Bayon qilish
— o‘qituvchi tomonidan o‘rganilayotgan material mazmunini
izchil so‘zlab berish metodi.
Bilish faoliyati
— idrok qilish hissi, nazariy fikrlash va amaliy faoliyat
birligi.
Boshqarish
- tashkil etish, qaror qabul qilishga qaratilgan faoliyat.
Obyektni o‘z xizmat vazifasi doirasida nazorat qilish, tartibga solish, ishonchli
axborotlar asosida tahlil qilish va yakun yasash.
Burch
— muayyan axloqiy majburiyatlami his qilish, uning zarurligini
anglash.
Vazifa
— maqsad va uni amalga oshirish bosqichlarining oydinlashtirilishi.
Verbal
— ifodali, og‘zaki.
Gumanizm
— 1) insonning insonga bo‘lgan mehri-muhabbati, uning
shani,qadrini hurmat qilish, kishi manfaatlari uchun qayg‘urish g‘oyalari
bilan sug‘orilgan va kishilar o‘rtasidagi tenglik, halollik,
insoniy munosabat
tamoyillariga asoslangan dunyoqarash; 2) insoniylik va insonparvarlik,
insonlaming bunyodkorligiga ishonch.
Davlat ta’lim standard
— uzluksiz ta’limning muayyan bosqichida shaxs
(mutaxassis)ning tayyoigarlik darajasi va mazmuniga qo‘yiladigan minimum
talablar.
Didaktika
— ta’lim va o‘qitish nazariyasi hamda o‘qitish jarayonida
tarbiyalash mazmunini ifodalovchi pedagogikaning tarkibiy qismi.
Dolzarblikni asoslash
— ta’lim va tarbiya nazariyasi hamda amaliyotming
istiqboldagi taraqqiyoti muammolarini o‘z vaqtida o‘iganish hamda hal qilish
zarurligini ko‘rsatish.
Dunyoqarash
— shaxsning tafakkur tarzi va yo‘nalishini aks ettiruvchi
qarashlar, e’tiqod hamda fikr-o‘ylar tizimi.
Idrok etish malakasi
— boshqa subyektning xususiyatlarini - uning
muloqoti va muloqotga hozirligini aniqlash uchun zarur bo‘lgan kasbiy —
pedagogik malaka.
Ideal
— oliy maqsad, biror narsaning namunasi, shaxs, guruhlaming
xatti-harakatlari, intilishlari intihosi.
Do'stlaringiz bilan baham: |