Texnologiyalar va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Download 21.93 Kb.
|
Kompyuter tarmoqlari 1-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriq: Sharti
Lokal tarmoq
Lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o'zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi. Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba'zan telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma'lumotlarni birgalikda qayta ishlash va ma'lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Shuning uchun, bittadan ko'p kompyuterga ega bo'lgan firmalar o'z kompyuterlarini lokal tarmoqqa birlashtiradi. Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo'lganligi bois, telefon kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin. Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va seleksiyalash lozim bo'ladi. Marshrutlash bu — kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo'lini aniqlash jarayonidir. Seleksiyalash — tegishli manzildagi axborotni saralash demakdir. Lokal tarmoqlar axborotni marshrutlash va seleksiyalash usuli bo'yicha ikki sinfga ajratiladi. Lokal tarmoqlar seleksiyalash orqali axborotni bir abonent tizimidan boshqa tizimga uzatishni ta'minlaydi. Ishchi tizimlar katta miqdordagi ma'lumotni saqlash, izlash, murakkab hisoblashlar, modellashtirish, dasturiy ta'minotni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ma'muriyat tizimlari tarmoqni boshqaradi. Kommunikatsion tizimlar abonent tizimlar orasida axborotlarni uzatish uchun marshrutlash va bog'lanishlarni kommutatsiya qilish vazifasini bajaradi. Topshiriq: Sharti: Lokal tarmoq yarating. Tarmog'ingiz 3 ta VLANdan tashkil topgan bo'lsin. Lokal tarmog'ingiz 3 ta SWITCH 10 ta xostdan iborat bo'lsin. Xostlar uchun SWITCH orqali STATIK bering. Quyidagi VLAN lardan foydalaning. VLAN1, VLAN3, VLAN8 Bajarish: 1.Cisco dasturi orqali SWITCH va xostlardan tashkil topgan lokal tarmoq yaratib olamiz. Ularni adashib ketmaslik uchun har xil ranglarga bo’yalgan shakllar ichiga olganman va ularni VLANlarga ajratishimiz kerakligi uchun adashmaslik maqsadida nom berib chiqqanman. Download 21.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling