Texnologiya ta’limini elektron ta’lim resurslarini
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Абдусаломова Ноилабону
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv malakaviy ishning ob’ekti
- Mavzu bo’yicha adabiyotlar tahlili
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi: Texnologiya ta’limining elektron
ta’lim resurslarini ishlab chiqish texnologiyasi takomillashtirish. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari: Qo’yilgan maqsadga erishishda quyidagi vazifalar belgilanib olindi: - Texnologiya ta’limini elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqishning nazariy asoslari: Ta’limda elektron resurslar va ularni tayyorlash tartibini o’rganish va tahlil qilish; - Elektron ta’lim resurslarining asosiy xossalari, kategoriyalari, elektron ta’lim resursni yaratishning asosiy tamoyillari va talablarini o’rganib chiqish va tahlil qilish; - Texnologiya ta’limini elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish metodik asoslarini o’rganib chiqish va tahlil qilish; - Texnologiya fani bo’yicha elektron o’quv resurslari sifatida o’quv-uslubiy majmuasini yaratilish va undan foydalanish metodikasini yoritib berish; - Texnologiya fanidan ishlab chiqilgan o’quv-uslubiy majmuasini bo’yicha tajriba sinov ishlarini o’tkazish,ularning natijalarini taxlil qilish asosida xulosalar chiqarish. Bitiruv malakaviy ishning ob’ekti : Texnologiya ta’limining elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish jarayoni. Bitiruv malakaviy ishning predmeti: Texnologiya ta’limining elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish mazmuni, metod shakil va vositalari. Mavzu bo’yicha adabiyotlar tahlili: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyevning 2019 yil 6-sentabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-5812-sonli farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” gi 140-sonli, 2017 7 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Ta’lim tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-son qarori Texnologiya fani bo‘yicha “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy taʼlim tizimlarida o‘quv dasturlarining uzviyligini taʼminlash konsepsiya” , Texnologiya fani bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim milliy o‘quv dasturlari” o’rganildi. Shu bilan birga mavzuga trgishli bir qator darslik, o’quv qo’llanma va boshqa man’balar o’rganib chiqildi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, uchta bob, 6 bo’lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Bitiruv malakaviy ishi 76 bet hajmda bayon etilgan, 6 ta jadval, 2 ta ilova-slayd,4 ta chizma, 7 ta rasm 2 ta diogramma, 41 ta nomdagi foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling