Texnologiyalar va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi
Download 163.13 Kb.
|
Ilmiy.tad.met
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fundamental va amaliy tadqiqotlar quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: 1-bosqich.
- Eksperiment
- Empirik va nazariy
- Deduksiya va induksiya
- Abstraksiyalash
- Formalizatsiyalash
- Modellashtirish
Eksperimental tadqiqotlar – ilmiy asosida qo‘yilgan tajribadir. Eksperimental tadqiqotlardan ko‘zlangan maqsad ilmiy muammo (masala) yechimining to‘g‘riligini tekshirib ko‘rish bo‘lib, uning natijasini tasdiqlashi yoki inkor etishi mumkin. Tadqiqot olib borilayotgan obyekt (muammo yoki masala) bo‘yicha fundamental izlanishlar olib borilmagan yoki nazariy asoslari yetarli bo‘lmagan hollarda eksperimental tadqiqotlar natijalari muammoni nazariy yechimlarini shakllantirishga (topishga) asos yaratadi. Ilmiy tadqiqot turlari muayyan bir ketma-ketlikda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Fundamental va amaliy tadqiqotlar quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: 1-bosqich. Tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslash va ifoda etish: – bo‘lajak tadqiqotlarga taalluqli muammolar bilan mamlakat va xorijiy adabiy manbalar bo‘yicha tanishish, uning dolzarbligini asoslash; – muammolar bo‘yicha tadqiqotlarning muhim yo‘nalishlarini belgilash va tasniflash; – mavzuni ifodalash va tadqiqot annotatsiyasini tuzish; – texnikaviy topshiriqni ishlab chiqish va ilmiy tadqiqot ishlari (ITI) umumiy kalendar rejasini tuzish; – kutilayotgan iqtisodiy yoki boshqa foydali samarani oldindan belgilash. 2-bosqich. Tadqiqotning maqsadi va vazifasini ifodalash: – mamlakat va xorijiy nashrlar bibliografik ro‘yxatini tanlash va tuzish (monografiya, darsliklar, maqolalar, patentlar, kashfiyotlar va b.), shuningdek, tanlangan mavzu bo‘yicha ilmiy-texnikaviy hisobot tuzish; – mavzu bo‘yicha manbalar va referatlar annotatsiyasini tuzish; – mavzu bo‘yicha masalalarning ahvolini tahlil qilish; – tadqiqot maqsad va vazifalarining bayonini tuzish. 3-bosqich. Nazariy tadqiqotlar: – obyekt va tadqiqot predmetini tanlash, fizik mohiyatini o‘rganish va tadqiqot topshirig‘i asosida ishchi farazni shakllantirish; – ishchi farazga muvofiq modelni aniqlash va uni tadqiq etish; – tadqiq etilayotgan muammo nazariyasini ishlab chiqish, tadqiqot natijalarini tahlil qilish. 4-bosqich. Eksperimental tadqiqotlar (tasdiqlash, to‘g‘rilash yoki nazariy tadqiqotlarni inkor etish uchun): – eksperimental tadqiqotlar maqsad va vazifalarini aniqlash; – eksperimentni rejalashtirish va uni o‘tkazish metodikasini ishlab chiqish; – eksperimental qurilmalarni va eksperimentning boshqa vositalarini yaratish; – o‘lchov usullarini asoslash va tanlash; – eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish va ularning natijalarini ishlab chiqish. 5-bosqich. Ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilish va rasmiylashtirish: – nazariy va eksperimental tadqiqotlar natijalarini taqqoslash, ularning farqlarini tahlil qilish; – tadqiqot obyekti nazariy modelini aniqlashtirish va xulosalar; – ishchi farazni nazariyaga yoki uning raddiga aylantirish; – ilmiy va ishlab chiqarish xulosalarini shakllantirish, tadqiqot natijalarini baholash; – ilmiy-texnikaviy hisobot tuzish va uni retsenziya qildirish. 6-bosqich. Joriy etish va iqtisodiy samaradorlik: – tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish; – iqtisodiy samarani belgilash. Ilmiy tadqiqotlar qanday olib boriladi? Ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish ma’lum bir sistemaga va oldindan
Ilmiy tadqiqotlar olib borish borliq haqidagi obyektiv bilimlarni ishlab chiqish va nazariy tomondan sistemalashtirishdan iborat inson faoliyati sohasi bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi: – ilmiy tushunchalar, tamoyillar va aksiomalar, ilmiy qonunlar, nazariyalar va farazlar, empirik ilmiy faktlar, uslublar, usullar va tadqiqot yo‘llari tarzidagi uzluksiz rivojlanib boruvchi bilimlar tizimini; – bilimlarning mazkur tizimini yaratish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan insonlarning ilmiy ijodi; – insonlar ijodining ilmiy mehnat obyektlari, vositalari va ilmiy faoliyat sharoitlari bilan ta’minlovchi muassasani. Tadqiqot olib borish faktlar to‘plashdan boshlanadi, ular o‘rganiladi va sistemalashtiriladi, umumlashtiriladi, ma’lum bo‘lganlarni tushuntirish va yangilarini oldindan aytib berishga imkon beruvchi ilmiy bilimlar mantiqiy tuzilgan sistemalarni yaratish uchun ayrim qonuniyatlarni ochishdan iborat bo‘ladi. Tamoyil (postulat)lar va aksiomalar ilmiy bilishning boshlang‘ich holati hisoblanadi, bular sistemalashtirishning boshlang‘ich shakli bo‘lib, ta’limot, nazariya va h.k. (masalan, kvant mexanikasidagi Bor postulati, Yevklit hodisasi aksiomalari va b.)lar asosida yotadi. Kuzatish – bilish usuli. Bunda obyektni o‘rganish unga aralashuvsiz amalga oshiriladi. Mazkur holda faqat obyektning xossasi, uning o‘zgarish tavsifi qayd etiladi va o‘lchanadi (masalan, elektr ta’minoti liniyani yil mobaynida taqsimlash transformatoridan ajratib qo‘yilish sonini kuzatish, elektr motorning bir yil mobaynida ishdan chiqish sonini kuzatish va boshqalar). Tadqiqot natijalari real mavjud obyektlarning tabiiy xususiyatlari va munosabatlari (bog‘liqliklari) xususida bizga ma’lumot beradi. Bu natijalar sub’yektning irodasi, sezgilari va istaklariga bog‘liq emas. Qiyoslash – bilishning keng tarqalgan usuli, «barcha narsalar qiyoslanganda bilinadi» tamoyiliga asoslanadi. Masalan,tuli seriyali elektr motorlarni ishga tushish toki bo‘yicha taqqoslash. Qiyoslash natijasida bir qancha obyektlar uchun umumiy va xos bo‘lgan jihatlar aniqlanadi. Bu ma’lumki, qonuniyatlar va qonunlarni bilish yo‘lidagi birinchi qadamdir. Eksperiment, empirik tadqiqotning yuqorida ko‘rib o‘tilgan usullaridan farqli o‘laroq ancha umumiy ilmiy qo‘yilgan tajriba hisoblanadi. Bunda faqat kuzatib va o‘lchabgina qolinmay, balki obyekt yoki tadqiqot obyektining o‘zi mavjud bo‘lgan sharoit muayyan tarzda o‘zgartiriladi. Masalan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish jarayoni eksperimental o‘rganilganda quritish vaqti davomiyligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar quritish agentini harorati, namligi va tezligi o‘zgartirilib jarayon o‘rganiladi. Empirik va nazariy tadqiqotlarda tahlil va sintez, deduksiya va induksiya, abstraktlash kabi universal usullar keng qo‘llaniladi. Tahlil usulining mohiyati tadqiqot obyektini fikran yoki xayolan tarkibiy qismlarga ajratib uning xossalari va xususiyatlarini alohida ajratib o‘rganishdan iboratdir. Masalan, elektr uskunalarning ekspluatatsion samaradorligini oshirish muammosiga oid tadqiqotlarda ularning puxtaligi, buzil-masdan ishlashligi, ta’mirlashga yaroqliligi masalalari alohida o‘rganiladi va natijalari asosida umumiy xulosalarga (yechimlarga) kelinadi. Mazkur holda obyektning ayrim unsurlarining mohiyati, ularning bog‘liqligi va o‘zaro ta’siri o‘rganiladi. Deduksiya va induksiya tadqiqot obyektini o‘rganishda mantiqiy xulosalashda o‘ziga xos «tahlil va sintez» hisoblanadi. Deduksiya umumiydan xususiyga bo‘lgan mantiqiy xulosalarga asoslanadi. Masalan, temir, qalay va misning issiqdan kengayishi tajribada aniqlanib, unga asoslanib barcha metallar issiqdan kengayadi, degan xulosaga kelishdir. Bu usul matematika va mexanikada umumiy qonunlar yoki aksiomalarda xususiy bog‘liqliklar chiqarilayotganda keng qo‘llaniladi. Deduksiyaga qarama-qarshi bo‘lib induksiya hisoblanadi. Bu ikki usul ham tahlil va sintez usullari singari ilmiy-tadqiqotda bir-biri bilan bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi. Abstraksiyalash yordamida boshqa hodisa kontekstidan fikran ajratilgan fikrlashning umumlashtirilgan natijalari shakllanadi, bu ular o‘zaro bog‘- liqligini kuzatishga imkon beradi. Abstrakt fikrlash ijodiy yondashishning zaruriy shartlaridandir. Matematik abstraktlash ilmiy-tadqiqot – formallashtirish usulining asosi hisoblanadi. Formalizatsiyalash – tadqiqot olib borilayotgan (o‘rganilayotgan) obyektni, jarayonni, voqelikni matematik ifodalar bilan tasvirlash yoki matematik abstraksiyalashdir. Mazkur holda obyektning e’tiborli tomonlari (xossasi, belgisi, bog‘liqligi) matematik termin va tenglamalarda ifodalanadi, bular bilan keyinchalik ma’lum qoida bo‘yicha amallar bajariladi. Modellashtirish – tadqiqot obyektining ayrim xususiyatlari va belgilarini o‘rganish uchun unga o‘xshash analogik qulay obyektda (modelda) o‘rganish usuli bo‘lib texnika, energetika sohasida fizik va analitik usullar ko‘proq qo‘llaniladi. Modellashtirish fizik va matematik bo‘ladi. Model ko‘rsatkichlarini tahlil qilib obyekt haqida xulosaga kelinadi. Buning mohiyati tadqiqot obyekti (asli)ni uning asosiy xossalarini ifodalovchi sun’iy sistema (model) bilan almashtirishdan iboratdir. Ilovalar. Download 163.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling