O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI
TEXNOLOGIYALAR VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
“KOMPYUTER INJINIRINGI” FAKULTETI
AT-servis yo’nalishi 21-06-guruh talabasi
Daminov A’zamxonning
“Kompyuter tarmoqlari” fanidan
1-Amaliy ishi
Fan o‘qituvchisi: Xusanov K.
Mavzu: Lokal tarmoq hosil qilishni o’rganish
Reja:
Tarmoq haqida tushuncha
Lokal tarmoq
Topshiriq
Tarmoq
Kompyuter tarmog’i – foydalanuvchilarni aloqa kanallari va kommutatsiya vositalarini qo’llagan holda o’zaro ma’lumot almashishlari, tarmoqdagi texnik, dasturiy, axborot resurslaridan foydalanishlari uchun yagona tizimga ulangan kompyuterlar to’plamidir. U foydalanuvchilarga turli resurslar, kompyuter, mobil telefon, printer, skaner va hokazolar orasida ulanish va axborotni taqsimlash imkonini beradi. Ko’plab sohalarda, elektrik injiniring, telekommunikatsiya, computer science, axborot texnologiyalarida kompyuter tarmoqlari konsepsiyasidan foydalaniladi. Keng tarqalgan kompyuter tarmog’i bu – internetdir.
Kompyuter tarmog’ining quyidagi turlari mavjuddir:
1-rasm. Tarmoqlarning turlari
WAN tarmog’ining afzalliklari:
WAN tarmog‘i bir – biridan geografik tomondan alohida bo‘lgan tomonlarni kam xarajat va osonlik bilan ulash imkoniyatini beradi.
WAN tarmog’ining kamchiliklari:
tuzilish jaxatidan juda ham murakkab;
past о‘tkazish qobilyatiga ega va ulanishni uzilish xavfi yuqori.
MAN tarmog’ining afzalliklari:
MAN tarmog‘ida kompyuterlarni bog‘lash kanallari yuqori о‘tkazuvchanlik qobilyatiga egaligi sababli, ma’lumotlarni oson taqsimlash imkoniyatini beradi.
Kо‘plab foydalanuvchilar uchun ma’lumotlarni taqsimlashda teng tezkorlik taqdim etadi.
MAN tarmog’ining kamchiliklari:
Birinchi marta foydalanishdan oldin ma’lumot о‘rnatilish va sozlanishlarni talab etadi.
LAN tarmog‘iga qaraganda yuqori narxga ega.
CAN tarmog’i quyidagi xususiyatlarga ega:
narx nuqtai nazaridan samarali;
kampusdagi turli bо‘limlar о‘rtasida о‘zaro aloqa о‘rnatish imkoniyatini beradi;
ma’lumotlarni taqsimlashda bir xil tezlikni taqdim etadi;
buzilishga chidamli;
CAN tarmog‘i keyinchalik о‘zgartirish va rivojlantirishga qulay;
tarmoqdan foydalanishda foydalanuvchilarni autentifikatsiyadan о‘tkazgani bois CAN tarmog‘i yuqori xavfsizlikni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |