Texnologiya va
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologiya va dizayn.Qurbonov B. Kurbanova G. (1) (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.3. Xona va fanlar bo‘yicha o ‘quv xonalaridan mebel va qo‘shimcha jihozlarni joylashtirish sxeniatik tasviri hamda sxematik eskizlari tayyorlash texnologiyasi
Muhokama uchun savollar
1. Siz yashab turgan hududda qanday tarixiy bino yoki yodgorliklar bor7 Ular haqida qanday ma'lumotlarm bilasiz9 2. Oadimgi yodgorliklar va binolardan yana qaysilarini bilasiz? Ular qayerlarda joylashgan? 3. Samarqand shahri nima uchun "Ochiq osmon ostidagi muzey" deb ataladi? 4. Shaxsiy xo'jaliklarda turar-joy uchun uylar qurishda nimalarga e ’tibor beriladi7 5. Aholi uchun davlat tumonidan qurilayotgan uy-joylar haqida nimalarni bilasiz? 4.3. Xona va fanlar bo‘yicha o ‘quv xonalaridan mebel va qo‘shimcha jihozlarni joylashtirish sxeniatik tasviri hamda sxematik eskizlari tayyorlash texnologiyasi Nazany ma’lumot. Xona interyerida, eng avval. koLzga tashlanadigan narsa - xona devorlarini qanday rangga bo‘yalganidir. Chunki inson ko'zi sirtlardagi yorqinlik va ranglarni shu sirtlargatushib qaytadigan nurlar natijasida idrok qiladi. Shuning uchun devorlaming (shuningdek, boshqa jismlaming ham) yorqinligi. birinchidan, uni qanday rangdagi yorug‘lik bilan yoritilishiga, ikkinchidan devor sirtini unga tushayotgan nurlarni qanday aks ettirishiga (qaytarishiga) bog‘liq. Odatda kunduzgi yorug‘likda ranglar va ulatning tuslari yaxshi ko‘rinadi, kam yoritilgan joylarda esa yorug'lik kam qaytganligi uchun ranglarni ajratish qiyinlashadi. Masalan kech kirib qolganda ko'k, qizil. qora, jigarranglami bir-biridan ajratish qiyin b o iib qoladi. Shuning uchun ish va o ‘qish xonalarda, masalan sinf va laboratoriya xonalarida. 75 ustaxona va kutubxonalarda, umuman, ko'zga va diqqatga zo r keladigan joylarda yorugiik va rangga mehnatni yengillashtirish, lining samaradorligini oshirish, o‘quvchilaming hissiyoti va kayfiyatini yaxshilash hamda charchashning oldini olish vositasi sifatida qarash zarur. Ranglarni kishining ruhiyatiga uning yoshi va xarakteriga ko'ra turlicha ta’sir etishi ilgaridan ma lum. (Ranglarni kishining ruhiyatiga ko'rsatadigan ta’siri rang psixologiyasi, rang ta’sirida davolash kabi sohalarda kengroq o'rganiladi). Quyida ranglarni ta ’sir etish omitlan haqidagi ayrim m aium otlam i keltiramiz. Masalan, yashil rang kishini bir maromda ishlashgayoki osoyishtalikkamoyil qiladi. Shuninguchun uy mashg‘ulotlari bajariladigan xonalarni yashil rangga bo‘yash tavsiya etiladi. Havo rang esa xonada sovuqlik va noshinamlik his qilish tuyg'usini keltirib chiqaradi Agar devorlar qizil rangga bo'yalsa - bu odamni tez charchatishi, jahldor odamlafni asabiylashtirishi mumkin. Bir6q qizil rang e’tiborni tez toitadi, shuning uchun bu rang kishilami, xususan, bolalaming idrok etilishini osonlashtiradi. Zarg'aldoq rang, xuddi qizil kabi, faqat bolalar xonasi uchun tavsiya etilishi mumkin. Sariq rang quyosh nuri bilan uyg'unlashib, odamni ish jarayonida tez charchatib qo yadi. Oq rangga bo yalgan yuzalar yorug iik nurini ko‘proq namoyon qiladi, shu sababli narsalar unda yaxshi ko‘rinadi. Agar xona devorlariga angori yoki kulrang gulqog‘ozlar yopishtirilsa - ‘xona go‘yo kattalashib qolgandek tuyuladi. Umuman sinf xonalarni bo'yashda rang tanlash yoki tayyorlashda ularning yorugiik qaytarish xususiyatini hisobga olish kerak. Quyida asosiy ranglarni yorugiik qaytarish xususiyatlari (koeffitsienti) haqidagi maium otlam i keltiramiz: oq rang - 85 %, och sariq - 75 %, och yashil - 75 %, och ko‘k - 75 %, sariq - 65 %, kulrang - 55 %, yashil - 52 %, havorang - 35 %, to ‘q qizil - 13 %,to‘qko‘k - 8 %. Sinf xonalarini bo‘yashda deraza qarshisidagi devorni yorugiik 'aytarish koeffitsienti 60 % boigan, doska o'rnatilgan devorni ru g iik qaytarish koeffitsienti 50-60 % boigan, deraza oinatilgan ‘orni yo ru giik qaytarish koeffitsienti 60-70 % boigan, polni •iik qaytarish koeffitsienti 25-30 % b o igan rangdagi bo‘yoqlar o ’yash maqbul hisoblanadi. Bunda ranglaming issiq yoki sovuq uyuluvchi xususiyatini ham to-g‘ri qoilash kerak. Shuni zaiurki, ranglar spektiidagi sargish-yashil rang ko'zni .aarchatadi, asab tizimiga nisbatan kamroq salbiy ta’sir j rsatadi. Natijada qon tomirlarda me’yorida harakatianadi, eshitish 76 qobiliyati ham faollashadi. Shuning uchun ham sinf xonalarini sarg‘ish- yashil rang va undan kelib chiquvchi ranglarga b o ‘yash tavsiya etiladi. Sinflarning umumiy rangi och, xotirjam bo‘lganda xonalaming yoritilganlik darajasi ortadi. Dars jarayonida o'quvchilaming ko‘ziga doimiy (ashlanib turuvchi devorlar - doska o‘rnatilgan devor, yon devorlar ham uncha to ‘q bo‘Imagan ranglarga boLyaladi. Xonalami. jihozlash va bezatishda turli mebellarni (shkaf, parta, stol, stul va b.) joylashtirish ham katta ahamiyatga ega. Bunda mebellaming o ‘lchamlari, rangi va nima maqsadda ishlatishini hisobga olish kerak. Masalan o'quv qurollarini saqlash uchun bir xil o ‘lchamdagi shkaflarni yasash va ulami sinf orqasiga - orqa devorga joylashtirish maqsadga muvofiqdir. 0 ‘quvchilar sinfga kirib kelganlarida ulartiing ko‘zlari dastlab ana shu devorga — shkaflarga tushadi. Shuning uchun ulami o'quvchilami zavqlantirgan rangga bo yash zarur Ayrim hollarda balandligi bir xil bo‘lmagan shkaflarni ham yonma-yon qo‘yishga to ‘g ‘ri kelib qoladi. Bunda k o ‘rinishni yaxshilash uchun past shkafning ustiga qo‘shimcha moslama (masalan, kichik shkaf, quti va h.) o'matish yoki gullar qo'yish mumkin, Umuman olganda sinf xonasidagi mebellar did bilan, tartibli joylashtirilishi, 0‘quvchilaming erkin harakatlanishlariga xalaqit bermasligi, eshik va deraza oldilarini to‘sib qo‘ymasligi kerak. Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling