 
normativlariga mos bo‘lishi; 
- harflarning kattaligi va qog‘ozning sifati (og‘irligi, qalinligi, oqligi va 
shaffofligi) me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablarga mos bo‘lishi lozim. 
O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish qonunchilik hujjatlari hamda 
ushbu Umumiy talablarga muvofiq amalga oshiriladi. 
O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning maqsadi umumiy o‘rta va 
o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari uchun zamonaviy fan va texnika 
rivojini hisobga olgan holda kompetensiyaviy yondashuv talablari asosida o‘quv 
materiallari mazmuni va sifatini takomillashtirish hamda ushbu sohadagi ilg‘or 
xorijiy tajribani samarali tatbiq etishdan iborat. 
O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning asosiy vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
-o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish prinsiplari 
hamda ularning mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; 
-o‘quvchilarda milliy g‘urur va iftixor, moddiy va ma’naviy merosga 
qadriyatli munosabatni tarkib toptirish; 
-davlat ta’lim standartlari talablari asosida o‘quvchilar tomonidan bilim, 
ko‘nikma va malaka hamda kompetensiyalarning to‘liq o‘zlashtirilishiga erishish


36 
-o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikrlashni hamda ularning ijodiy 
qobiliyatlarini rivojlantirish; 
-yangi avlod o‘quv-metodik majmualarini yaratish va amaliyotga joriy etish; 
-o‘quvchilarda 
ilmiy dunyoqarash va global tafakkur yuritish 
kompetentligini shakllantirish; 
-umumta’lim fanlarini o‘qitishning prinsipial yangi metodologiyasi asosida 
ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish. 
O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish quyidagi prinsiplar asosida 
amalga oshiriladi: 
-o‘quv-metodik majmualar ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy 
prinsiplari asosida yaratilganligi; 
-o‘quvchilarning aqliy va jismoniy imkoniyatlari, yoshi, psixofiziologik 
xususiyatlari, bilim darajasi, qiziqishlari, layoqatlari hisobga olinganligi; 
-o‘quvchilarda vatanparvarlik va milliy g‘urur hissini shakllantirishga 
qaratilganligi; 
-umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional ta’limning zarur hajmi 
berilganligi, o‘quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va 
amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi. 

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling